4.72-rasm. “Анимация”
oʻrnatish
Animatsiya taqdimotning muhim joylarini e’tiborga jalb qilish
imkonini beradi, axborot oqimini
boshqaradi va auditoriya
qiziqishini oshiradi. Animatsiyalar alohida slayddagi matn yoki
obyektlarga, slaydlar namunasidagi
matn va obyektlarga yoki
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan maketlarga qoʻllanilishi
mumkin.
Power Point 2013 dasturida toʻrt turdagi animatsiya effektlari
mavjud:
Kirish effekti. Obyektlar ekranga asta – sekin paydo
boʻladi, slaydga yon tomondan “uchadi” yoki ekranda toʻsatdan
paydo boʻladi.
4.37 rasmdan kerakli effektni qoʻshish
imkoniyati mavjud
boʻladi.
4.73-rasm. Kirish effekti
Chiqish effekti. Bu turdagi effektlarni qoʻllaganda
obyektlar slayddan “uchib chiqishi”, yoʻq boʻlishi
yoki burama
chiziq boʻylab harakatlanib, slayddan gʻoyib boʻlishi mumkin.
4.74-rasm. Chiqish
effekti
109
Ajralib chiqish effekti. Bu effektda obyekt oʻlchami
kattalashishi yoki kichiklashishi, rangi oʻzgarishi yoki obyekt oʻz
markazi doirasida aylanishi mumkin.
4.75-rasm. Ajralib
chiqish effekti
Koʻchish yoʻli. Bu effektdan obyektni tepaga, pastga,
chapga yoki oʻngga koʻchirishda,
yoki doira va yulduz
koʻrinishidagi trayektoriya boʻyicha harakatlantirishda foydalanish
mumkin.
4.76-rasm. Koʻchish yoʻli
Istalgan effektni alohida yoki boshqa effektlar bilan birgalikda
ishlatish mumkin. Masalan, kirishdagi “Uchish”
effekti va
ajralishdagi “Oʻlcham oʻzgarishi”
ni qoʻshib, matn satrini ekranga
chap tomondan kirib kelishi bilan birgalikda oʻlchamining
kattalishishiga ham erishishimiz mumkin.