O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

pul
bu hamma 
tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan, umumiy ekvivalent rolini 
o’ynovchi maxsus tovardir. 
Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan 
tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan pulga 
ajraladi: 
Tovarlar 
Tovarlar dunyosi 
Pullar 
Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko’rib chiqish 
maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning metallistik, nominalisitik va 
miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin. 
1
Chjеn V.A Pul va moliya bozorlari. T.: 1996. 25-26-bеtlar. 


89 
Pulning kelib chiqishi va muomalada bo’lishi metall pullar bilan bog’liq 
bo’lganligi sababli dastlab pulning metallistik nazariyasi vujudga kelgan. Uning asosiy 
mohiyati pulni nodir metallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon 
bo’lgan. 
Pulning metallistik nazariyasining rivojlanishida merkantilistik maktab 
namoyandalarining qarashlari muhim o’rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin 
va kumushning tabiiy xossalarida deb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar. 
Biroq, pulni nodir metallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi 
roliga noto’g’ri baho berish hamda pul fetishizmining rivojlanishiga olib keldi. 
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari metallistik nazariyaga qarshi chiqib
pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o’zini inkor etadilar. 
Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir metallar bilan 
aloqadorligini rad qiladilar. 
Nominalistik nazariya tarafdorlarining qarashlari o’rta asrlarda to’la qiymatga 
ega bo’lmagan metall tangalarning muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo’ldi. Ba’zi 
bir namoyandalar pullar – davlat hokimiyatining mahsuli, shunga ko’ra faqat 
davlatgina pullarning qiymatini belgilashi mumkin, degan fikrlarni ilgari surdilar. XX 
asrning boshlarida, oltin standartning tan olinmasligi, uning bekor qilinishi bilan, 
nominalistik nazariya yanada rivojlandi. 
Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari 
darajasi hamda pullarning qiymati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni izohlashga 
asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va 
pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o’zgarishining dastlabki sababidir, degan 
qoidadan iborat.
Pulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning quyidagi 

Download 8,58 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish