204
Chiqitlar – tailings –
tarkibida metall miqdori kam bo'lgan
keraksiz
jinslar. Ular chiqindixonalarda saqlanadi.
Keyinchalik uni xom ashyo
sifatida ishlatish mumkin.
Cho'kma – precipitate –
cho'ktirish
jarayonidan olingan qattiq
mahsulot.
Cho'ktirish – jigging –
ruda tarkibidagi
minerallarni solishtirma
og’irligining farqi hisobiga ularni bir-biridan ajratish jarayoni.
Jarayon
pulsatsiyalanuvchi muhitda (suv, havo) olib boriladi.
Cho'ktirish – precipitation –
suspenziya
va emulsiyalardan mayda,
qattiq zarralarni og’irlik kuchi ta'sirida ajratish.
Shlam – loyqa – slurry –
1) mis, rux va boshqa metallarni elektroliz
yo'li bilan tozalashda eritmaga o'tmay, cho'kadigan kukunsimon mahsulot,
odatda tarkibida nodir metallar bo'ladi. 2) kon mahsulotlarini ho'llab
boyitishda hosil bo'ladigan balchiqsimon cho'kindi. 3)
tindirish yoki
suzishda ajratiladigan ho'l chiqindi.
Shlix – heavy concentrate –
qumni yoki o'ta maydalangan tog’ jinsini
yuvish yo'li bilan olinadigan og’ir menirallarning boyitmasi. Qora
(magnetit, oltin, platina), kulrang (kassetirit, ilmonit, rutil) shlix bo'ladi.