84
rang boqyicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Ikki rangli (binar) tasvirlar. Bu
tasvirlarning har bir pikseli uchun Kompyuter xotirasida bir bit kerak. Oq-qora
tasvirlar ikki rangli tasvirlar orasida eng ko`r uchraydi.
Nim rang tasvirlar.
Bu tasvirlarni shakllantirishda kulrang yoki boshqa
ranglarning gradatsiyalaridan foydalaniladi. Odatda, tasvirdagi rang 256
gradatsiyadan iborat bo`lib, uning har bir pikseli uchun 1 bayt kerak.
Rangli tasvirlar.
Bu tasvirlarning har pikseli uchun eng kamida 2 bit kerak. Har
bir pikselda rang chuqurligi 16 bit bulgan (65 536 rangli) tasvir
High Color
nomini,
har bir pikselida 24 bit bulgan (16,7 mln. rangli) tasvir
Ture Color
nomini olgan.
Kompyuterlarning grafik tizimlarida har bir piksel 32,44 va undan ko`p bit bulgan
tasvirlardan ham foydalaniladi. Rastning ruxsat berilgan xatoligini baholash.
Normal ko`rish qobiliyatiga ega bo`lgan odamning ko`zi burchak o`lchamida 1
minutga yaqin obyektlarni farqlashi mumkin. Agar obyektgacha bo`lgan masofa R
uzunlikka teng bulsa, u holda bu o`lchamni (dP) yoy uzunligi sifatida quyidagicha
baholash mumkin(5.3-rasm):
dP = α
⋅
R,
bu yerda α =1,7453293
⋅
10-2/60=2,
90888
⋅
10-4 (rad).
5.3-rasm.