83
hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan
oddiy mehnat sifatida
hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat
ko’p miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab
tovar ishlab chiqaruvchi
mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir
tomondan, bu –
muayyan turdagi
aniq mehnatdir. Shuning uchun,
naflilikni yaratgan mehnat
aniq mehnat
deb nom
olgan (4.1-chizma).
4.1-chizma
Mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib chiquvchi tovarning ikki xil
xususiyati
Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shaklidan qat’iy nazar, umuman sarflangan
inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida
abstrakt mehnat
deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi.
Qiymat
tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda
tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning
asosida
odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi.
Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o’zining ijtimoiy
xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o’zgaradi.