Payvandlash transformator,termit patron,termit, po’lat xomut , sim bandaj, elektrod tutqich , ko’mir elektrod




Download 0,62 Mb.
bet83/104
Sana07.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#113156
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org

Payvandlash transformator,termit patron,termit, po’lat xomut , sim bandaj, elektrod tutqich , ko’mir elektrod






Tomirni vertikal vaziyatda qo’yib unga ajraladigan qolip 4 ning (1–rasm,a) (ko’mir yoki po’latdan ishlangan) ikkala qismi qizdiriladi va ular po’lat xomut 5 bilan yoki sim bandaj bilan mahkamlanadi. Qolipning yuqorigi chetlari tomirning payvandlanadigan qirqimi uchidan 1–2 mm chiqib turishi lozim; qolipning pastki qismiga 1–1,5 mm li asbest shnur o’raladi. Bevosita qolipning ostida, izolyatsiyadan tozalangan tomirda sovitgich 6 o’rnatiladi. Elektrod tutqich va sovitgichdan chiqqan simlarning uchi quvvati kamida 1,5 kVA bo’lgan payvandlash transformatoriga ulanadi va tomirning kesilgan uchiga flyus surtib payvandlashag kirishiladi. Buning uchun elektrod tutqich 2 da mahkamlangan ko’mir elektrod 3 tomir uchiga bosiladi va shanday holatda yaxshilab qizib suyuqlanishning dastlabki belgilari paydo bo’lguncha ushlab turiladi. Keyin elektrodni tomir kesimi uchida sekin harakatlantirib tomirning hamma tomirchalari suyultiriladi va hosil qilingan suyuqlanmaga flyus surtilgan qo’shilma 0 alyuminiy chiviq 1 botiriladi. Qo’shimcha suyuqlangandan keyin qo’shimcha chiviq qolipni oxirigacha to’ldiradi. Metall sovigandan so’ng tomirdan qolip va sovitgich olinadi, hosil bo’lgan payvandlangan tomirlarning yaxlit uchi po’lat cho’tka bilan shlak va flyus qoldiqlaridan tozalanadi. Biriktirish uchun shunday tayyorlangan tomirlar uchlariga flyus surtiladi va tomirlar kesimi yuzalarida uncha katta bo’lmagan oraliq qoldirib gorizontal holda o’rnatilgan tarnovsimon biriktirish va tarnovlash qolipiga yotqiziladi, keyin ingichka sim bilan qolip simlarga bog’lab qo’yiladi. Qolip 8 ning ikkila tomonida tomirlarning izolyatsiyadan tozalangan qismlarida, sovitgichlar o’rnatiladi va ular payvandlash transformatoriga ulanadi (1–rasm,b). Payvandlanadigan tomirlarning uchlariga elektrodni navbatma–navbat tekkizib, ular suyuqlantiriladi, so’ngra qolipga flyus surtilgan qo’shilma–chiviq kiritiladi va u ham suyuqlantiriladi, bunda alyuminiy suyuqlanmasi qolipning hammasi to’lguncha va qolip ustida balandligi 1–2 mm li sferik qabariq hosil bo’lguncha payvandlash davom ettiriladi. Qolip va sovitgichlar olinib payvandlangan qism egovlanadi va asfalg’t yoki gliftal laki surib izolyatsiyalanadi, so’ng izolyatsiya ustidan yana lak surtiladi. Simlarning ulanadigan tomirlarini payvandlash operatsiyasi tartibi 1–rasm, v da ko’rsatilgan.









Download 0,62 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Payvandlash transformator,termit patron,termit, po’lat xomut , sim bandaj, elektrod tutqich , ko’mir elektrod

Download 0,62 Mb.