O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

naflilikka aytiladi. 
Ne’matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum 
mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, tovar 
mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki 
boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan 
1
Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 39-b. 


82 
mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari 
ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi 
naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga 
ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning 
almashuv qiymati ifodalanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari
1
fikriga ko’ra, tovarlar qiymatining 
umumiy asosi bo’lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-
biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og’irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy 
xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo’la olmaydi. 
Ayirboshlashning zarur sharti bo’lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, 
turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o’lchamga 
ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo’lgan umumiy 
narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman 
inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushaklari, asablari va 
hokazolari sarfining mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning 
qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun 
almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli 
bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat 
va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib 
ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish 
(ko’pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga 
tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi 
(sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha 
nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati 
ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».
2
Tovarning o’zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan 
yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish 
fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan 
ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik deb hisoblaymiz. Aslida, 
ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, aksariyat hollarda miqdor 
jihatidan qiymatdan kam bo’ladi. 
Tovar qiymatining miqdori 

Download 8,58 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish