609
Ijtimoiy xo’jalik shakllari. Natural va tovar ishlab chiqarishning belgilari va farqlari.
Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi sabablari.
Tovar va uning xususiyatlari. Tovarning nafliligi va ayirboshlanish qobiliyati
(qiymati). Tovar qiymatining miqdori. Individual va ijtimoiy zaruriy naflilik. Individual va
ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari. Ijtimoiy-zaruriy ish vaqti.
Mehnatning ikki yoqlama
tavsifi: aniq mehnat va abstrakt mehnat. Mehnat unumdorligi va intensivligining tovar
qiymati miqdoriga ta’siri.
Qiymatning mehnat nazariyasi. Qiymat qonuni. Tovar qiymati va narxining o’zaro
farqlanishi shart-sharoitlari. Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Umumiy va
aniq naflilik. Naflilikning pasayib borishi. Qiymatning mehnat
nazariyasi va keyingi
qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o’zaro aloqasi hamda bir-birini to’ldirishi.
Qiymat paradoksi.
Pulning kelib chiqishi va mazmuni. Pulning ratsionalistik va evolyutsion
kontseptsiyalari. Qiymat shakllari. Pul to’g’risidagi metallistik,
nominalistik va miqdoriy
nazariyalar. Pulning asosiy vazifalari: qiymat o’lchovi, muomala vositasi, jamg’arish
vositasi, to’lov vositasi. Narxlar o’lchovi (masshtabi). Hozirgi zamon pulining tabiati va
mazmuni.
Oltin va qog’oz pullarning o’zaro bog’liqligi.
Naqd va kredit pullarning
xususiyatlari.
O’zbekistonda milliy valyuta – so’mning muomalaga kiritilishi bosqichlari va
ularning ahamiyati. Milliy valyuta barqarorligini oshirish vazifalarini hal etish borasidagi
dasturlar.
2-MODUL. BOZOR IQTISODIYOTI NAZARIYASI
5-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining
sub’ektlari: uy xo’jaliklari,
tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. Bozor
iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o’z-o’zini tartibga soluvchi mexanizmi.
Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari.
Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni
hal qilish va resurslardan
samarali foydalanish yo’llari.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi.
Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Iqtisodiy sub’ektlar harakatining ta’minlanishi. Bozor
iqtisodiyotining boshqa ijobiy jihatlari. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari va salbiy
jihatlari.
“Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalarining o’zaro farqlanishi. Bozorning
mazmuni va asosiy belgilari. Bozor mexanizmi. Bozorning ob’ektlari va sub’ektlari.
Bozorning vazifalari. Bozorning turkumlanishi. Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning
doiraviy aylanish diagrammasi.
Bozor infratuzilmasi. Bozor infratuzilmasi muassasalarini guruhlash yo’nalishlari.
Bozor infratuzilmasi tarkibi.