• Nozogeografik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy masalalari
  • Nozogeografik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy masalalari




    Download 81.35 Kb.
    bet5/6
    Sana26.10.2022
    Hajmi81.35 Kb.
    #28225
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Amirova N 3
    kimyoning-asosiy-qonunlari-, 11-amaliy topshiriq, 403 guruh 2-mustaqil ish mavzulari (1), 1-mavzu, 2-mavzu, 7 лаб, drtyjhkj, elektronika, Boshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiya, HTML, O‘ q u V – uslubiymajmu a ў Қ у в – у с л у б и й м-hozir.org, Sahna ma\'ruza 3 (1), Dori vositalarini ishlab chiqarish Validatsiya Q A Ubaydullaev Toshkent, 1731255168336226

    Nozogeografik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy masalalari

    • Inson kasalliklari turli – tuman bo‘lishi bilan birga, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar ham turlichadir. SHu jihatdan ularni o‘rganish va bu boradagi bilimlarga ega bo‘lish kasalliklarning tarqalishini bartaraf etishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
    • Avvalambor, inson kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o‘rganish juda muhim masalalardan biridir. Ammo, shu bilan birga, kasalliklarning hududiy tarqalishi qonuniyatlarini ochib berish kelajakda paydo bo‘lishi (tarqalishi) mumkin bo‘lgan kasalliklar areallarini aniqlash ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
    • Inson kasalliklarining kelib chiqishi ob’ektiv omillar bilan chambarchas bog‘liq. Bunda, eng avvalo insonni o‘rab olgan atrof – muhitning bosh rolini alohida ta’kidlash kerak. Binobarin, E.N.Pavlovskiyning “parazitar (yuqumli) kasalliklarning tabiiy o‘choqlari” haqidagi g‘oyasi bir qator inson va hayvon kasalliklarining geografik tarqalishi va evolyusiyasi haqida ilmiy asoslangan xulosalar olish imkonini berdi.

    Nozogeografik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy masalalari

    • Nozogeografik tadqiqotlarda nafaqat kasalliklarning kelib chiqishi yoki ularning tarqalishi qonuniyatlari, balki, ularning nozokomplekslari, nozoareallarini aniqlash, tadqiq etish muhim masalalardan biridir. Ammo, amalda bunday nozoareallar, ayniqsa nozokomplekslarni aniqlash murakkab va tadqiqotchidan chuqur epidemiologik bilimlarni bilimlarni ham talab qiladi.
    • Nozokompleks bu, bir qator bo‘g‘inlarni (komponentlarni) o‘z ichiga olgan bir butun tizim sifatida tushunilishi mumkin. Ushbu bo‘g‘inlarning har biri o‘zaro bevosita aloqadorlikka ega. Ulardan birortasining o‘zgarishi dorhol boshqasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Inson kasalliklaridan birortasiga mansub bo‘lgan nozokompleks bir tomondan, kasallikni vujudga keltiruvchi (chaqiruvchi) shart – sharoitlarni va ikkinchi tomondan, aynan shu kasallikni qabul qilishga moyil organizmni o‘z ichiga qamrab oladi. Jumladan, endemik buqoqqa xos bo‘lgan nozokompleks, eng avvalo ushbu kasallikka moyil bo‘lgan inson organizmi hamda suv va oziq – ovqat mahsulotlarida yod moddasini etishmasligini o‘z ichiga oladi. Nozokomplekslarni, ayniqsa yuqumli kasalliklar bo‘yicha ko‘plab ajratish mumkin.

    Download 81.35 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 81.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nozogeografik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy masalalari

    Download 81.35 Kb.