85
bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat
unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan
kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda
olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan deb
bo’lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika yangiliklarini, samarali ishlab
chiqarish usullarini o’z vaqtida qo’llab turmasalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z
ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida
bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan
farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-
sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo’lgan holda narx = qiymat.
Talab > taklif bo’lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo’lgan holda narx < qiymat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab
chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining
kuchi ta’siri ostida bo’ladi.