I BO‘LIM. PEDAGOGIK MAHORAT FANINING NAZARIY




Download 283.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.06.2022
Hajmi283.86 Kb.
#22640
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogik mahorat. Mavlonova
ШАХСИЙ РЕЖА KITOBCHA, истиқболли режа З.Бозоров, Informatika 7-sinf. 1-Mavzu axborot tushunchasi va bilish haqid, AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA, 7-sinf, Ta`lim muassasasi menejmenti Reja, Sinfdan tashqari o‘qish uchun mavzular bo‘yicha badiiy asarlar ro‘yxatini tuzish, TUG’ILISH DAVRI INQIROZI, 6277 403 5112000-Жисмоний маданият узбек 2021, “Bir million dasturchi”, 1-mavzu amaliy hemis, 8742dd91-7cd2-429e-adb3-a15c062acb18, 270dc967-8e4e-40e0-8914-aa118f3de539, kerio-control-userguide
 
I BO‘LIM. PEDAGOGIK MAHORAT FANINING NAZARIY 
ASOSLARI VA UNING O‘QITUVCHI FAOLIYATIDAGI 
AHAMIYATI. 
 
1-mavzu. O‘QITUVCHI ATAMASI, UNING SHAXSI, KASBI VA 
PEDAGOGIK FAOLIYATI 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi 
bo‘yicha o‘rtaga quyilayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvi 
shaxsiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ta’lim- 
tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadga erishish, o‘quvchilarning 
xilma- xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, 
mehnatkash, ishbilarmon, barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi 
zimmasiga yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi, O‘zbekistonning istiqboli 
ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoyiligiga, 
yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga 
bog‘liq. 
O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi 
o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina 
yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va 
tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlash-
tirilgan metodik g‘oyalar bayon etiladi, o‘quvchilarning yosh va 
individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, 
amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xil va murakkabdir. Pedagogik 
nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko‘p uchrab turadi. Bu esa 
o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak 
pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi. 
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy 
qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim 
shaxsiy sifatlar bo‘lishi kerak. 
Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo, sog‘lom bo‘lishi, 
so‘zlarni to‘g‘ri va yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq va asablari joyida 
bo‘lishi, boshqalar bilan muomalada o‘zini tuta olishi zarur. 
Shuningdek, o‘qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli 
borlik, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, 


6
tashkilotchilik, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy 
sifatlar mavjud bo‘lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash 
uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya beri 
shishi bilan shug‘ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan 
odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb 
tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar 
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega», - deyiladi 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda. O‘qituvchilik faoliyati inson shaxsini 
shakllantirishga qaratilgandir. O‘qituvchining barkamol insonni 
tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish 
vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. 
Har bir bola o‘z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda 
ularning anna shu o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o‘rganish 
nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy 
munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan 
foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlar 
uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O‘qituvchilik 
ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi. 
O‘qituvchilik 
ixtisosining 
xususiyatlari 
O
‘qituvchining 
psixologik- 
pedagogik 
tayyorgarligiga 
qoyiladigan talablar 
Мaxsus 
tayyorgarlikning 
hajmi va
mazmuni 
Ixtisosga oid uslubiy 
tayyorgarlikning 
mazmuni 


7

Download 283.86 Kb.
1   2   3   4




Download 283.86 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BO‘LIM. PEDAGOGIK MAHORAT FANINING NAZARIY

Download 283.86 Kb.
Pdf ko'rish