40
ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda)
oliy ta’lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3
yillik ilmiy-
pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan
o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini
o‘tishga ruxsat beriladi.
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv (ma’ruza, amaliy (yakka), seminar va
laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Kafedraga
sohaning yetakchi mutaxassislari (akademiklar va professorlar)
jalb etilganda,
ushbu o‘quv soatlari hajmiga oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga muvofiq
o‘zgartirish kiritish mumkin.
Mutaxassislik kafedralarida BMI (DL) va MD taqrizchilariga va
opponentlariga ajratilgan soatlar kafedra soatbay fondiga kiritiladi.
Ishchi o‘quv rejada fanga ajratilgan talabalarning
mustaqil ish soatlari
professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalarining tashkiliy-uslubiy bo‘limida qayd
etilib, kafedra soat fondiga kiritilmaydi.
O‘quv yili davomida maqsadli malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilgan
o‘qituvchilarning bir oylik o‘quv yuklamasi o‘quv yili boshida kafedraning boshqa
a’zolariga taqsimlanadi.
Kafedra soat fondini to‘g‘ri
hisoblashga, professor-o‘qituvchilarning o‘quv
yuklamalari miqdorini, ularning faoliyat yo‘nalishi
va fan mazmuniga alohida
yondoshgan holda belgilashga kafedra mudirlari shaxsan javobgar hisoblanadi.