6
O’zMU, O’rta Osiyo Gidrometeorologiya
ilmiy-tadqiqot
instituti,
V.L.SHults,.
M.N.Bolshakov
va
boshqalarning
ma‘lumotlariga ko’ra Orol dengizi havzasidagi umumiy yer usti suv
oqimining 52 foizi Tojikistonda, 25,1 foizi Qirg’izistonda, 9,6 foizi
O’zbekistonda, 1,2 foizi Turkmanistonda va 10 foizi Afg’oniston
hamda Eronda shakllanadi. Yuqoridagi ma‘lumotlardan ko’rinib
turibdiki, asosiy daryolar va irmoqlarning
suvlari transchegaraviy
ekan, ya‘ni ular bir necha mamlakatlarning chegaralaridan o’tadi va
ular tomonidan foydalaniladi.
Amudaryo – Markaziy Osiyoning eng yirik va sersuv daryosidir.
Uning uzunligi daryoning boshi Panj bilan birgalikda 2540 km ni
tashkil etadi. Panj ikkinchi irmoq Vaxsh daryosi bilan qo’shilgandan
keyin Amudaryo deb ataladi. O’rta qismda Amudaryoga uchta yirik
o’ng irmoqlar (Kofirnigon, Surxondaryo va Sheroboddaryo) va bitta
chap irmoq (Qunduz daryosi) quyiladi. Shundan keyin Orol
dengizigacha Amudaryo birorta ham irmoqga ega emas.
Tojikistonda shakllangan Amudaryo O’zbekiston va Afg’onistonning
chegarasi bo’ylab oqadi, so’ngra Turkmanistonni kesib o’tadi va
O’zbekiston hududida Orol dengiziga quyiladi.
Amudaryoning to’yinishi asosan
qor va muzliklarning erigan
suvlari hisobiga bo’lib, shunga ko’ra eng katta oqim yoz oylariga,
eng kichik oqim esa yanvar-fevral oylariga to’g’ri keladi. Kerkidan
Nukusgacha tekislik bo’yicha oqib o’tishi
jarayonida Amudaryo
suvining katta qismi shimilish (gruntga sizish), parlanish va yer
maydonlarini sug’orishga sarflanadi. Loyqaligi bo’yicha Amudaryo
Markaziy Osiyoda birinchi o’rinda turadi.
Sirdaryo – Markaziy Osiyodagi eng uzun daryo hisoblanadi.
Uning uzunligi daryoning bosh
manbai Norin daryosi bilan
birgalikda 3019 km ni tashkil etadi. Sirdaryoning manbai Markaziy
Tyanshan hisoblanadi, uning ikki irmog’i
Norin va Qoradaryo
qo’shiluvidan hosil bo’lgan o’zan Sirdaryo nomini oladi. To’yinishi -
muz va qor erishi hisobidan. Suv rejimi bahorgi-yozgi suv
ko’payishlari (toshqinlari) bilan tavsiflanadi. Sirdaryoning asosiy
oqimi Qirg’iziston
respublikasida shakllanadi, keyin O’zbekiston va
7
Tojikiston respublikalarini kesib o’tib, Qozog’iston hududida Orol
dengiziga quyiladi.