O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi




Download 0,62 Mb.
bet16/104
Sana07.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#113156
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org

Izolyatsion trubalar ichidan elektr o’tkazgichlarini o’tkazish

Qisman qattiq rezina trubalarni eng katta egish radiuslari


SHuning o’zi, bu ham qog’oz–metall trubalar
SHuning o’zi, plastmassa trubalar
Qutilar oraisdagi yo’l qo’yiladigan eng katta masofa:
trassaning to’g’ri qismlarida
bir marta bukilsa
ikki marta bukilsa
to’rt marta bukilsa

Hamma diametridan 10 marta ortiq


SHuning o’zi



Tashqi diametri–dan 10 marta ortiq
Tashqi diametri–dan 6 marta ortiq

SHuning o’zi


1000
700
500
300


Elektr o’tkazgichlardan turli xil truba kommukatsiyalarigacha bo’lgan masofa

Simlar bilan kesishadigan joylarda eng kichik masofa:


Qaynoq suyuqliklar harakatlanadigan truboprovodlar
Yonuvchi suyuqliklar harakatlanadigan truboprovodlar
Elektr o’tkazgichlarning truboprovodlar bilan eng kichik parallel joylashish masofasi:
yonuvchi suyuqliklar
boshqa suyuqliklar




10
5

25
10

Bunday qurilish konstruktsiyalari ishlatilganda rejalash ishlariga hojat qolmaydi; bu holda mavjud kanallar, tokchalar va o’yiqlarni loyihaga mosligini hamda ularning simlarni o’tkazish uchun va elektr jihozlarini montaj qilish uchun yaroqliligini tekshirish bilan chegaralaniladi.

Zamonaviy yirik sanoat va grajdanlik qurilishi obyektlarida elektr montaj ishlari, odatda industrial usullarda olib boriladi. Montaj qilish ning industrial usulining mohiyati shundaki, elektr qurilmalarining elementlari oldindan montaj zonasidan tashqarida (EMT ustaxonalaridagi ixtisoslashtirilgan korxonalarda) turli mexanizmlardan foydalangan holda texnologik liniyalarda tayyorlanadi, so’ngra montaj obhektiga uzil–kesil tayyor holda keltiriladi.
Elektr montaj ishlab chiqarishini industrlashtirish:
Elektr qurilmalari va elektr jihozlari elementlarining tanovorlarini, montaj obhektining qurib tayyorlanishiga bog’liq bo’lmagan holda tayyorlashga;
Yuqori ish unumiga ega bo’lgan kam va ko’p operatsiyali mexanizmlardan foydalanishga;
Tanovorlarni texnologik liniyalarda tayyorlashga;
Tanovorlar tayyorlash ishlarida qo’l mehnatini maksimal darajada qisqartirishga; Elektr montajchining ishlarini bajarish muddatini qisqartirish va sifatini oshirishga imkon beradi.Elektr tarmoqlari elementlarini industrial usulda tayyorlashda loyihaning ish chizmalarida montaj qilinadigan elektr jihozlarining va o’rnatilgan qurilish elektr tuzilishlarining qurilish orientirlari bo’yicha “bog’lanishi” ko’rsatiladi. Chizmalarga o’tkaziladigan elektr o’tkazgichlari va Kabelg’ liniyalari trassalarining o’lchamli sxemalari kiritiladi. Qurilish orientirlariga va elektr jihozlariga elektr tarmoqlari ham ”bog’lanishi” lozim, bunda chizmalar bo’yicha na faqat yo’nalishi va o’rnatilgan joyi, balki trassaning haqiqiy uzunligi va tarmoqlar qismlarining uzunligini ham aniqlash mumkin bo’ladi.
Texnik jihatdan murakkab bo’lgan elektr qurilmalarining loyihalarida, o’lchamli sxemalardan tash qari kabellar va truba tanavorlarini tayyorlash qaydnomasi va elektr tarmoqlari elementlarining texnik mahlumotlari ham tuzaladi.
1–rasm. Rejalash asboblari va moslamalari:

Agar loyihada kerakli mahlumotlar bo’lmasa, elektr tarmoqlari elementlarini industrial usulda tayyorlash ishlari trassani va elektr jihozlarini so’ng dastlabki o’lchov mahlumotlari bo’yicha bajarilishi mumkin.

O’lchash ishlarini maxsus xodimlar bajaradilar, bu ishlarini elektr montajchilar bilan birgalikda, rejalashda ishlatiladigan asbob va moslamalardan (1–rasm) foydalanib bajarishlari kerak. O’lchashlarda trassalar va elektr tarmoqlarini o’rnatiladigan elektr jihozlariga va taqsimlash qurilmalariga ilib kelish koordinatalari qurish konturlari, binoning o’qlari, toza pol belgisi va boshqa orientirlar bilan “bog’lab” aniqlanadi. Bunda qayrilish joylarida, egish burchaklarini to’g’ri rejalashga va elektr tarmoqlarini trassalarining boshqa fazoviy holatlariga, normallashtirilgan qayrilish burchaklari va egish radiuslarini nazarda tutgan holda, o’tishga alohida ehtibor beriladi (1–jadvalga qarang).

2–rasm. Elektr yoritish o’tkazgichlari o’lchash


eskizlarini tuzishga misollar
Trassani o’lchash mahlumotlari asosida o’lchovchilar quyidagilarni tuzadilar: tarmoqlarning murakkab qismlariga–tanavorlar eskizini; eskizlar talab qilinmaydigan tanavorlarga–tanavorlar qaydnomasini; shu qaydnomalar bo’yicha elektr montaj tanavorlarini ustaxonasida elektr tarmoqlarining zarur montaj elementlarini tayyorlaydilar.

Eskizlarda, tanavorlash qaydnomalarida va bularga qo’shib yuboriladigan texnik hujjatlarda shu elektr tarmog’ining mukammal tavsiflaydigan texnik mahlumotlar ko’rsatiladi. Eskizlarda elektr tarmog’ining elementlarini tasvirlash uchun shartli belgilardan foydalaniladi. Murakkab bo’lmagan trassalarning tanavorlari eskizlari tekisliklarda tasvirlanadi; murakkab trassalar eskizi fazoviy tasvirda tayyorlanadi. Montaj tashkilotlarida eskizlarni tuzish qulay bo’lishi uchun bosmaxonada bosilgan tekislikni yoki hajmiy masshtab to’rlari chizilgan maxsus blanklardan foydalaniladi. Elektr o’tkazgichlarning va trubalarning murakkab tarmoqlanishi o’lchov eskizlarini tuzish misoli 2 va 3–rasmlarda ko’rsatilgan.


Yoritish elektr qurilmalarining elektr o’lchagichlar o’lchash eskizlarida (2–rasm,a,b) ko’rsatiladi:
Sim va kabellarning markalari, kesimlari va tomirlari soni;
Tanavorlarning ayrim qismlarini va ulardan chiqadigan tarmoqlanishlarni biriktirish usullari (kavsharlab, payvandlab, presslab va h.k.);
Yoritgichlar, asboblar va apparatlarga ulash uchun sim hamda kabellarni tomirlari uchiga ishlov berish (pestik yoki halqa shaklida yoxud markalarini ko’rsatgan holda uchlik ko’rinishida) usullari;
fazalarni farqlash uchun shartli ranglarni hamda sim va kabellarning tomirlari uchlarini markalash;
elektr o’tkazgichda tarmoqlanadigan va tarmoqlash qutilari joylashgan joylarni belgilab, elektr o’tkazgichning umumiy uzunligi va ayrim chismlarining o’lchamlari;
yoritgichlarga va asboblarga boradigan tarmoqlar qismlarining uzunligi, shuningdek yoritgichlarni osish balandligi va turlari.
Trosli elektr o’tkazgichlarni o’lchashda va eskizlarini tuzishda v) yuk ko’taruvchi trosning yoki ingichka simning loyihada ko’rsatilgan markasi va diametri, sim va kabelarning markalilari hamda kesim yuzalari, yuk ko’taruvchi trosga o’tkazgichlarni mahkamlash usullari (shlitslarda, xomutlarda, tayanch tuzilmalarda va boshqalar) chekka anker troslarni, tortib turgichlar, osma troslar va tortib turgichlar orasidagi masofa, himoyalovchi yerga ulash qurilmasining tuzilishi va uni yerga ulash konturiga biriktirish qo’shimcha ravishda ko’rsatiladi.
O’lchov eskizlarida kabellarning o’lchangan bo’laklari (2–rasm, g), ularning loyihadagi markalari va kesimlari, uchlariga ishlov berish va muftalarning turlari, tomirlariga ishlov berish usullari hamda uchliklarning tiplari sxema bo’yicha qabul qilingan tomirlarning ranglari va Kabelg’ bo’laklarining markalanishi, har bir bo’lakning uzunligi, muftalar orasidagi masofa, uchlariga ishlov berish uzunligi va kabelarning bo’sh uchlari, tayanch tuzilmalarning turlari hamda ularda kabellarning mahkamlanish usullari ko’rsatiladi.
Elektrotexnik truba kommunikatsiyalarning o’lchov eskizlari trubali o’tkazgichlar uchun tipaviy loyiha al’bomlarida berilgan tuzilishlar bo’yicha tayyorlangan truba tanavorlarining tipaviy (standart) elementlari va detallarini ehtiborga olib tuziladi. Quyidagilar tipaviy tanavorlar va detallar hisoblanadi:
Trubalarning normalangan to’g’ri bo’laklari (10–600 sm); bukish radiuslari 400 va 800 mm bo’lgan normalangan burchaklarga (90, 105, 120, 135 va 150) bukilgan truba bo’laklari; truba tirsaklari, aylanib o’tadigan truba bo’laklari, utkalar; to’g’ri va bukilgan truba paketlari va bloklari; tanavorlarning turli tipaviy elementlari.
Tipaviy elementlar va truba tanavorlarining detallaridan foydalanilganda naryad–buyurtmani bajarish ko’rsatilgan o’lchov eskizlari bo’yicha zarur bo’lgan tipovoy elementlarni tanlash va komplektlashdan iborat bo’ladi.
Murakkab bo’lmagan kommunikatsiyalar va trubalarning tarmoqlanish uzellariga ilova qilinadigan eskizlari tuziladi, unda quyidagilar ko’rsatiladi:
Tanavorlar tayyorlanadigan trubalarning materiali va o’lchami;
Paket va bloklarning umumiy soni, shuningdek ularning har biridagi trubalar soni;
Tarmoqlangan va uzun qutilarning turlari, o’rnatilgan joylari va soni;
Trubalarni o’zaro va qutilarga tutashtirish (rez’bali muftalar bilan, payvandlash yo’li bilan va boshqa) usullari;
Trubalar, truba paketlar va bloklarning o’zaro joylashishi va yo’nalishi;
Qurilish konstruktsiyalarining temperatura choklari orqali o’tkazish usulari;
Trubalarning yerga ulanadigan joylari va ulash usullari;
Truba tanavorlarning qabul qilingan shartli ranglari va markalanishi.
Murakkab kommunikatsiyalar va trubalar tarmoqlanadigan joylar uchun fazoviy o’lchov eskizlari tuziladi a, b, v).

3–rasm. Murakkab truba tanavorlari uchun o’lchash ekskizlari tuzishga


misollar
Elektr o’tkazgichlar, Kabelg’ bo’laklari, truba kommunikatsiyalar tanavorlarining buyurtmasiga tanavorlar qaydnomasi ilova qilinadi, unda talab qilinadigan uzel va detallarni tayyorlash uchun kerakli mahlumotlardan tashqari ularni komplektlash, joylash va tashib keltirish usullari ham ko’rsatiladi.


Download 0,62 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi

Download 0,62 Mb.