203
Faza – phase
– chegara sirtlari bilan ajratilgan va tashqi kuch ta'sir
qilmaganda o'zining barcha nuqtalarida bir xil fizik xossalarga ega bo'lgan
sistema.
Faollashtirilgan ko'mir – activated carbon –
toshko'mir yoki pista
ko'mirni
havosiz qizdirib, uchuvchan moddalardan tozalangan g’ovak
ko'mir.
Filtrat – filtrate –
filtrdan o'tgan suyuqlik.
Flokulyant – pag’alagich – flocculant –
bir nechta mayda
zarrachalarni bir-biriga biriktirib, kattaroq zarra hosil qiluvchi modda.
Flokulyatsiya – pag’alash – flocculation –
pag’a
hosil qilish
jarayoni.
Flotatsiya – floatation –
har xil minerallar zarrasini suyuqlikda turli
darajada namlanish xossasiga asoslanib o'tkaziladigan boyitish usuli.
F.ning moyli, ko'pikli, ionli va boshqa turlari bor.
Flotatsiya mashinasi – floatation machine –
flotatsiyani
amalga
oshirish uchun qo'llaniladigan dastgoh. Bo'tanani aralashtirish va uni havo
pufakchalari bilan to'yintirish usuliga qarab uning: mexanik, havoli va
uyg’unlashtirilgan turlari bo'ladi.
Flotoreagentlar – floatation reagent –
flotatsiyani
amalga oshirish
uchun bo'tanaga qo'shiluvchi sirt-faol moddalar. F.lar xossasi va vazifasiga
qarab: yig’uvchi, faollantiruvchi, tazyiqlovchi va ko'pik hosil qiluvchilarga
bo'linadi.