62
kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi
zamon rivojlangan bozor
iqtisodiyoti bo’lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti
resurslarga
xususiy
mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik,
iqtisodiy jarayonlarni
tartiblashda va uyg’unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan
tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy sub’ektning xatti-harkati uning xususiy
manfaatiga asoslanadi. Ular o’zlari qabul qilgan xo’jalik
yechimlari va qarorlari
asosida daromadlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladilar. Bu alohida qabul
qilingan qarorlar bozor tizimi yordamida uyg’unlashtiriladi.
Raqobat sharoitida
tovarlarning ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir
mahsulot va resurslarning ko’plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari
mavjud bo’ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning
aralashuvi cheklangan
tavsifga ega bo’ladi. Shu sababli davlatning roli xususiy mulkni himoya qilish va
erkin bozorning amal qilishiga qulay sharoit yaratuvchi huquqiy tartiblar o’rnatishdan
iboratdir.