O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/48
Sana23.03.2022
Hajmi0.72 Mb.
#18855
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
Yer osti suvlari. Yer osti suvlari yer qobig’idagi suv 
o’tkazmaydigan birinchi qatlam ustida yig’iladigan sizot suvlari va 
keyingi suv o’tkazmaydigan qatlamlar orasidagi bosimli artezian 
suvlariga bo’linadi. Orol dengizi havzasidagi yer osti suvlarining 
qayta tiklanuvchi resurslari kelib chiqishiga ko’ra ikki guruhga 
bo’linadi: a) suv yig’iladigan hududlarda (asosan tog’larda) 
shakllanadigan; b) sug’oriladigan hududlarda suvning gruntga 
shimilishi hisobiga shakllanadigan. Havza bo’yicha yer osti 
suvlarining jami 339 ta manbasi qidirib topilgan va foydalanish 
uchun tasdiqlangan. Ularning umumiy mintaqaviy zahirasi 31,17 km
3
deb baholangan, shundan 12,7 km
3
Amudaryo havzasiga, 16,4 km
3
Sirdaryo havzasiga to’g’ri keladi. 
Yer osti suvlari zahiralarining ma‘lum qismi yer usti suvlari bilan 
kuchli bog’langan. Bu bog’liqlik yer osti suvlari haddan tashqari 
olina boshlansa, yer usti suvlarining kamayishi orqali namoyon 
bo’ladi. Yuqoridagi holatni inobatga olib, yer osti suvlaridan 
foydalanish uchun ruxsat etilgan hajm 13,1 km
3
miqdorida 
tayinlangan. 
Yer osti suv havzalarining kattagina qismi transchegaraviydir. 
Shu sababli ulardan foydalanish davlatlar o’rtasidagi hamkorlik 
shartnomalari va xalqaro litsenziyalash asosida olib borilishi lozim. 
 
1.3. Respublika suv resurslarini boshqarish tizimi 
Suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida 
1993 yil 6-mayda «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi 
O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunda 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining suvga doir 
munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari, suvdan 
foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi va 
nazorati, suvdan foydalanish ob‘ektlari va ularni foydalanishga 



berish shartlari, suv iste‘molchilari va suvdan foydalanuvchilarning 
huquqlari, burchlari atroflicha ko’rib chiqilgan. 
«Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonun moddalaridan 
kelib chiqgan holda aholi va xalq xo’jaligi tarmoqlarini suv bilan 
kafolatli ta‘minlash va undan tejamli hamda samarali foydalanish 
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 
y. 
3-avgustdagi 
385-sonli 
qarori 
bilan 

Download 0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish