67
mas’uliyatlilik munosabatlarini rag’batlantiradi.
Shu bilan birga, tovar ishlab
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi.
Mulkchilikning bu shaklini tan olish iqtisodiyotda uni qo’llash foydali bo’lgan
bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini
shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni
bunday tan olish uni
mutlaqlashtirish bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish
vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ
firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi
mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida
aralash mulk paydo
bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida
o’zlashtirilishini bildiradi.