88
boshqalar. Ekvivalent rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining
barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir metallar).
Chunki, ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida
vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha
tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan
qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
XIX asrning oxirida mamlakatlar
birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monometall
tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, YAponiyada 1897, Rossiyada
1898, AQSHda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning
oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi.
O’zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq
kumush va mis tangalar
muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda pul
islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-
1598) zarb etgan tangalar yetib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush)
zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin
tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda
yuqori – 958 bo’lgan
1
.
Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan
oltinga yuklatilish
sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
- sifat jihatdan bir xil o’lchamga keltirish mumkinligi;
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;
- bo’linuvchanligi va bo’lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;
- bo’linganda ham o’z
qiymatini saqlab qola olishi;
- tabiatda nisbatan kamyobligi;
- ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.
Shu xususiyatlarga ko’ra umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar
ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib,