|
diversifikatsiya jarayoni
tovar ishlab chiqrishni kengaytirishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadiBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI
diversifikatsiya jarayoni
tovar ishlab chiqrishni kengaytirishning muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir
ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga
ayirboshlana oladigan buyumdir.
Boshqacha aytganda, tovar naflilikka
(iste’mol qiymatiga) va qiymatga egadir.
Buyumning iste’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf
keltirishi orqali namoyon bo’ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish
vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm
maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini
aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni
hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi
qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Holbuki, tovar
ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida real
qaynoq hayot jarayonida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy
jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida,
to’g’rirog’i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi
natijasida vujudga kelishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud
bo’lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega
bo’lavermaydi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha
ishlatiladi va real bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni
tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi
|
| |