2. GIDROTЕXNIKA VA GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI HAQIDA




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/48
Sana23.03.2022
Hajmi0.72 Mb.
#18855
TuriСборник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
2-ma’ruza Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, d-azkurs.org
 


14 
2. GIDROTЕXNIKA VA GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI HAQIDA 
UMUMIY MA‘LUMOTLAR 
 
2.1. Gidrotexnika va gidrotexnika inshootlari tushunchasi 
 
Gidrotexnika deganda maxsus inshootlar, jihozlar va 
qurilmalar yordamida suv resurslaridan foydalanish va suvning 
zararli ta‘sirlariga qarshi kurashishni o’rganish bilan shug’ullanuvchi 
fan va texnikaning tarmog’i tushuniladi. 
Suv ta‘sirida bo’lgan va xalq xo’jaligining suvni boshqarish bilan 
bog’liq talab va ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan 
injenerlik inshootlariga gidrotexnika inshootlari deb ataladi. Ular 
yordamida qishloq xo’jaligi, sanoat, energetika, baliqchilik, suv 
transporti, kommunal xo’jalik va boshqa sohalarning suv bilan 
bog’liq faoliyatlari ta‘minlanadi. 
Yerlarni sug’orish va zax qochirish bilan bog’liq bo’lgan 
tadbirlarni amalga oshirish uchun quriladigan inshootlar meliorativ 
inshootlar deyiladi. Ular ikki guruhga: tabiiy suv o’zanlari (daryolar, 
soylar, jilg’alar) va sun‘iy suv o’zanlari (kanallar, zovurlar) 
inshootlariga bo’linadi.
Vazifasiga ko’ra gidrotexnika inshootlari suvni dimlovchi, suv 
o’tkazuvchi (eltuvchi), suv oluvchi, suv chiqazuvchi va har xil 
balandlikdan o’tuvchi oqimlarni yoki b‘eflarni tutashtiruvchi va 
boshqa turlarga bo’linadi.
Daryo va soylar o’zanlari yoki ulardan tashqarida quriladigan 
to’g’onlar, kanallardagi to’suvchi inshootlar suvni dimlash vazifasini 
bajaradi.
Sug’orish va zax qochirish tarmoqlaridagi kanallar, akveduklar, 
dyukerlar, tunellar, novlar va quvurli inshootlar suv o’tkazuvchilar 
turiga kiradi.
Suv oluvchi inshootlar asosan daryolarda quriladi. Ular to’g’onli 
yoki to’g’onsiz bo’lishlari mumkin.


15 
Suv omborlari yoki kanallardagi ortiqcha suvni chiqarib 
tashlash vazifasini bajarish uchun suv tashlovchi inshootlardan 
foydalaniladi.
Iste‘molchiga kerakli miqdordagi (sarfdagi) suvni olib berish 
uchun suv omborlari va kanallarda suv chiqarish inshootlari quriladi.
Har xil sathdagi b‘eflarni tutashtiruvchi inshootlar sharsharaklar 
va tezoqarlar shaklida barpo etiladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan asosiy turlardan tashqari, 
shuningdek, tindirgichlar, loyqa yuvgichlar, suv o’lchovchilar va 
shunga o’xshash maxsus vazifalarni bajaruvchi gidrotexnika 
inshootlari ham qurilishi mumkin.

Download 0.72 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  2. GIDROTЕXNIKA VA GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI HAQIDA

Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish