73
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim
xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq
salbiy holatlar bartaraf
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan
asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infratuzilmasini
barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini
ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularni
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan
olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga,
yangi
raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi.
Ijtimoiy
kafolatlar
bir
butun
imtiyozlar
tizimi
orqali
yaratildi.
Bular
xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar
bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma
ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va
shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to’lashda ayrim
imtiyozlar berish kabilardir.
Ayni vaqtda davlat mulkini baholash va keyinchalik xususiy mulk sifatida
sotishni tartibga soladigan me’yoriy bazani erkinlashtirish yuzasidan ishlar olib
borilayotgani, davlat mulkini investitsiya kiritish va boshqa majburiyatlar asosida
sotish uchun xorijiy va mamlakatimiz investorlari bilan
tuzilgan shartnomalarning
umumiy qiymati 3-4 barobar ko’payib, 310 million dollar hamda 57 milliard so’mni
tashkil etgani, jami tushumlarning 65 foizdan ortig’i xususiylashtirilayotgan
korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo’naltirilganligi qayd
etildi.
«Davlat ob’ektlarini xususiylashtirishda biz uchun eng asosiy tamoyil, – deb
ta’kidladi Prezidentimiz, – bu ishning ko’zini biladigan, omilkor mulkdorlarni jalb
etish, korxonalarni xaqiqiy egasiga, xususiylashtirilgan
zavod yoki fabrikani
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida raqobatga
bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishga qodir bo’lgan mohir
menejerlarga topshirish kerak.
…Shunday natijaga erishishimiz kerakki, bizning pirovard maqsadimiz amalga
oshsin – barcha korxonalarni o’z ishi uchun qayg’uradigan haqiqiy mulkdorlar,
haqiqiy mulk egalari boshqarsin»
1
.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori
bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning
davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud.
Bunday
1
Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O’zbеkiston
Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008
yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi
majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2008 yil 9 fеvral.
74
korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon
beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Prezidentimizning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarlarida ta’kidlanishicha,
mahalliy organlar va tarmoq tuzilmalari rahbarlari tomonidan sifatsiz mahsulotni
ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan
korxonalarni saqlab qolish uchun urinishlariga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Bunday korxonalar soni bugungi kunda 200 tadan oshib, ularning aksariyati engil va
oziq-ovqat sanoati sohasida saqlanib qolmoqda. Holbuki,
bu sohalarda tez
o’zgaruvchan bozor talabi texnika va texnologiyani uzog’i bilan 5-7 yilda,
rivojlangan mamlakatlarda esa bundan ham qisqa muddatlarda o’zgartirishni talab
etadi. Bunday vaziyatni mazkur korxonalarni bankrot deb e’lon qilish yo’li bilan
tubdan o’zgartirish darkor
1
.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi PF-
4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida ko’zda tutilgan iqtisodiy nochor
korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik
jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni
yo’lga qo’yish tadbirlari muhim hisoblanadi.
Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni tijorat
banklariga sotish yoki to’g’ridan-to’g’ri balansiga berishning 3 ta mexanizmi ko’zda
tutilgan:
1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70% va undan ortiq qismini
bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish;
2) bankrot korxonani auktsion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va
tegishli majburiyatni o’z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish;
3) bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda
investitsion majburiyat sharti bilan sotish.
Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni
tarkibiy qayta tuzish
hamda yangi xo’jalik faoliyatini yo’lga qo’yish jarayonlarini sezilarli darajada
tezlashtiradi
2
.
1
Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 40-41-b.
2
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiёt, 2009, 85-
b.