7
Ertaki sarg
‟
ish pishganlik davri - gullashdan 2-3 hafta keyingi davr. Poya
ochsarg„ish rangda bo‟lib, tolalar egiluvchan, mayin, og„ir va moyli,
yuqori
pishganlikka ega bo‟ladi. Ingichka kalava ip olishda qo„llaniladi. Urug‟lar to„la
pishmagan, lekin keyinchalik yetilib ketadi, ekish va yog„ olish uchun yaroqli
hisoblanadi.
Kechki sarg
‟
ish pishganlik davri - gullashdan 3-4,5 hafta keyingi davr. Tola
pishiq, lekin qo‟pollashgan va poyasi dag„allashgan holda bo‟ladi. Urug‟lar to„la
yetilgan va jigarrang tusga kiradi.
Tola pishganlik davri
-
gullashdan 4,5-5 hafta keyingi davr.
Tolalar pishib
yetilib o‟tib ketadi va qattiq, dag„al bo‟lib qoladi.
Zig„irning yetilish davrini o‟rganishdan shunday xulosaga kelingan: agar
zig‟ir tola olish maqsadida ekilsa - uni ertaki sarg‟ish pishganlik davrida, urug„
olish maqsadida ekilsa - kechki sarg‟ish pishganlik davrida yig„ishtirib olish kerak.
Zig„ir somoni poyadagi lub miqdori, uning uzunligi, pishiqligi,
rangi va
diametriga qarab quyidagi 13 ta nomerga bo‟linadi: 5,0; 4,5; 4,0; 3,5; 3,0; 2,5; 2,0;
1,75; 1,5; 1,25; 1,0; 0,75; 0,5.
Zig„ir trestasi (zig„ir poyasining sirtki qismi)dan olinadigan uzun tolaning
chiqishi va rangiga qarab 11 ta nomerga bo„linadi: 4,0; 3,5; 3,0; 2,5; 2,0; 1,75; 1,5;
1,25; 1,0; 0,75; 0,5.
Rami - qichitqi o„t (krapiva) oilasiga mansub bo‟lgan ko„pyillik subtropik
o„tsimon o„simlik poyasidan olinadigan tola. Rami XXR,
Yaponiya, Hindiston
kabi davlatlarda madaniy ekin sifatida ekiladi. Ramidan turli gazlamalar,
baliqchilik to„rlari, arqonlar ishlab chiqariladi (3-rasm).
Nisbatan yo„g„on lub tolalari konoplya (4-rasm), kanop va jut
o„simliklaridan olinadi. Ular, asosan, o‟simlik nomi bilan ataladi.
Faqatgina
konoplya (yovvoyi nasha) o„simligidan olinadigan tola penka deb yuritiladi.
Penka tolasi pishiqligining yuqoriligi, egiluvchanligi, nam holda o‟z
xossalarini saqlab qolishligi bilan ajralib turadi. Undan o„raydigan, mebelbop,
brezent gazlamalar, turli xil arqonlar va boshqalar ishlab chiqariladi.
8
3-rasm. Rami:
a - o„simligi; b - tolasi.
Kanop tolasi mo„rt va dag‟al bo„lishiga qaramasdan ancha pishiq va yaxshi
gigroskopiklikka ega.
Bu toladan shakar, un, tuz va kraxmal kabi mahsulotlar
uchun qop, arqonlar, ip. mebel va gilam uchun gazlamalar tayyorlanadi.
Kanop qoplarga solingan mahsulotlar namlik yuqori bo„lganda ham quruq
holatini saqlaydi.
Bu o‟simliklardan tola ajratib olish texnologiyasi zig„ir tolasi olinishiga
o„xshab ketadi. Olingan penka tolasining asosiy
qismi kanatlar va boshqa
buramdor (eshilgan) mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Kanop va jut
tolasidan katta yo„g‟onlikdagi kalava iplar ishlab chiqariladi. Undan turli arqon
iplar va qoplik gazlama tayyorlashda foydalaniladi.
O„simlik bargidan olinadigan tolalarga sizal va manila tolasi kiradi.