to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to’lov muddati kelgandan keyingina
to’laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz
berilganda, renta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini bajaradi.
Qog’oz pullar, veksel va banknotlar – pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan
kelib chiqqan.
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni va
tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz pulning
tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning
likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret pul, ya’ni qonun tomonidan
mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar
21
.
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar
ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini
tushunmaydilar. Bizning nazarimizda pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha
tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U
boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar
sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka,
ya’ni iste’mol qiymatiga ega. Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida
boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To’la qimmatli pullardan o’z
qiymatiga ega bo’lmagan pul belgilarini qo’llashga o’tish hamda naqd pulsiz hisob-
kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz pul oddiy tovarlarga xos bo’lgan
xususiyatlar – qiymat va iste’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u maxsus tovar
21
Qaralsin: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina,
G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 163-b.; Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik./ Pod rеd.
A.G.Gryaznovoy, T.V.Chеchеlеvoy. – M.: Izdatеlstvo «Ekzamеn», 2004, 189-191-b.; Kurs ekonomichеskoy tеorii.
Uchеbnoе posobiе pod rеd. Chеpurina M.N., Kisеlеvoy ye.A. Kirov, izd-vo «ASA», 1995, 96-b.
91
sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni – qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab
qoladi.
Qog’oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati
bevosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega
bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi
22
(4.3-chizma).