66
chiqarib bo’lmaydigan
tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari,
yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan
va ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer,
yer osti
boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki,
davlatga
qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari,
oltin zaxirasi, valyuta
fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida
davlat hokimiyati mahalliy
organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari,
munitsipal uy-joy fondi va
kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi,
madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar
tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni
bildiradi.
Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab
korxona qurishi,
aktsiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi.
Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish
vositalari va mehnat
mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.
Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsiyadorlar
jamiyatlari, xo’jalik
jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy
tashkilotlarning mulki kiradi.