21
SETI 4.1 - tashqi kommunikatsiyalar bo’ylama qirqimini loyihalash:
kanalizatsiya, suv quvurini bosimli tarmotsi, issiliq trassasi, gaz o’tqizgich:
- Kanalizatsiya,
- Vodoprovod,
- Teplo, - Gaz;
GIS-EKSPORT geoinformatsiya tizimi formatida loyiha geometriyasi va JRM
bo’yicha CREDO ma’lumotlarini almashish uchun dastur.
CREDO PRO - avtomobil yo’llarini muhandislik jihozlash va sun’iy inshootlar
elementlarini, yo’llarni bir
va har xil satxda kesishishini, yo’l poyi inshootlarini
texnik grafika vositalari bilan loyihalash uchun tizim.
Tizim IBM yoki Pentium kompqyuterlarida turli xil turdagi printerlar va
Hewlett Paskard turidagi plotterlar bilan birgalikda ishlatiladi.
CREDO DAT kichik tizimi yordami bilan qo’yidagi ish turlari bajarilishi
mumkin:
-SOKKIA, GEODIMETR, LEICA va boshqa formatlardagi elektron
registratorlar fayllaridan ma’lumotlarni import qilish;
-er usti geodezik tasvirlari materiallarini kirgizish va qayta ishlash;
-har qanday hajmdagi, sinfdagi, shakldagi va tuzilish
uslubidagi geodezik
tarmoqlarni qat’iy tenglashtirish;
-muxandis-geodezik vazifalarni echish;
-geodezik va to’tsri burchakli koordinatlarni qayta hisoblash;
- er maydonlari tuzilish hisoblari va er uchastkalari chizmalarini tuzish;
- CREDO ochiq almashuv formatida qidirish materiallarini qayta ishlash
natijalarini eksport qilish.
CREDO TER kichik tizimi joy vaziyati va relqefi raqamli modelini, shu bilan
birga biron bir boshqa ob’ekt yoki hodisalarni (masalan, muxandislik inshootlarini,
atrof muhit ifloslanishining har xil mintaqalarda taqsimlanishi va b.) shakllantiradi,
bu hosil qilingan raqamli model asosida yo’l o’q rejasini va boshqa inshootlarni
loyihalash imkoni to’tsiladi, ular uchun er ustki yuzasi bo’ylama va kundalang
kesimlarini qurish va CREDO yoki boshqa ALT kichik tizimlarida olingan
ma’lumotlarni eksport qilish imkonini yaratiladi.
CREDO GEO kichik tizimi tasma yoki maydon geologik tuzilishi matematik
modelini hosil qilish imkonini beradi. Buning asosida katta sonli vertikal geologik
qirqimlar tuzish, geologik qatlamlar hajmiy modelini va muxandis-geologik qirqimlar
chizmalarini olish mumkin va bu ma’lumotlarni CREDO boshqa kichik tizimiga
eksport qilish mumkin bo’ladi.
CREDO CAD kichik tizimi avtomobil yo’llarini va ulardagi inshootlarni
loyihalash bo’yicha asosiy ishlarni bajarish uchun tayin etilgan:
-yo’l o’qini loyihalash;
-yo’l tushamasini hisoblash;
-kichik ko’priklar va suv o’tkazuvchi quvurlarni hisoblash va loyihalash;
-yo’l bo’ylama va kundalang kesimlarini loyihalash;
-yo’l qatnov qismini ta’mirlashda yoki uni rekonstruktsiya qilishda kundalang
tekislash;
-bo’ylama suv qochirishni loyihalash;
-yo’l poyi ustivorligini hisoblash;
22
-er ishlari hajmini hisoblash;
-yo’l qurilishida er ishlarini taqsimlash;
-loyihalangan yo’l uchun xarakat havfsizligini va transport-foydalanish
sifatlarini baholash;
-ekologik tadbirlarni loyihalash;
-statik va dinamik rejimlarda yo’lning kelajakdagi tasvirini qurish;
-alohida yo’l belgilarini loyihalash;
-almashuv formati fayllarida loyiha echimlarini eksport qilish.
CREDO PRO kichik tizimi avtomobil yo’llari va boshqa muhandislik
ob’ektlarini yo’l poyini ikki va uch ulchovli geometrik loyihalashni,
chizmalarni,
sxemalarni, jadvallarni, tushintirish xatini ishlab chiqishda hisob-grafik taxrir qilish,
texnik grafikaning AutoCAD, MikroStation kabi boshqa tizimlari bilan o’zaro
ta’sirda ikki va uch o’lchamli modellashtirish imkonini beradi.
CREDO kichik tizimlari orasidagi o’zaro ta’sir va ochiq almashuv formati
(OAF) fayllari orqali ma’lumotlarni almashtirish, shu bilan birga boshqa tizimlar
bilan o’zaro ta’sir qo’yidagi rasmda keltirilgan:
4-rasm. CREDO kichik tizimlari orasidagi o’zaro ta’sir
CREDO Interfeys CUA (Common User Access) standartlashgan
komponentlarini ishlatadi: funktsiyalar
va jarayonlar tugmali menyusi, ishga solish
va o’zaro muloqot yo’lagi, ochiladigan oyna (okno) va boshqalar. CREDO o’xshash
yoki universal tizimlar interfeysi bilan umumiy botsliqlikga ega, masalan Windows
bilan.
5-rasmda namuna sifatida CREDO TER kichik tizimi ishchi muhiti
ko’rsatilgan. Ekrannning yuqori qismida ikki qatorda boshqaruv tugmalari
joylashtirilgan. Yuqori qator tugmalari yordamida bajariladigan ish tartibini tanlash
mumkin: “ma’lumotlar” , “relqef” , “vaziyat” , “yo’l o’qi”, “chizma”, “o’lchamlar”,
“chiqish”. Ulardan birontasini faollashtirishda, ekranda funktsiyalar nomli tushadigan
menyu paydo bo’ladi. Bu yuqoridagi bajariladigan ish
tartibiga mos holda yuzaga
23
keladi. Tanlangan funktsiyani faollashtirgandan keyin jarayonlar nomli ikkinchi qator
tugmachalar paydo bo’ladi.
5-rasm. CREDO TER kichik tizimi ishchi muhiti
Ekranning chap qismida vertikal qatorda loyihalanayotgan ob’ektni
vizuallashtirishni boshqarish uchun belgilangan tugmachalar joylashtirilgan.
Yuqoridagi 4 ta tugma ob’ekt bo’yicha ishchi oynani siljitish uchun belgilangan,
ya’ni mos ravishda yuqoriga, pastga, o’nga, chapga. Pastda ketma-ket tugmalar
joylashgan: ob’ektni ishchi oynada chamalash tugmasi, bu ob’ektga nisbatan ishchi
oynani burish imkonini beradi; ishchi oyna miqiyosini o’zgartirish tugmasi yoki
navigatsiya oynasi, faolashtirishdan keyin foydalanuvchi to’rtburchakli
kontur
yaratadi va uning o’lchamlarini belgilaydi, bu ob’ekt tasvirini miqiyosini
o’zgartirishini kurish uchun; oldingi oynaga qaytish tugmasi, bu o’zgartirish
kiritguncha mavjud bo’lgan (ob’ektni siljitish, burish yoki miqiyosini o’zgartirish)
holatni qayta tiklash imkonini beradi; ob’ekt bo’yicha ishchi oyna markazini siljitish
tugmasi; miqiyosni o’zgartirish tugmasi (tugmani bosganda ochiladigan menyu
paydo bo’ladi, bu bilan biron bir standart masshtabni tanlash
yoki ixtiyoriy berish
mumkin); ob’ektni qaytadan chizish.
Ishchi oynada ekranning eng katta qismini belgilangan miqiyosdagi joyning
fragmenti tasviri va shu bilan birga ob’ektni loyixalashda yuz beradigan jarayonlar
egalaydi.
Ishchi oynaga ob’ekt to’liq joylashmasa, u holda aniqroq chamalash uchun
navigatsiya oynasi xizmat qiladi.