|
Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalariBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI4.Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
5.O’zbekistonda milliy valyuta – so’mning muomalaga kiritilishi va uning
barqarorligini mustahkamlash yo’nalishlari.
Oldingi mavzularda ishlab chiqarishning umumiy, hamma bosqichlariga xos
bo’lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining
o’zgarib turishini ko’rib chiqdik. Lekin, ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga
ega bo’lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat
tarixiy taraqqiyotining ko’pgina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning ayrim
turlari uzoq vaqt mavjud bo’ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi yemirilayotgan
sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan
boshqasiga o’tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda.
Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy shaklning turli tarixiy davr
sharoitidagi mazmuni, o’rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko’p jihatdan turlicha bo’ladi.
Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli ushbu
mavzu ijtimoiy xo’jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllarini tahlil qilishdan
boshlanadi. Keyin tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni
aniqlashga bo’lgan turli yondashuvlar, pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari
yoritiladi.
1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning
rivojlanishi
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita
umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan
birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida
yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun,
xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Demak,
o’z ehtiyojlarini qondirish
|
| |