O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 195 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2020
Hajmi195 Kb.
#7660
  1   2   3

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


KASB TA’LIMINI O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor v.b. ____________ D.Dexqonov

«___» ______________2019 yil




MASHINA DETALLARI

fanining
ISHCHI OQUV DASTURI
2019/2020 o’quv yili kunduzgi ta’lim shakli, 3-kurslari uchun



Bilim sohasi:

100 000

-

Gumanitar soha

Ta`lim sohasi:

110 000

-

Pedagogika

Ta`lim yo’nalishi:

5111000

-

Kasb ta’limi(5310600-Er usti transport tizimi va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)


NAMANGAN – 2019

Fanning ishchi o’quv dasturi Namangan davlat universiteti ilmiy Kengashining 201___yil “___” _________dagi _____-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan muvaqqat fan dasturi asosida tuzilgan.



Tuzuvchi: f.-m.f.n., dotsent I.T.Uluhanov


Fanning ishchi o’quv dasturi kasb ta’limini o’qitish metodikasi kafedrasining 2019 yil “___” _______dagi ____–sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri: A.Matkarimov

Ishchi o’quv dastur Kasb ta’limi fakultetining 2019 yil __-avgustdagi 1-sonli Kengashida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.


Fakultet kengashi raisi: X.Yu.Mavlyanov


Kelishildi:

O’quv- uslubiy boshqarma boshlig’i v.b.: Z.Muminov


O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Texnika va texnologiyalarning jadal sur`atlarda rivojlanishi, kompyuterlashtirish va boshqarish tizimining keng miqyosda qo’llanilishi Texnika fanlariga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. SHuning uchun loyihalangan mashinalar, ularning detallari mumkin qadar engil, etarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, davlat standartlariga to’liq mos keladigan bo’lishi shart. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda ularni yangisiga tez va qulay almashtirishning hamma imkoni bo’lishi zarur.

Mashina detallari fani asosan sanoatda ishlatiladigan mashinalarga xos bo’lgan detallarini loyihalash, hisoblash va hisoblashning nazariy asoslarini o’rganadi.

O’quv fanining maqsadi va vazifalari.

Hamma turdagi mashinalar uchun umumiy bo’lgan detal va uzellarning tuzilishi hamda ularni iqtisodiy jihatdan tejamli qilib hisoblash va loyihalash usullarini o’rganuvchi fandir. Mashina, uning detallari va uzellariga qo’yilgan talablar: mexanikaviy uzatmalar: friktsion va tasmali uzatmalar, zanjirli, tishli, chervyakli uzatmalar, reduktorlar, vallar va o’qlar, podshipniklar, muftalar, rezbali, shponkali va shlitsali birikmalar to’g`risida tushunchalar berishdir.

Mashina detallari fanning vazifasi detal va uzellarning ishga layoqatliligini hisoblash va loyihasiinng nazariy asoslarini, konstruktsiya turlari, tuzilishi, hamda hozirgi zamon hisoblash mashinalaridan va yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni o’rganishdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar.

Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba: mashinasozlik va mashinasozlikda foydalaniladigan konstruktsion materiallarning xususiyatlari; tiplashtirilgan detallarni loyihalash va yig`ish asoslari; mashina detallarini mustahkamligi, bikrligi, ustivorligi to’g`risida tasavvurga ega bo’lishi;

Birikmalar, tishli uzatmalar, chervyakli uzatmalar, zanjirli uzatmalar, friktsion uzatmalar, tasmali uzatmalar, val va o’qlar, podshipniklar, muftalar haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishi;

Mexanik uzatmalarni hisoblash metodlarini, biriktiruvchi detallarni hisoblash metodlarini, val, o’qlar va ularning tayanchlarini hisoblash metodlari to’g`risida amaliy ko’nikmalarni egallashi;

Ochiq va yopiq mexanik uzatmalarni loyihalash, o’q va vallarni hisoblash bo’yicha malakalarni egallashi zarur;
Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi

Fanga umumiy 192 soat ajratilgan bo’lib, shundan auditoriya mashg’ulotlari 108 soat bo’lib, 6-semestr davomida haftasiga 4 soatdan o’tiladi.



Semestr(lar) bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatning taqsimoti.


Semestrlar

Yuklama

Auditoriya mashg’ulotlari

Mustaqil ish

Jami

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

Laboratoriya

mashg’uloti



6

192

108

54

36

18

84

Jami

192

108

54

36

18

84



Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar




Mavzular mazmuni

Mashg`ulotlar maqsadi

soati

1.

Mashina detallari fanining o’rni va ahamiyati, rivojlanish tarixi, nazariy va metodalogik asoslari va o’rganiladigan muammolari.

Mashina detallari fanining maqsadi va vazifasi, mashina detallari hisobi va loyihalashga doir umumiy ma`lumotlarga ega bo’lishi

2

2.

Detallarni ishlash layoqati va uni ta`minlash. Loyixalayotgan mashina detallarini ishlash layoqati ularning mustaxkamligi, bikrligi, issiqbardoshligi, yoyilishga va titirashga chidamliligi.

Detal ishlash layoqati belgilarini aniqlashdan iborat

2

3.

Ruxsat etilgan kuchlanishni aniqlash. Har qanday detalni loyixalash ruxsat etilgan kuchlanish qiymatini tanlashga bog`liq, detalning mashinada yaxshi ishlashini, materialni nisbatan kam sarf qilinishini ta`minlaydi.

Har qanday detalni loyihalash, ruxsat etilgan kuchlanish qiymatini aniqlashdan iborat bo’ladi.

2

4.

Mexanik uzatmalar. Friktsion uzatmalar

Ishqalanish hamla ilashishini hisobiga ishlaydigan uzatmalar haqida tasavvurga ega bo’lish

2

5.

Friktsion uzatmani kontakt kuchlanish bo’yicha hisoblash

Detal ish sirtining buzilishi oqibatida ishga yaramay qolishi mumkin. Bu hol detal sirtida xosil bo’ladigan kontakt kuchlanishga bog`liq.

2

6.

Tasmali uzatmalar va ularni hisoblashning nazariy asoslari. Uzatmada tasmalarining ishlash layoqati, uning tortishish kuchi, hamda ishlash muddati bilan belgilanadi. YAssi tasmali uzatmani hisoblash tartibi. Tasma uchun material tanlash, etaklovchi va etaklanuvchi shkiv diametrlarini aniqlash.

Ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar haqida tassavurga ega bo’ladi

2

7.

Ponasimon tasmali uzatmani hisoblash tartibi Bu xil uzatmalarda ko’ndalang kesimi ponasimon shakldagi tasmalar o’ziga mos shaklli shkiv ariqchalariga o’rnatilgan bo’ladi.

Transport mashinalarida ishlatiladigan tasmali uzatmalarni kinematik va geometrik parametrlarini aniqlanadi va loyiha hisobi bajariladi.

2

8.

Tishli uzatmalar. qlarning joylashishiga qarab quydagi turlarga bo’linadi tsilindrsimon, o’qlari o’zaro paralell, o’zaro kesishuvchi va ayqash.

Mashinasozlik sanoatida ishlatiladigan tishli uzatmalar va ulardan texnikaning turli sohalarida foydalanishi to’g`risida tasavvurga ega bo’ladi.

2

9.

Tishli uzatmlarning ishlash qobiliyati va ularning yemirilishi. Tish sirtida hosil bo’ladigan eguvchi kuchlanish ilashishda bo’lgan tishlarning ishlash qobiliyatini belgilovchi asosiy kuchlanishlardir.

Tishlarning ishlash qobilyatini belgilovchi va tishning tubida paydo bo’ladigan eguvchi kuchlanishni aniqlash.

2

10.

To’g`ri tishli tsilindrik g`ildirak tishlarni kontakt kuchlanish bo’yicha hisoblash.

G`ildirak tishlari sirtining uvadalanishiga asosiy sabab kontakt kuchlanishlar, tushli uzatmalarni loyihalashda tishlar kontakt kuchlanishi bo’yicha hisoblanadi.

2

11.

Qiya va shevron tishli tsilindrik uzatmalarni hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari. Uzatma aylana tezligi v=3 m\s bo’lganda qiya tishli g`ildiraklardan foydalanish tavsiya etiladi.

Qiya tishli g`ildiriklarda har bir tish to’g`ri tishli g`ildiraklarnikiga qaraganda ortiq nagruzkaga chidashi to’g`risida tasavvurga ega bo’ladi.

2

12.

Konussimon g`ildirakli uzatmalar. Konussimon tishli uzatmalarda o’qlari o’zaro burchak ostida joylashgan bo’lib, ko’pincha bu burchaklar φ= 900 ga teng bo’ladi.

Konussimon g`ildiraklarning ko’ndalang kesimi konus uchidan asosi tomon o’zgaradi., ya`ni ko’ndalang kesim yuzikattalashib boradi. Bu degan so’z, tishning bikirligi har xil kesimlarda turlicha bo’ladi va tish eguvchi kuchlanish bo’yicha hisoblanadi.

2

13.

CHervyakli uzatmalar, kinematikasi va geometriyasi. CHervyakli uzatma bu kinematik juft bo’lib, chervyak va chervyakli g`ildiraklardan tuzilgan o’qlari esa o’zaro ayqash holatida joylashgan.

CHervyakli uzatmaning kinematikasi va geometriyasi haqida tasavvurga ega bo’ladi.

2

14.

CHervyakli uzatmani eguvchi va kontakt kuchlanish bo’yicha hisoblash. CHervyakli uzatmalarda sirpanish tezligini kattaligi hamda bu tezlikning yo’nalishi kontakt chizig`iga nisbatan noqulay joylashganligi sababli chervyakli g`ildirak. Tish sirtining eyilishi va yulinib chiqishi hollari ko’proq sodir bo’ladi.

CHervyakli uzatmalardatish sirtining eyilish va yulinib chiqish xollari ko’proq sodir bo’ladi, uzatmaning mustahkamligi hisoblanadi.

2

15.

Zanjirli uzatmalar. Umumiy ma`lumotlar. Zanjirli uzatma tishli ikkita yulduzcha va ularga kiydirilgan zanjirdan iborat bo’ladi. Zanjirli uzatmalarni hisoblash asoslari. Zanjir sharnirlarining eyilishiga chidamliligini aniqlash. Zanjirli uzatmalar uchun hisoblashning asosi hisoblanadi.

Zanjirli uzatmalarni hisoblab borilgan quvvat yoki zanjir tarmog`idagi kuch asosida tegishli zanjir tanlash va uzatmaning geometrik o’lchamlarini aniqlashdan iborat.

4

16.

Vallar va o’qlar. Umumiy ma`lumot. Vallar va o’qlar, tishli g`ildirak, shkiv vash u kabi aylanuvchi qisimlarni o’rnaish uchun ishlatiladigan asosiy detallar hisoblanadi.

Vallarning mustahkamligini hisoblashning taqribiy usuliga ko’ra keltirilgan moment ta`siridan valning xavfli kesilishda xosil bo’ladigan kuchlanishni aniqlab, ruxsat etilgan qiymati bilan solishtiriladi.

2

17.

Vallarni mustaxkamligini hisoblashni aniqlashtirish usulida ta`sir etuvchi momentlardan tashqari, xavfli kesimlardagi kuchlanishlar to’planishini, valning geometrik o’lchamlari xamda sirt tozaligining kuchlanishlar qiymatiga ta`siri ham e`tiborga olingan holda xavfli kesim uchun, xavfsizlik koeffitsienti aniqlanadi.

Vallarning mustahkamligini hisoblashning aniqlashtirilgan usuliga ko’ra, valning havfli kesimi uchun extiyot koeffitsenti aniqlanib, ruxsat etilgan qiymati bilan solishtiriladi.

2

18.

Podshipniklar. Sirpanish podshipniklari. Mashinalarning ishlash qobilyati va chidamliligi podshipnikni tanlash massalasiga alohida e`tibor beriladi.

Podshipniklarning shartli xisobi ikki xil yo’l bilan;

  1. solishtirma bosim bo’yicha;

  2. solishtirma bosim bilan sirpanish tezligining ko’paytmasi bo’yicha bajarilishi mumkin

2

19.

Dumalash podshipniklari. Umumiy ma`lumot. Dumalash podshipniklari dumalab ishqalanishga sarflanadigan quvvati keskin kamaytirishga imkon beradi, ya`ni bu podshipniklarning foydali ish koeffitsienti sirpanish podshipniklariga nisbatan yuqori bo’ladi.

Podshipniklarni dinamikaviy yuk ko’taruvchanlik bo’yicha tanlash uchun dinamikaviy yuk ko’taruvchanlikning hisobiy qiymati topilib, jadvaldagi qiymatga taqqoslaniladi.

2

20.

Muftalar. Muftalar val, truba va shu kabi detallarning uchlarini o’zaro ulash va burovchi moment uzatishdan iborat.

Tanlab olingan muftalarning mustaxkamligini tekshirishda barmoqlar egilishda hamda rezina detalning barmoqqa tegib turgan sirti bo’yicha ezilishga hisoblanadi.

4

21.

Brikmalar. Rezbalar . Umumiy ma`lumot. Ajraladigan birikmalarning eng ko’p tarqalgan turi rezbali birikmalardir. Bolt, vint, shpilka xususiy xollari bo’lib, mashinalarining ular vositasida yig`ilgan uzellari kerak bo’lgan vaqtda ayrim detallarga ajratilishi va yana qayta yig`ilishi mumkin.

Rezbalarni mustahkamligini hisoblashda ta`sir etuvchi kuch vint o’ramlari orasida bir xil taqsimlanadi, deb qabul qilinadi va rezba ish sirtining egilishi va kesilishi hisoblanadi

6

22.

SHponkali va shlitsli birikmalar.

SHponkali va shlitsli birikmalar yordamida shkiv, tishli g`ildirak, mufta va shunga o’xshash detallar vallarga mahkamlanadi. SHlitsli birikma. Valning sirtida hamda unga o’rnatilgan detal gupchigi teshigining sirtida ariqchalar o’yilib, detallardan birining chiqishiga ikkinchisining botig`iga tushadigan qilib o’rnatiladi.



Valdan g`ildirak gupchagiga burovchi moment uzatishda shponka yon yoqlarining ezilishi hamda val bilan gupchakning urinish chizig`idan kesilishi mumkin.

4




jami




54


Amaliy mashg’ulotlari mazmuni va unga ajratilgan soatlar




mashg`ulotlari mavzusi

mashg`ulotlar maqsadi

soati

1.

TSilindrsimon tishli g`ildiraklar va ulardan tuzilgan uzatma konstruktsiyasini o’rganish hamda ularning parametrlarini aniqlash.

TSilindrsimon tishli uzatmalar parametrlari aniqlanadi va loyihalash ishlarida foydalaniladi

4

2.

Konussimon tishli g`ildiraklar va ulardan tuzilgan uzatma konstruktsiyasini o’rganish hamda ularning parametrlarini aniqlish.

Konussimon uzatma parametrlari hisoblanib loyixalashda foydalaniladi

4

3.

CHervyakli uzatma elementlari konstruktsiyalarini o’rganish.

CHervyakli uzatma parametrlari hisoblanadi va loyihalashda foydalaniladi

4

4.

TSilindrsimon tishli g`ildirakli reduktorlarning tuzilishini o’rganish va ularning parametrlarini aniqlash.

TSilindrsimon reduktorning parametrlari aniqlanib kurs ishini bajarishda foydalaniladi

4

5.

Konussimon tishli g`ildirakli reduktorlarning tuzilishini o’rganish va ularning parametrlarini aniqlash.

Konussimon reduktorning parametrlari aniqlanib kurs ishini bajarishda foydalaniladi

4

6.

CHervyakli reduktorlarning tuzilishini o’rganish va ularning parametrlarini aniqlash.

CHervyakli reduktorning parametrlari aniqlanibkurs ishini bajarishda foydalaniladi

4

7.

Zanjarli uzatmalarning tuzilishini o’rganish va ularning geometrik parametrlarini aniqlash.

Zanjirli uzatmalarning parametrlarini aniqlanadi va kurs iini bajarishda foydalaniladi

4

8.

Ponasimon tasmali uzatmalarning tuzilishini o’rganish va ularning parametrlarini aniqlash.

Dumalash podshipniklarining parametrlari aniqlanadi va kurs ishini bajarishda foydalaniladi

2

9.

Dumalash podshipniklarning tuzilishini o’rganish va ularning parametrlarini aniqlash.

Dumalash podshipniklarning parametrlarini aniqlanadi va kurs ishini bajarishda foydalaniladi

2

10

Rezbali birikmalarning tuzilishini o’rganish va ularning parametrlarini aniqlash.

Rezbali birikmalarning parametrlarini aniqlanadi va kurs ishini bajarishda foydalaniladi

4




jami




36


Download 195 Kb.
  1   2   3




Download 195 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 195 Kb.