|
Mahsulot va xizmatlarni o’z ehtiyojini qondirish uchun emas, balkiBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIMahsulot va xizmatlarni o’z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki
bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarish,
bunday
ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa – tovar xo’jaligi deyiladi.
Tovar
xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati
mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi.
Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va
miqdorining o’sishi natijasida paydo bo’ladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-
biridan farqini 4.1-jadval orqali ko’rish mumkin.
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi
munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga
kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar
ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida
individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni turli xil ishlab
chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv
mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak, tovar ayirboshlash faqat
zarurgina emas, balki foydali bo’lib ham boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash
tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi.
Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar tobora bir-birlariga
ko’proq bog’lanib boradilar.
Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, feodal
va dehqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab
chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar
ochgan.
|
| |