• Tayanch so’zlari
  • Mavzu – Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalashda loyiha




    Download 3.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/17
    Sana20.07.2023
    Hajmi3.53 Mb.
    #77056
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Avtomobil yo`llarini avtomatlashtirilgan loyihalash
    3645, 305-016-001
    Mavzu – Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalashda loyiha 
    yechimlarini baholash 
     
    Reja
    1. Loyiha yechimini baholash uchun ko’rsatkichlar tizimi.
    2. Hisoblash uslublari.
    3. CREDO kompleks dasturida tizimida loyiha yechimini baholash.
    4. Ekologik tadbirlarni loyihalash.
    Tayanch so’zlari: loyiha echimi, avtomatlashgan loyiha, ekologik tadbir, 
    xarakat tezligi, xavfsizlik koeffitsienti. 
    Avtomobil yo’llarini loyihalash jarayonida loyiha echimlari variantlarini 
    taqqoslashda qurilish uchun tavsiya etiladigan variantni aniqlash quyidagi gurux 
    ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladi: 
    1. texnik ko’rsatkichlar: trasa uzunligi, uzayish koeffitsienti, vertikal va 
    gorizontal egrilar radiusi, bo’ylama nishablik, yo’l poyi va qatnov qismining kengligi, 
    asosiy qurilish ishlarining hajmi, yo’l to’shamasining tuzilmasi, sun’iy inshootlarning 
    soni va o’lchamlari, kesishishlar va tutashishlar soni va turi, vaqtinchali va doimiy 
    yo’l uchun ajratilgan joy yuzasi; 
    2. iqtisodiy ko’rsatkichlar: yo’l va yo’l ayrim inshootlari va elementlari 
    qurilish bahosi; 
    3. yo’l-transport foydalanish sifat ko’rsatkichlari: yuk va yo’lovchi tashish 
    hajmi, yuk aylanish jadalligi va transport oqimining tarkibi, o’tkazuvchanlik 
    qobiliyati va aloxida yo’l uchastkalarining oqim bilan yuklanganlik koeffitsienti, 
    yakka avtomobil va transport oqimining xarakat tezligi, yo’l tushamasining 
    mustamlik koeffitsienti, ko’rinish cheklangan yo’l uchastkalari uzunligi, sun’iy 
    inshshotlarda ruxsat etilgan yuklar va boshqalar.
    4. harakat xavfsizlik ko’rsatkichi: yo’lning turli uchastkalardagi avariyalik va 
    xavfsizlik ko’rsatkichi, yo’l transport hodisalaridan bo’lishi mumkin bo’lgangan 
    zararlar.
    5. Ekologik ko’rsatkichlar: transportdan chiqayotgan shovqin va zaxarli 
    gazlarning darajasi, yo’l yon tasmasiga transportdan chiqayotgan gazlarning va 
    undagi qurg’oshin birikmasining miqdori, atrof manzaraga, hayvonot va o’simlik 
    dunyosiga, tabiiy va madaniy yodgorliklarga yo’lning noxush ta’siri bo’ladigan 
    chegaradagi uchastkalar uzunligi.
    6. iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari: kapital mablag’larni iqtisodiy 
    samaradorligi koeffitsienti yoki ularning oqlash muddati, sarflangan xarajatlar 
    yig’indisi. 
    Texnik ko’rsatkichlarning sezilarli qismi CREDO kompleks dasturidan 
    foydalanib loyihalashda aniqlaniladi, masalan trassa rejasini, bo’ylama kesimni, yo’l 
    poyini, yo’l tushamasini va sun’iy inshootlarni. Yo’lning transport-ekspluatatsion 
    ko’rsatkichlarini, xarakat xavfsizligini aniqlash uchun CREDO-CAD tizimida 
    «Оценка проектных решений» dasturidan foydalaniladi. Uning yordamida 
    aniqlanilishi mumkin:


    48 
    - yo’l ustki yuzasi ko’rinish masofasi; 
    - transport oqimi tezligi; 
    - yakka avtomobil harakat tezligi; 
    - harakat xavfsizligi
    - avariyalik koeffitsienti; 
    - avtomobillar yoqilg’i sarfi; 
    - yuk tashish tan narxi; 
    - transport oqimi avtomobillari dvigatellaridan chiqadigan zaharli vositalar. 
    Berilgan ma’lumotlarni kiritish ketma ketligi quyidagi rasmda keltirilgan: 
    24-rasm. «Оценка проектных решений» menyusi 
    Nazorat savollari 
    1. CREDO-CAD tizimida loyiha echimini baholash haqida nimalarni bilasiz?
    2. Loyiha echimini qaysi ko’rsatkichlar yordamida baholaymiz? 
    3. Ekologik tadbirlarni loyihalash? 


    49 

    Download 3.53 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 3.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu – Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalashda loyiha

    Download 3.53 Mb.
    Pdf ko'rish