86
tasvirlab ko’rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi
kamayib boruvchi tartibda
joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo’lgan
ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash
uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to’rtinchisi – pivo tayyorlash,
beshinchisi – cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngilxushlik
qilishi uchun.
Bundan ko’rinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli
emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo’lsa u faqatgina ko’ngilxushlik
qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to’rtinchi qopdagi donning yo’q
bo’lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta
qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi
eng yuqori darajaga yetadi,
ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi.
Shu o’rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi
biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol tug’iladi.
Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo’q ekan, chol uchun ularning
nafliligi beshinchi, so’nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Demak, har
bir ne’matning so’nggi qo’shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo’lmagan
ehtiyojni
qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo’linishlarga olib kelgan bu ikki
yo’nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa, ularning hammasi tovarda
gavdalangan mehnatning ikki tomonlama tavsifini, undan kelib chiquvchi tovarning
ikki xil xususiyati (nafliligi va qiymati)ni tushunmaslikdan,
uni bilishga bir
tomonlama yondashuvdan kelib chiqqanligi ma’lum bo’ladi (4.2-chizmaga qarang).
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bergan inson mashhur
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mehnat
nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga ega emas, deb
hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo’li bilan aniqlik
kiritishga harakat qildi. Qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir
tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko’rdi. A.Marshall
keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda
ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog’lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo’shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish)
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning
qiymat va narxning bir
negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinishlari xususan
A.Marshall ishlari bilan bog’liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona
manbai, narxning yagona asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona
manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik
iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda qo’shilgan
miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx
ham talab (qo’shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish
xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall
fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo’shilgan miqdor
nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib,