O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti
. Hozirgi davrda real hayotda bozor 
iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. 
Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo’nalishlari mavjud bo’ladi, 
unda rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy himoyalash kuchayadi. Masalan, 
AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotdan sezilarli farq 
qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko’rinadi: 
birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo’lida bo’lib, u iqtisodiyotda faol rol 
o’ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o’sishi uchun sharoit yaratishda, bozor 
tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan 
ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini 
o’zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo’ladi;
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o’laroq, AQSH iqtisodiyotida yirik 
korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar 
mavjud. 
Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga 
suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda 
mavjud bo’lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti 
avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo’lib qolsada, mamlakat 
iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning 
teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida 
resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo’lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil 
qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida 
ham 90% dan ortiq xo’jalik faoliyati xususiy firmalarda to’plangan bo’lsada, davlat 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol 
qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan 
holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor 
mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo’llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy 
o’sishga erishmoqda. 


63 

Download 8,58 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish