|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universitetiBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI2. Tovar va uning xususiyatlari
Tovar-pul
munosabatlarini
tushunishda
tovarning
mazmunini,
uning
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham
iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, ye.F.Borisov
ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga
mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»
1
. Bundan ko’rinadiki, u
tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va
«tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus
shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab
chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat»
2
. Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari
asosida ta’kidlash mumkinki,
tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega
bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarda ishlab
chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar tovar
shaklini olgan. Jumladan, O’zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan ko’plab turdagi
tovarlardan ba’zilarini misol keltirish mumkin (4.2-jadval).
4.2-jadval
O’zbekistonda 2007-2008 yillarda ishlab chiqarilgan ba’zi tovar turlari
Tovar mahsulotlari nomlari
2007 yil
2008 yil
Engil avtomobillar, dona
171809
195038
Avtobuslar, dona
1116
1556
Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, mln. so’m
103959,4
141522,4
Traktorlar, dona
2411
|
| |