• Vizual (razm solib) nazorat qilish
  • PAYVANDLI ULANMALAR (CHOKLAR) SIFATINI NAZORAT QILISH




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/35
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,89 Mb.
    #117860
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
    Bog'liq
    2 1 Технологик жихозларни эксплуатацияси лаб

    PAYVANDLI ULANMALAR (CHOKLAR) SIFATINI NAZORAT QILISH 
    Rezervuar konstruktsiyalarning yasash va montaj qilishdagi ishlar sifati buyurtmachi, 
    yasovchi tashkilot va montaj qilgan korxona tomonidan nazorat qilib boriladi. 
    Rezervuar qurilishi ustidan mualliflik tekshiruvini loyihalovchi olib boradi. 
    Buyurtmachi va loyiha tashkilotining vakillariga mualliflik nazoratini olib borish uchun 
    rezervuar konstruktsiyalarini tayyorlash va montaj qilish ishlari olib borilayotgan barcha joylarga 
    erkin kirib-chiqish va ishchi hujjatlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. 
    Rezervuarlarni qurish borasida payvandli ulanmalarning sifatini quyidagi turlar bo’yicha 
    nazorat qilib boriladi: 
    a) kafolatlovchi namunalardagi payvandli ulanmalarni mexanik yo’l bilan tekshirish
    b) rezervuardagi barcha payvand choklarni tashqi ko’rikdan o’tkazish; 
    v) andaza (shablon)lar, chizg’ichlar, shayton va geodezik asboblar yordamida o’lchov 
    nazoratini o’tkazish; 


    23 
    g) «bo’r-kerosin», vakuum-kamera, ortiqcha havo bosimi yoki rangli defektoskopiya kabi 
    tajribalar o’tkazib, payvand choklaridagi germetiklik (o’tkazuvchanlik bor-yo’qligi) ni tekshirish; 
    d) ichki nuqsonlarni aniqlash uchun radiografiya yoki ulьtratovushli defektoskopiya
    yuzadagi nuqsonlarni, biroz ochib ko’rish yo’li bilan topish uchun esa — magnitografiya yoki rangli 
    defektoskopiya kabi fizik usullarni qo’llash; 
    e) gidravlik va pnevmatik usulda rezervuar konstruktsiyasidagi mustahkamlikni sinash; 
    j) magnit usuli bilan tekshirish. 
    qalinligi va rusumi, joylashgan o’rni, sinash ishlarining hajmi ko’rsatilishi lozim. 
    Vizual (razm solib) nazorat qilish 
    Rezervuardagi payvandlab ulangan barcha choklar 100 % hajmda vizual nazoratdan o’tishi 
    kerak. 
    Tashqi ko’rinishi bo’yicha payvand choklari quyidagicha talablarga javob berishi lozim: 
    a) choklar shakli va o’lchamlari bo’yicha loyihada belgilangan me’yorlarga mos bo’lishi; 
    b) choklarning yuzasi tekis (ravon) yoki bir qolipdagi tangachasimon (baland- pastligi 1 mm 
    dan ziyod bo’lmasligi kerak) bo’lishi; 
    v) chokdagi metall asosiy metall bilan tekis qo’shilib ketishi kerak
    g) choklarda yo’l qo’yib bo’lmaydigan tashqi nuqsonlar bo’lmasligi lozim. 
    Rezervuar konstruktsiyalaridagi payvand choklarda ruxsat etilmaydigan tashqi nuqsonlarga 
    barcha o’lchamdagi va turdagi darzliklar, metallning erimay qolishi, erigan metallning to’planib 
    qolishi, dag’al tangachalar hosil bo’lishi, ko’rinib turgan (tashqi) bo’shliqlar, bo’shliqlar qatori, 
    metallning o’ta kuyib ketishi, qavariqlilik va sh.k. lar kiradi. 
    Tekshirish uchun asosiy metallni kesish (yo’nish) dagi o’lchamlar 3.1-jadvalda 
    ko’rsatilgandan katta bo’lmasligi kerak. 

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    PAYVANDLI ULANMALAR (CHOKLAR) SIFATINI NAZORAT QILISH

    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish