O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/48
Sana23.03.2022
Hajmi0.72 Mb.
#18855
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
«O’zbekiston 
Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish 
bo’yicha vaqtinchalik tartib» amalga kiritildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo’jaligida 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning 
eng 
muhim 
yo’nalishlari 
to’g’risida»gi PF-3226 sonli Farmoni asosida Vazirlar Mahkamasining 
2003 yil 28 iyundagi «O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv 
xo’jaligi Vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish 
to’g’risida»gi 290 sonli qarori qabul qilinib, unga ko’ra Vazirlikka 
irrigatsiya tizimlarini havzalar bo’yicha boshqarish printsiplari 
asosida yer usti va yer osti suv resurslarining davlat boshqaruvini 
amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor 
tamoyillarini joriy etish vazifasi yuklatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 y. 21 
iyuldagi «Suv xo’jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish 
to’g’risida» gi 320-sonli qaroriga binoan O’zbekiston Respublikasi 
qishloq va suv xo’jaligi vazirligining mavjud suv xo’jaligi tizimi 
negizida qo’yidagi irrigatsiya tizimi havza boshqarmalari (ITHB) 
tashkil etildi: Norin-Qoradaryo ITHB; Norin-Sirdaryo ITHB; Sirdaryo-
So’x ITHB; Quyi Sirdaryo ITHB; Chirchiq-Ohangaron ITHB; Amu-
Surxon ITHB; Amu-Qashqadaryo ITHB; Amu-Buxoro ITHB; Quyi 
Amudaryo ITHB; Zarafshon ITHB, shuningdek birlashgan 
dispetcherlik markaziga ega bo’lgan Farg’ona vodiysi magistral 
kanallari tizimi boshqarmasi tashkil etildi. 
Irrigatsiya tizimlari Havza boshqarmalarining zimmasiga 
irrigatsiya tizimlari va suv xo’jaligi inshootlarini texnik ishonchliligini 
ta‘minlash, havza hududida suv resurslarini oqilona boshkarish 
hamda uni tezkorlini oshirish, suv iste‘molchilari bo’yicha suv 



resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va hisobotlarini ta‘minlash 
vazifalari yuklatildi. 
Yuqoridagi qarorga ko’ra Qashqadaryo viloyati uchun ham suv 
xo’jaligini boshqarishning tuzilmaviy sxemasi ishlab chiqildi. 
Respublika Suv xo’jaligi Vazirligining buyruq va tegishli ko’rsatmalari 
asosida «Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi» 
tarkibida «Qashqadaryo magistral tizimi boshqarmasi», «Qarshi 
magistral kanali irrigatsiya tizimi boshqarmasi», «Mirishkor 
irrigatsiya tizimi boshqarmasi», «Yakkabog’-G’uzor irrigatsiya tizimi 
boshqarmasi», «Oqsuv irrigatsiya tizimi boshqarmasi», «Zarafshon 
ITXB ga qarashli Eskianhor ITB», Amu-Qashqadaryo ITXB ga qarashli 
gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi, nasos stantsiyalari, 
energetika va aloqa boshqarmasi, Qarshi magistral kanalidan 
foydalanish boshqarmasi va Tallimarjon, Hisorak, Chimqurg’on 
hamda Pachkamar suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari 
tashkil etildi. 
Qashqadaryo viloyatida 500 ming gektarga yaqin yer 
maydonida dehqonchilik bilan shug’ullaniladi. Sug’oriladigan yer 
maydonlarini suv bilan ta‘minlash, energetika, sanoat, ichimlik va 
kommunal ehtiyojlar uchun talab etiladigan suvning 75 % nasos 
stantsiyalari kaskadi orqali Amudaryodan, 5% suv Zarafshon 
daryosidan, qolgan 20 % suv Qashqadaryo va boshqa suv 
o’zanlaridan olinadi.
Amudaryo suvi Qarshi bosh kanali va Mirishkor kanallari orqali 
iste‘molchilarga yetkaziladi. Qarshi bosh kanalining ishchi qismi 
Tallimarjon suv omboridan boshlanadi. Mirishkor kanali o’z suvini 
Qarshi bosh kanali bosh qismidagi 4- nasos stantsiyasidan keyin 
oladi. 
Iste‘molchilarga suv berishda bundan tashqari Qashqadaryo, 
Tanxozdaryo, Jinnidaryo, Oqsuvdaryo va ko’plab kichik soylardan 
ham foydalaniladi. 
Sug’orish mavsumida yer maydonlarini kafolatli suv bilan 
ta‘minlash uchun Qashqadaryo viloyatida 13 ta suv ombori barpo 
etilgan. Suv bilan ta‘minlashda shuningdek 54 ta doimiy nasos 


10 
stantsiyalari, 24 ming km dan ziyod uzunlikdagi sug’orish tarmoqlari 
(kanallar), 2828 ta gidrotexnika inshootlari xizmat qiladi. 
Qashqadaryo viloyati sug’oriladigan yer maydonlarida 3063 ta 
kuzatuv quduqlari mavjud. Ular yordamida sizot suvlarining sathi va 
sho’rlanish darajasi haqidagi ma‘lumotlar olinadi. Viloyat irrigatsiya 
tizimlari havza boshqarmasi bo’yicha barcha suv o’lchash o’zanlari 
va postlari kerakli jihozlar va qurilmalar bilan ta‘minlangan. 
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda xo’jaliklardagi suvga 
bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqilib, suvdan foydalanish rejalari ishlab 
chiqiladi. Bu rejalar «Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza 
boshqarmasida umumlashtirilib, respublika qishloq va suv xo’jaligi 
Vazirligiga taqdim etiladi. 

Download 0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish