O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti




Download 0.55 Mb.
bet6/29
Sana18.02.2022
Hajmi0.55 Mb.
#17755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba)
QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2-TOM NAMMTI YSMKT, 2.2 reja, 2.2 docx
2.Algoritm ijrochilari
Algoritm ijrochisi — algoritmda ko‘rsatilgan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema.
Ijrochi bajara olishi uchun algoritm unga tushunarli bo‘lishi lozim. Algoritm ijrochi tushunadigan tilgagina emas, balki uning bilim va malakasiga ham mos bo‘lishi kerak. Aks holda ijrochi birorta ham ko‘rsatmani bajara olmasligi mumkin.
Ijrochi bajara olishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatma yoki buyruq- lar to‘plami ijrochining ko‘rsatmalar sistemasi deyiladi. Masa­lan, «16 sonidan kvadrat ildiz chiqarilsin» ko‘rsatmasi 2-sinf o‘quvchisining ko‘rsatmalar sistemasiga tegishli bo‘lmaydi, lekin 8-sinf o‘quvchisining ko‘rsatmalar sistemasiga tegishli bo‘ladi. Algoritm ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun ijrochining imkoniyat- larini bilish lozim. Agar ijrochi inson bo‘lsa, u holda algoritm insonning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko‘zlangan maqsad va algoritmdan kelib chiqib inson tushu­nadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi, kasbiy malakasi, yoshi, qolaversa, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Agar ijrochi texnik vosita (masalan, kompyuter, elektron soat, dastgohlar) bo‘lsa, u holda algoritm shu texnik vositaning imko­niyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Agar ijrochi kompyuter hisoblanib, uning dasturiy ta‘minotida berilgan (Karra jadvalini xosil qilish) algoritmni bajara oladigan dastur (masalan, elektron jadvallardan birortasi ham) bo‘lmasa, u holda hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi. Demak, berilayotgan har qanday ko‘rsatma ijrochining ko‘r- satmalar sistemasidan olinishi, ya’ni ijrochi uni qanday bajarishni bilishi kerak ekan. Bu algoritmning tushunarlilik xossasini ifodalaydi. Shuni ta‘kidlash joizki, informatikada algoritmning asosiy ijrochisi sifatida kompyuter xizmat qiladi.

Download 0.55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 0.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti

Download 0.55 Mb.