Matematika fanini o‘qitishda uzviylikni ta’minlovchi pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanish metodikasi




Download 448.11 Kb.
bet8/20
Sana10.06.2022
Hajmi448.11 Kb.
#23388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
2 5192824484037397298
Lqe6qHAViMb7MvhhoKwY0NUVmm30dbKoPTvj5efr, xrpt c9ntr8ksyp7tiegkli6k0059knm0leyncb9u9icv19e0dlkovg1ufttp97pkad1deyyd82zyz5x, 1-мавзу, 23-24 amaliy 620-19 Boboyev Muxriddin, 2-topshiq, Introduction, Taqdimot . ZARBULMASAL, pedagogika test, 1-LABORATORIYA ISHI, Elektr energetikasi hám avtomatlastiriw Kafedra ilimiy izertlew 2019 2023, N.D. 1.06. Sitologiya 2023-24, Документ Microsoft Word, A1 sozluk, B1 sözluk
2.3. Matematika fanini o‘qitishda uzviylikni ta’minlovchi pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanish metodikasi

Zamonaviy maktab ta’limi samaradorligining asosiy mezoni - bitiruvchi shaxsining mustaqil va ma’suliyatli tanlovga (ko‘p variantlar ichida) moyilligining shakllanganidir. Lekin ta’lim jarayonini tashkil etishdagi an’anaviy yondashuv o‘qituvchining faolligi va o‘quvchining passiv ishtirokchiligi bilan tavsiflani, ta’limning reproduktiv usullaridan foydalanib o‘qitishni nazarda tutadi. Bunday yondashuv esa ta’lim sifatiga qo‘yiladigan natijalarga erishishni to‘liq ta’minlamaydi. Yuqoridagi kamchiliklar pedagog, olimlar va amaliyotchilarni o‘quv jarayonini tashkil etishning yangi yondashuv va usullarini, o‘quvchilarda quyidagi ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirish yo‘llarini izlashga undaydi: bilim olishga ehtiyoj; bilimlarni o‘zlashtirish uchun ishni mustaqil tashkil etish ko‘nikmasi; o‘quv masalarini yechishning eng qulay yo‘llarini tanlash; shaxsiy ta’lim faoliyatini rejalashtirish; o‘z-o‘ziga baho berish.


Shunday ekan, ta’lim jarayoni uzviyligi masalasini ham yangicha yondashuv – pedagogik texnologiya nuqtai nazardan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Faqat ta’lim mazmunida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash bilan ta’lim samaradorligiga to‘liq erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun butun ta’lim tizimi yaxlit ravishda uzviylik tamoyili asosida qayta qurish lozim. Buning uchun hozirgi kunda o‘quv dasturlarining uzviyligini ta’minlash bilan birga ushbu dasturlar asosida yaratiladigan o‘quv-metodik majmualar o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan mutanosibliklarni bartaraf etish va ularni yangi o‘qitish usullari yordamida amalga oshirgandagina samarali bo‘lishi mumkin. Ta’lim turlari orasida uzviylikni, shuningdek, ta’lim jarayoni uzviyligini ta’minlash uchun qanday pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mumkin degan savol kelib chiqadi. Bu o‘rinda pedagogik texnologiyaning mohiyati va afzalliklarini aniqlab olish zarur bo‘ladi.
Bugungi kunda “pedagogik texnologiya” tushunchasi bir necha variantda (masalan, ta’lim texnologiyasi kabi) qo‘llanilib, ularga berilgan ta’riflar ham turlichadir (2-ilova).
Pedagogik texnologiyalarning shakllanishi hamda ularning ta’lim tizimiga kirib kelishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Masalan, V.V.Guzeevning fikricha, xususiy metodikada ta’lim jarayoni o‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirishga asoslangan. Keyingi yillarda metodistlar tomonidan katta tajribalar zaxirasi to‘plandi. Xususiy tajribalar ta’lim samaradorligiga kafolat bermaganligi bois, ko‘pchilik olim va amaliyotchilar xususiy metodika davrining o‘tganligi, pedagoglarning har qanday ilg‘or tajribalarini ommalashtirish maqsadga yo‘naltirilgan, tizimli, kafolatlangan, samarali ta’limni tashkil etishga imkoniyat bermaydi deb hisoblaydilar [39].
G.K.Selevko, A.G.Selevko va A.Kushnirlarning fikricha, texnologiyalarda asosan maqsadli, jarayonli, sonli va hisobli komponentlar, metodikalarda esa mazmunli, sifatli va variativ omillar mavjuddir. Texnologiya metodikadan o‘zining o‘zlashtiruvchanligi, natijalarning turg‘unligi, turli «agar»larning (agar o‘qituvchi qobiliyatli bo‘lsa, agar o‘quvchilar qobiliyatli bo‘lsa, agar ota-onalar farzandlariga nisbatan e’tiborli bo‘lsa) yo‘qligi bilan farq qiladi. Texnologiya aniq sharoitlardan kelib chiqqan holda loyihalashtiriladi va kutilayotgan natijaga emas, balki aniq belgilangan natijaga yo‘naltiriladi [103, 21-25; 63,22].
V.P. Bespalko pedagogik texnologiyaning ma’nosini kengroq ochib bergan. Muallif nazarida:

  1. pedagoglar amaliy o‘qitishdagi pedagogik ekspromtlarni minimal darajaga tushirish va o‘quv-tarbiya jarayonini oldindan loyihalashtirish va keyinchalik sinfda aks ettirishga harakat qiladilar;

  2. ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi uchun mo‘ljallangan dars ishlanmalaridan farq qilib, o‘quvchining o‘quv-bilish faoliyati mazmuni va strukturasini belgilaydigan o‘quv-tarbiya jarayonining loyihasini tavsiya etadi (zamonaviy sharoitda pedagogik jarayonni kompyuterlash-tirish yaqin kunlardagi istiqbolga aylanishida pedagogik loyhalashtirish – uning samarali amalga oshirishning yagona shartidir);

  3. pedagogik texnologiyaning muhim belgisi – maqsadlarni belgilash (an’anaviy pedagogikada maqsadlar muammosi nazariyotchi va amaliyotchilarni qiziqtirmagan, noaniq va unga erishish darajasi tahminan aniqlangan bo‘lsa, pedagogik texnologiyada u markaziy muammo hisoblanib, tashhisli hamda shaxsning umumiy rivojlanishini ta’minlovchi maqsad sifatida namoyon bo‘ladi).

4) pedagogik texnologiyaning predmeti haqida ma’lum pedagogik tizimning loyihasi sifatida tassavurga ega bo‘lish tufayli pedagogik texnolgiyani ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishning muhim tamoyilini – butun o‘quv-tarbiya jarayonining yaxlitligi tamoyilini shakllantirish mumkin (yaxlitlik tamoyili pedagogik tizimning barcha elementlarining gorizontal (o‘qitishning bir davri doirasida – chorak, semestr yoki o‘quv yili) va vertikal bo‘yicha (ta’limning butun davri uchun) garmonik aloqadorligini ta’minlash zarur [28, 12-13].
S.A.Smirnovning fikricha, ta’lim texnologiyasi vositasida: o‘qituvchi mehnatining samaradorligi oshadi; har bir o‘quvchining ta’lim olish natijalarini nazorat qilish va teskari aloqa tizimi o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatlari va xarakterining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish imkoniyatini beradi; ta’limning asosiy vazifalarini ta’lim vositalariga o‘tkazish o‘qituvchining vaqtini tejaydi, natijada esa o‘qituvchi o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi masalalariga ko‘proq e’tibor berishi mumkin; har qanday texnologiyada bo‘lganidek, maqsad juda aniq (tashhisli) belgilanganligi uchun nazoratning (ham yakuniy, ham oraliq) ob’ektiv metodlaridan foydalanish, nazoratni o‘tkazishda sub’ekt omilining ahamiyatini pasaytirish imkonini beradi; ta’lim texnologiyasini yaratish ta’lim natijalarini o‘qituvchining malakasi darajasidan bog‘liqligini pasaytiradi, bu esa o‘quvchilar tomonidan barcha ta’lim muassasalarida o‘quv predmetlari bo‘yicha bir xil darajadagi bilim olishga imkoniyat yaratadi; texnologiyalashtirish umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim dasturlarining uzviyligini ta’minlash muammosini hal etishga yordam beradi [88, 255].
Yuqorida aytib o‘tilganidek, pedagogik texnologiya boshqa o‘qitish usullariga nisbatan samarali bo‘lib, u aniq maqsadga, kafolatlangan natijaga egaligi va tizimli jarayonligi bilan ajralib turadi.
V.P. Bespalko hamda N.Sayidahmedovlarning fikricha, har qanday pedagogik tizim o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topadi: talabalar; ta’lim (tarbiya) maqsadi; ta’lim-tarbiya mazmuni; didaktik jarayon; tashkiliy shakllar; pedagog yoki o‘qitishning texnik vositalari. Bu didaktik tizim, har qanday nazariyaga xos bo‘lgani kabi, didaktik masalalar va ularni amalga oshirishning pedagogik texnologiyasi tushunchasini qamrab oladi [28; 99].
Pedagogik texnologiyalarning turlari, foydalanish darajalari va ularning tavsifi borasida turlicha qarashlar mavjud. Masalan, G.Yu.Ksenzova pedagogik texnologiyalarning uchta asosiy guruhga ajratgan:

  • og‘zaki-ko‘rgazmali ta’lim texnologiyalari asosida ma’lumot berish, o‘quvchilarning umumiy o‘quv ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida ularning reproduktiv harakatlarini tashkil etish;

  • shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari ta’lim oluvchilarning shaxsiy o‘quv faoliyatini ta’minlash va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadi;

  • rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining diqqat markazida – ta’lim oluvchilarning shaxsiy va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishning ichki mexanizmlarini uyg‘otishga qaratilgan ta’lim usulidir [56,9].

Tadqiqotchilar pedagogik texnologiyalarning ta’lim amaliyotida uchta ierarxik darajaga: 1) umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) daraja; 2) xususiy metodik (predmetli) daraja; 3) lokal (modulli) darajalarga ega ekanligini ko‘rsatadi [100; 102; 58; 54].
N.Sayidahmedovning fikricha, agar umumpedagogik texnologiyalar «pedagogik tizim» tushunchasiga yaqin bo‘lib, uning loyihasi hisoblansa, xususiy predmetli pedagogik texnologiyalar «xususiy metodika» tushunchasiga yaqindir va fan mavzularini muayyan texnologiya doirasida o‘rganadi, ya’ni ular o‘qitish texnologiyalari hisoblanadi. O‘qituvchi mavzuni tushuntirishda ko‘proq an’anaviy o‘qitish tizimidan foydalanadi-yu, biroq ba’zi bir o‘quv elementlarini tushuntirishda pedagogik texnologiyaga murojaat qiladi [99].
G.K.Selevko texnologiyalarni tasniflashga chuqur va har taraflama yondashadi va ularni qo‘llanish darajasi; falsafiy asosi; ruhiy rivojlanishning yetakchi omillari; o‘zlashtirish nazoratlari; shaxsga yo‘naltirilganlik; mazmun va tuzilish xususiyatlari; tashkiliy shakllari; bilim faoliyatini boshqarish; bolaga yondashish; ustuvor metodlar; mavjud an’anaviy tizimlarni yangilash yo‘nalishlari hamda ta’lim oluvchilarning toifasi bo‘yicha turlarga bo‘ladi [102, 25-31].
Pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish to‘g‘risida ham turli fikrlar mavjud. Masalan, pedagogik tizimni takomillashtirish va pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli tadbiq etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsini odam – inson – shaxs – individuallik –sub’ekt - komil inson shaklida shakllantirish;

  • o‘qituvchi professiogrammasi zamon talabiga binoan yaratish;

  • o‘quvchi saviyasi, shaxsi, xarakteri, iste’dodi, intellekti, xulqi, malakasi, motivi, irodasi, ehtiyoji va his to‘yg‘usini baholash testlarini ishlab chiqish;

  • o‘quvchi va o‘qituvchilarda muayan fazilatlar, xislatlar, sifatlar, xususiyatlar shakllantirish uchun treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari, psixodramma va maxsus mashqlardan unimli foydalanish;

  • o‘qituvchilar malakasini oshirish yo‘llarini takomillashtirish, ularda ijodiy izlanishlarni shakllantirish;

  • reyting, test, modul tizimlari samaradorligini oshirishda boshqa metodlarni amaliyotga qo‘llash;

  • o‘quvchilar yoshiga fanning mohiyatita binoan pedagogik texnologiya vositalarini saralash va zamonaviysini kashf qilish;

  • matnlarda bayoniylikdan chekinish va muammolilik, ijodiylik, mustaqil fikrlashga o‘tash;

  • ta’lim dasturining invariantlari, modifikatsiyalarini yaratish va amaliyotga joriy etish;

  • o‘quv motivlarini shakllantirish uchun fanlararo aloqani takroriy bilimlarga yo‘l qo‘ymagan holda aniq amalga oshirish;

  • ta’lim-tarbiya jarayoning faol, innovatsion, noan’anaviy, ijodiy uslublari va shakllarini qo‘llash;

  • darsning tuzilishi va bosqichlari to‘g‘risida rasmiyatchilikdan qutilish, majburiylikdan xalos bo‘lish orqali shaxslararo moslikka, teng huquqlilikka erishish;

  • ta’lim va tarbiya jarayonining (o‘qituvchi bilan o‘quvchilar va o‘quvchilarning o‘zaro) hamkorlik faoliyatiga aylantirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning amaliy ifodasini qaror toptirishni tezlashtiradi [130]. Pedagogik texnologiyaning asosiy sifatlari quyidagilardir:

2.3.1 - rasm. Pedagogik texnologiyaning asosiy sifatlari


2.3.1-rasmdan anglash mumkinki, texnologiyaning asosiy mezonlaridan biri uzviylik bo‘lib, u boshqa mezonlarning asosiy mazmunida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, uzviylik pedagogik texnologiya mazmunida: jarayonlar uzviyligi; maqsad va vazifalar uzviyligi; metod, shakl va vositalar uzviyligi; kutiladigan natija va kelgusi rejalar uzviyligida yaxlit, uyg‘un, bosqichli, boshqarish mumkin bo‘lgan ilmiy g‘oyaga asoslangan tizimli jarayon sifatida vujudga keladi va amalga oshiriladi.


Texnologiya tushunchasining mazmuni inson faoliyatining ma’lum bir sohasiga ko‘ra ochib beriladi. Masalan, ishlab chiqarishda foydali qazilmalarni qazib olish, metallarga ishlov berish hamda kitob bosib chiqarish texnologiyalari kabi jumlalar qo‘llanilar edi.
Ta’lim jarayonidagi texnologiyalarni “pedagogik texnologiyalar” deb yuritib, ular metodikalar tarkibiga yoki aksincha, metodikalarni pedagogik texnologiyalar tarkibiga kiritish mumkin. Masalan, ikkita sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini topishning (arifmetik, algebraik, Yevklid algoritmi usullari) metodikasi matematikada laboratoriya ishlari texnologiyasiga kiritilsa, unda laboratoriya ishlari xususiy metodikaning (matematika o‘qitish metodikasining) tarkibiy qismi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyalarni nechta bosqichda va qanday amalga oshirish mumkinligi borasida ham turlicha qarashlar mavjud. Masalan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni loyihalashda bir butun o‘quv–tarbiya jarayonida o‘qituvchining quyidagi asosiy vazifalarini ajratish mumkin: 1) ta’lim jarayonining butunligini ta’minlash vazifasi; 2) o‘quv-tarbiya jarayonini loyihalash va uni amalga oshirish vazifasi; 3) o‘z-o‘zini tahlil qilish, ya’ni o‘qituvchining ushbu jarayonini har xil bosqichlarida o‘z faoliyatini tahlil etish vazifasi [109, 248].
Ta’lim texnologiyasi uch bosqichdan iborat ko‘plab operatsiyalarni qamrab oladi: loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish va baholash.

Download 448.11 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Download 448.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematika fanini o‘qitishda uzviylikni ta’minlovchi pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanish metodikasi

Download 448.11 Kb.