uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga 
asoslangan xo’jalik esa – natural xo’jalik deb ataladi.
Iste’mol hajmi va tarkibi 
ko’pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan 
bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. 
Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon 
xo’jaligi, feodal pomestyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha 
iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar 
uchun yo’l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib 
qo’yiladi va ko’chib yurish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Natural xo’jalik 
shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo’jalik jamoalarini ming yillar 


78 
davomida barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab 
chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo’lgan 
ehtiyojlarni qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo’lida 
asta-sekinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tadi. 
Hozirda ijtimoiy xo’jalik yuritish shakli sifatida natural xo’jalik deyarli barham 
topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati 
iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan, qoloq mamlakatlarda natural xo’jalik 
ko’rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdek, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus 
olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish 
elementlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni qondirish 
uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva mahsulotlarining 
tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi, 
shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rezavor mevalarning yetishtirilishi kabilar 
shular jumlasidandir. 
Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, 
natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o’z o’rnini tovar ishlab chiqarishga 
bo’shatib beradi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish