Dasturning informasion uslubiy ta’minoti




Download 495.79 Kb.
bet10/30
Sana12.07.2023
Hajmi495.79 Kb.
#76637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
Dasturning informasion uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash nazarda tutilgan:
- Ijtimoiyfarovonliknazariyalarinimavzular zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentasiya va elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalanilgan holda o’tkaziladi;
- hozirgi zamon jamiyatida tadqiqotlarda inson omilini qo’yilishi va inson ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan masalalarni yechishga bag’ishlangan amaliy mashg’ulotlarda aqliy xujum, guruhli fikrlash, “ish o’yini” va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi;
“Ijtimoiyfarovonliknazariyalari” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.
“Ijtimoiyfarovonliknazariyalari” fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, tyest va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat (YaN) – semyestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.
ON o’tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o’tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o’tkazish jarayoni muntazam ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o’tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
«Ijtimoiyfarovonliknazariyalari» fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
YA.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-35 ball va O.N.-35 ball qilib taqsimlanadi.



Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

86-100

A’lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib byerish. Tasavvurga ega bo’lish.

71-85

Yaxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib byerish. Tasavvurga ega bo’lish.

55-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish
Tasavvurga ega bo’lish.

0-54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo’lmaslik. Bilmaslik.

Fan bo’yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo’lgan o’zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.
Talabalarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tyegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
Talabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: , 100OVR=-------- bu yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);
O’ -fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy JN va oraliq ON turlari bo’yicha 55bal va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.
JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda JN va ON turlari bo’yicha to’plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo’lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o’quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.
Talabalar ON dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari



Ko’rsatkichlar

ON ballari

maks

1-ON

1

Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma’ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va to’liqligi.

15

0-7

0-8

2

Talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida va sifatli bajarishi va o’zlashtirish.

10

0-5

0-5

3

Og’zaki savol-javoblar, kollokvium va boshqa nazorat turlari natijalari bo’yicha

10

0-5

0-5

Jami ON ballari

35

0-17

0-18

Talabalar JN dan to’playdigan ballarning namunaviy mezonlari



Ko’rsatkichlar

JN ballari

MAKS

1-JN

1

Darslarga qatnashganlik va o’zlashtirishi darajasi. Amaliy mashg’ulotlardagi faolligi, amaliy mashg’ulot daftarlarining yuritilishi va holati

15

0-7

0-8

2

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi. Mavzular bo’yicha uy vazifalarini bajarilish va o’zlashtirishi darajasi.

10

0-5

0-5

3

Yozma nazorat ishi yoki tyest savollariga byerilgan javoblar

10

0-5

0-5




Jami JN ballari










35




17

18

Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida byelgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat 30 ballik “Yozma ish” variantlari asosida o’tkaziladi.


Agar yakuniy nazorat markazlashgan tyest asosida tashkil etilgan bo’lib fan bo’yicha yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida byelgilangan bo’lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi



Ko’rsatkichlar

YAN ballar







Maks

O’zgarishlar

1

Fan bo’yicha yakuniy yozma ish nazorati

6

0-6

2

Fan bo’yicha yakuniy test nazorati

24

0-24




Jami

30

30

Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash myezoni
Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko’p variantli usulda o’tkaziladi. Har bir variant 5 ta nazariy savoldan iborat. Nazariy savollar fan bo’yicha tayanch so’z va iboralar asosida tuzilgan bo’lib, fanning barcha mavzularini o’z ichiga qamrab olgan.
Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 0-6 ball oralig’ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to’plashi mumkin.
Yozma sinov bo’yicha umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo’yilgan o’zlashtirish ballari qo’shiladi va yig’indi talabaning yakuniy nazorat bo’yicha o’zlashtirish bali hisoblanadi.


  1. Download 495.79 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Download 495.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturning informasion uslubiy ta’minoti

Download 495.79 Kb.