O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi jizzax politexnika instituti a. Usmankulov, A. Salimov, I. Abbazov




Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/82
Sana14.05.2023
Hajmi4.49 Mb.
#59467
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Bog'liq
Tabiy tolalarni dastlabki ishlash Укув кулланма
moodle 4, qizlar toʻgarak, FIZIKA 10 SINF ISH REJA 4 SOATLIK . docx, Multimedia Texnologiyalari, hgc, Marketing asoslari najottalim.uz, AVTOMATIKA ORALIQ SAVOLLARI, 7, GARANT 27-12-2023, Veb server administratori kim , Aytniyazov Ikram Quniyaz uli, Ekonomikalıq turaqlılıq siyasatı., Nargiza taqdimot, Ommalashtirish uchun Sayyora taqdimoti
Poya va zig„ir tolasi 
Zig„ir poyasining o„rtacha uzunligi 60-l00 sm, o„rtacha diametri esa
d=0,8-1,4 mm. Poyaning o„rtacha sifati M= Lt/ d=400-700. M>700 bo„lganda 
poyadan eng sifatli tola olinadi. M<400 bo„lsa, sifatsiz tola bo„ladi. Poyaning diametri 
d<1,5 mn gacha kattalashsa, tola ko„payadi (kattalashadi), diametri d>1,5 mm dan 
keyin tolalar soni o„zgarmaydi. 
Poyaning ust qismi plyonka bilan qoplangan (21-rasm). Uning tagida teri va 
o„zak joylashgan bo„lib, bular birgalikda; (zig„irni) lubni tashkil qiladi. o„zak 
ingichka devorli parenxin katakchalardan tuzilgan. Ular o„zakning hamma 


59 
elementlarini birlashtirishga xizmat qiladi, o„zakda, shuningdek, prozenxim 
(uzaytirilgan) katakchalar bo„ladi, ular o„zlarida elementar tolalarni ushlab turadi. 
21-rasm. Zig„irpoyada tolalarning joylashish chizmasi. 
- poyaning 0,25 balandligida; - poyaning 0,5 balandligida.
- o„sish davrining 15 kunida; - o„sish davrining 25 kunida; - o„sish davrining
35 kunida; 4 - 45 kundan keyin (gullash davrida); 5 - 55 kundan keyin; 6 - 65 
kundan keyin; 7 - 7 5 kundan keyin (pishib yetilgandan keyin). 
Po„stloq tagida, markazga yaqin joyda o„simta (22-rasm) joylashgan, u qalin 
devordan iborat va po„stloqdan yupqa qatlam bilan ajralib turadi. o„simta tolali 


60 
tutamlar bilan birgalikda poyani sinishdan saqlaydi. Poyaning o„rtasida o„zak 
joylashgan. 
22-rasm. Texnik tolaning tuzilishi. 
- elementar tolaning joylashishi; - turli tolali qatlam. 
Elementar tolalar 10-25 mm uzunlikka ega, diametri 15 - 20 mkm va chiziqli 
zichligi 0,125-555 teks. Qisqa tola bitta dalada yetishtirilgan uzun poyalardan
3-5 mm uzunlik ajratiladi. Yo„g„onlik va mustahkamlik poyaning pastki qismidan 
tepaga qarab kamayib boradi. Birinchi ishlov berish bilan poyadan olinadigan 
texnik tola bir-biri bilan yon shoxobchalar va po„stloq qatlamlari bilan birlashgan 
elementar tola tutamlari kompleksini namoyon qiladi. Elementar tola tutamlarining 
aralashuvi bilan uning uzunligi 50 dan 250 mm gacha yetadi. Ba‟zan yakka 
tutamlar bir-biriga tegib turgan ust qismlari yoki yon shoxobchalari bilan 
birlashgan elementar tolalari orqali birlashib, texnik tolani tashkil qiladi. Uning 
uzunligi 40-125 sm, o„rtacha o„lchami d=150-250 mkm, chiziqli zichligi 1,8-8 
teks. Texnik tolaning mustahkamligi tutamning mustahkamligiga, uzunligiga
qalinligiga, elementar tola soniga bog„liq. 


61 
Zig„ir poxoliga birinchi ishlov berish quyidagi jarayonlardan iborat: tresta 
olish; quritish; trestani ezish; zig„irni kaltaklash; chiqindilardan tozalash; navlarga 
ajratish; qisqa va uzun tolalarga ajratib, toylarga presslash. Birinchi ishlov 
berishda, 2/3 qism uzun tola va 1/3 qism qisqa tola olinadi. 
Zig„irga ishlov berish zig„ir korxonalarida va jamoa xo„jaliklarida 
boshlanadi. Xomashyo korxonaga poxollar shaklida yoki tresta shaklida kuzda va 
qishning boshlarida olib kelinadi, u bir necha oy mobaynida yopiq joylarda 
saqlanadi. 

Download 4.49 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi jizzax politexnika instituti a. Usmankulov, A. Salimov, I. Abbazov

Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish