81
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida
tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni
modernizatsiyalash va
diversifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etib,
bu mamlakatimizdagi
2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ham o’z
ifodasini topgan
1
. Ishlab chiqarishni zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlash, uni
ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi
chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayoni
pirovardida
tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining
ko’payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish,
mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish
maqsadida tarmoq va
korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va
xizmatlar assortimentlarini
ko’paytirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iborat