97
Aniq mehnat – muayyan aniq iste’mol qiymatlarni vujudga keltiradigan mehnat.
Abstrakt mehnat – mehnatning aniq shaklidan qat’iy nazar umuman inson ishchi
kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
Mehnat unumdorligi – ma’lum vaqt davomida
ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt.
Mehnat intensivligi – mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi.
Pul – umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi maxsus tovar.
Diversifikatsiya – ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish,
mahsulot va
xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat
sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish, ularning
sifatini takomillashtirish.