• Asosiy tayanch tushunchalar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Xulosalar: 
     
    1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kechmay, uni turli 
    bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy-formatsion
    madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, 
    iqtisodiy tizimlarning o’zgarishi kabi jihatlar bo’yicha yondashuvlar mavjud. 
    2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy 
    munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy 
    muassasalar majmuasini o’z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida ko’pincha iqtisodiy 
    tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab, 
    shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-
    buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi. 
    3.
    Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida 
    ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, 
    jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir. 
    4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy 
    ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks etadi. Agar 
    mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’ektni o’zlashtirish va foydalanish 
    borasida sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy 
    mazmuni sub’ektning ob’ektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi. 
    5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav 
    fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va 
    xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga 
    qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir. 
    Asosiy tayanch tushunchalar: 

    Ishlab chiqarish usuli – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 


    munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri. 
    Ishlab chiqaruvchi kuchlar – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan 
    tabiat o’rtasidagi bog’lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan 
    unsurlar tizimi (ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari). 
    Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, 
    taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida kishilar o’rtasida vujudga 
    keladigan munosabatlar. 
    Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi 
    majmui.
    Ishlab chiqarishning texnologik usuli – mehnat vositalari, materiallar, 
    texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui. 
    Oddiy kooperatsiya – bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi 
    xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushmasi. 
    Manufaktura – mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud 
    bo’lmagan sharoitdagi kooperatsiya. 
    Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish – mehnat taqsimoti hamda mashinali 
    mehnatga asoslangan kooperatsiya. 


    76 
    Iqtisodiy tizim – mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni 
    tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan 
    birgalikdagi tizimi. 
    Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni 
    o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. 
    Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki 
    ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol 
    qilinishi. 
    Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. 
    Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib 
    turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning iqtisodiy shakli. 
    Mulk ob’ektlari – mulkka aylangan barcha boylik turlari. 
    Mulk sub’ektlari – mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy 
    munosabatlar ishtirokchilari. 
    Xususiylashtirish – mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va 
    boshqa shaxslarga o’tishi. 
    Davlat tassarrufidan chiqarish – mulkni davlat hisobidan chiqarilib, boshqa 
    nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish