|
-jadval
Natural va tovar xo’jaligining asosiy farqlariBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI4.1-jadval
Natural va tovar xo’jaligining asosiy farqlari
Asosiy jihatlar
Natural xo’jalik
Tovar xo’jaligi
1.
Ne’matlarni
ishlab
chiqarishning
asosiy
maqsadi
Shaxsiy
ehtiyojlarni
qondirishda foydalanish
Boshqa
tovarlarga
ayirboshlash, bozorda oldi-
sotdi qilish
2. Ishlab chiqariladigan
mahsulot
tarkibining
aniqlanishi
Ehtiyojlar
va
imkoniyatlardan
kelib
chiqqan holda oldindan
aniqlanadi
Bozordagi muayyan talab
va ishlab chiqaruvchining
xususiy manfaati asosida
aniqlanadi
3. Iste’molchini o’ziga jalb
etish uchun kurash
Bunday kurash mavjud
emas
Bunday kurash mavjud va
tovar
xo’jaligining
rivojlanishi bilan kuchayib
boradi
4.
Ishlab
chiqarilgan
mahsulotning
iste’mol
qilinishi darajasi
Barcha ishlab chiqarilgan
mahsulotlar to’liq iste’mol
qilinadi
Ishlab
chiqarilgan
mahsulotlar ayrim turlari
va
qismlari
sotilmay
qolishi, ya’ni iste’mol
kilinmasligi mumkin
5.
Ishlab
chiqarish
jarayonida
ishchi
kuchining ishtirok etish
tamoyillari
Ishlab chiqarish jarayonida
faqat o’zining va oila
a’zolarining
ishchi
kuchidan foydalaniladi
Ishlab chiqarish jarayonida
ustun ravishda yollanma
ishchi
kuchidan
foydalanish mumkin
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining
barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo’jaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy
asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u
yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z
navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam
muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi;
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruvchilarning
iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular o’z mulklari hamda mehnat natijalarini
o’zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xo’jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni
ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab
chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kelishining shart-sharoiti
hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun
tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga
aylanadi.
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning
asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
|
| |