|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universitetiBog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIQiymatning mehnat nazariyasi
asoschilari bo’lib Uilyam Petti, Adam Smit,
David Rikardolar hisoblanadi.
U.Petti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u
qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati
miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.Petti tovarning iste’mol
qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb
hisoblagan.
A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar»
(1776) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U
tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday
sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga,
tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur
bo’lgan o’rtacha mehnat belgilab berishini ko’rsatib o’tgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan
hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U
tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday
ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini
ta’kidlagan.
Demak, yuqorida ta’kidlanganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi
tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga
oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni
ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar
ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va
rag’batlantirishni tartibga soluvchi ob’ektiv qiymat qonunining mavjudligini e’tirof
etadilar.
|
| |