• 1-mavzu: «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” kursining predmeti, vazifalari va uslublari 1.1. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan kuchli
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti




    Download 495.79 Kb.
    bet12/30
    Sana12.07.2023
    Hajmi495.79 Kb.
    #76637
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
    Bog'liq
    848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
    Internet manbalari:
    www.lex.uz
    www.gov.uz
    www.press.uz
    www.ziyonet.uz
    www.social work.uz
    http://www.amazon.com/book/
    http://www.columbia.edu/cu/ssw/field/index.html
    http://www.oxfordbibliographies.com/
    social.work.library@umich.edu.
    www.ifsw.org


    1-mavzu: «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” kursining predmeti, vazifalari va uslublari
    1.1. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan kuchli
    ijtimoiy himoya siyosati va uning mohiyati
    Insoniyat qadimiy tarixi, ijtimoiy himoya va o’zaro ijtimoiy yordam o’sha moziyning qabila – urug’chilik aloqalariga asoslanuvchi ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq ijtimoiy o’zaro ko’mak ko’rsatish, qariyalar, bolalar, nogironlar haqida g’amho’rlik ko’rsatish axloqiy qadriyat sifatida shakllangani va irvojlanib borganligidan dalolat beradi.
    Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi formasiyalarida ijtimoiy himoya g’oyalari diniy ta’limotlar va aqidalar tarzida o’z ifodasini topdi hamda asosan diniy qadriyatlar sifatida amalga oshirilib kelindi. Ammo, shu bilan birga o’zaro ijtimoiy ko’mak ko’rmatish axloqiy tafakkurning muhim elementi sifatida xalq ongida ham chuqur joylashgan.
    Markaziy osiyo mamlakatlarida mehr-muruvvat g’oyalarini takomillashib borishi va ro’yobga chiqarilishiga islom dini, uning umuminsoniy ta’limotlari juda katta hissa qo’shib kelmoqda.
    Mehr-muruvvat va sahovat g’oyalari, muhtoj va nogironlarga mehr-shafqat ko’rsatish eng asosiy insoniy burchlardan ekanligi dunyo dinlaridan bo’lmish xristianlik, iudizm, musulmon dini, buddizm dinlarining bosh g’oyalari, asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini tashkil etadi.
    Amir Temur davlati davrida ham beva-bechoralar, gadolar, mayib-majruhlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlariga katta ahamiyat berib kelingan. Bunda ijtimoiy himoya g’oyasining asosida islom dini ta’limoti, uning taomillari va qoidalari yotadi.
    Temur imperiyasi tarqalib ketganidan keyingi xonliklar davrda ham beva-bechoralarga g’amho’rlik qilish milliy va diniy an’ana, axloqiy qadriyat sifatida xalqimiz urf-odati, kundalik turmushida chuqur saqlanib keldi. Bu davrlarda davlat ijtimoiy himoyasi asosan davlat amaldorlariga, harbiylar va ularning oila a’zolariga nisbatan amalga oshirilar edi. Tarixiy manbalarda madrasa, masjidlarga, shifoxonalarga vaqf yerlari ajratilgani, ular soliqlar va yig’imlardan holi qilingani, madrasa toliblarini moddiy qo’llab-quvvatlash uchun davlat mablag’lari sarflangani, ularga homiylik qilish yaxshi darajada yo’lga qo’yilgani haqida ko’plab ma’lumotlar mavjud. Ulug’ mutafakkir shoir hazrati Alisher Navoiyning o’z mablag’larini ilm-fan, adabiyot va san’at ahlini qo’llab-quvvatlashga, ko’priklar, karvonsaroylar qurish, suv chiqarish va obodonchilikni yo’lga quyish yo’lida sarf-xarajat qilganlari, himmat va samimiyatning mislsiz namunasi sifatida tarixiy bitiklarda yozib qoldirilgan.
    Bugun mehr-oqibat, bag’rikenglik, bechoralarga himmat ko’rsatish haqida, bu sohadagi milliy-tarixiy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni qayta tiklash haqida so’z yuritilar ekan, eng avvalo xalqimizning sog’lom ma’naviy ruhini uyg’otish, o’zligiga qaytarish haqida qayg’urgan bo’lamiz. Yuksak insoniy fazilatlar, insonparvarlikni g’arbdangina emas, balki o’zimizning o’tmishimizdan, boy ma’naviy-axloqiy xazinamizdan, ajdodlarimizning savob ishlar qilish bo’yicha bitmas-tuganmas boy tajribasidan ham o’rganish lozim va hatto shartdir. Chunki, ular o’zimizniki bo’lgani sababli beminnatdir.
    O’zbek xalqining millat sifatida shakllanishida ana shu bag’rikenglik, o’zaro sabru-toqatlilik, hamjihatlik, bamaslahat ish qilishga intilish, beva-bechoralarga ko’mak berish xislatlari asosiy omil bo’lib xizmat qildi. O’zaro ijtimoiy yordam, ijtimoiy himoya O’zbekiston sharoitida yangilik bo’lmasdan, ming yillar davomida shakllangan hamda davom etib kelayotgan milliy-tarixiy qadriyatlarimizning ajralmas qismidan iborat.
    Ijtimoiy himoyaning tarixiy, ma’naviy jihatlari ibrat, namuna sifatidagi emas, balki yoshlarimizni vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash, ular ma’naviyatiga insoniylik hislatlarini singdirish uchun ham juda zarurdir.
    Prezident I.A.Karimov shakllanib kelayotgan ijtimoiy himoya tizimlari haqida so’z yuritib, ta’kidlagan ediki: “Biz ijtimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish tizimidan qat’iyan voz kechib, Sharqda necha ming yillar davomida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq keladigan o’z yo’limizni tanlab oldik. Bunda biz nafaqat o’z tarixiy tajribalarimizga, shu bilan birgalikda jahon tarixiga ham tayanishga harakat qildik”.
    XVIII asrda sodir bo’lgan sanoat inqilobi natijasida Yevropa qiyofasi tubdan o’zgardi, Shimoliy Amerika taraqqiyotida jiddiy burilish yuz berdi. Kapitalistik ukladning tarkib topishi natijasida bir tomonda xaddan tashqari boylar, ikkinchi tomonda esa qashshoq kambag’allar bo’lgan, juda ham qutblashgan jamiyat yuzaga keldi. Bu hol qator muammolarni yuzaga keltirdi. Kambag’allik va qashshoqlik boylar manfaatiga, davlat hamda jamiyat barqarorligiga jiddiy havf tug’dira boshladi.
    Kapitalistik tartibotlar o’rnatilguniga qadar kambag’allarga yordam berish, ular ahvolini yengillashtirish har kimning xususiy ishi sifatida qaralar, davlat tomonidan izchil ravishda ularni ijtimoiy himoya qilish kun tartibida turmas edi. Bu vazifa odatda diniy muassasalar, o’rta asr sexchilikgil’diyalari, ayrim homiy shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida xususiy tartibda amalga oshirilib kelinardi.
    Sanoat inqilobi yuz bergandan keyin kambag’allik global muammoga aylandi va bu muammoning hal etilishi davlat hamda jamiyat hayotining ko’pgina sohalariga ta’sir qiluvchi kuchli omilga aylandi. Shu tufayli ayrim mamlakatlarda kambag’allik to’g’risidagi qonunlar qabul qilina boshlandi. Jamiyat bular haqida qayg’urishi lozimligi anglab yetildi va ushbu yo’nalishdagi ishlarni uyushgan, tashkiliy holda amalga oshirish chora-tadbirlari ko’rildi. Ushbu choralar kambag’allik muammosini butunlay hal etishga emas, balki u bilan bog’liq muammolarni yumshatish, ijtimoiy portlashlar yuz berishini oldini olishga qaratilgan edi. Shu sababli kambag’al jamiyat yordamidan umid qila olishi uchun bor-budidan ayrilgan, chorasiz holga tushgan bo’lishi lozim edi va bunday shaxslarga yordam ko’rsatish chog’ida ular kamsitilar, haqoratlanar edilar, ya’ni ular jamiyatning past nazari ostida bo’lar edilar.
    Industrializasiyaning yuqori sur’atlari, bir tomondan va o’rta asrlarda hukm surgan natural xo’jalikdan uzoqlashish, ikkinchi tomondan ijtimoiy himoyaning yangi shakllari vujudga keltirilishini talab qila boshladi.
    Industrializasiyaning jadal rivojlanishi kundalik turmushi, o’zining va oila a’zolarining hayot-mamoti ish haqining muntazam va o’z vaqtida to’lanishiga bog’liq bo’lgan ishchilar sinfini vujudga keltirdi. Ishsiz qolishi, kasallikka chalinishi, jarohat olishi natijasida ish haqidan mahrum bo’lishlari ularning qiqa muddatda qashshoqlarga aylanib qolishiga sabab bo’lar edi. Bunday holat birinchidan, ishchilarning o’z ahvollarini yaxshilanishi uchun birlashgan holda kurash olib borishlariga, ikkinchi tomondan esa tegishli hukumatlarni ular ahvolini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rishga, ish beruvchilar zimmasiga bu sohada qo’shimcha majburiyatlar yuklovchi qonun hujjatlari qabul qilinishiga sabab bo’ldi.
    Muayyan darajada ishchilarni xatarlardan himoya qilish tadbirlari ko’rilishiga, ishlar va ular oila a’zolari og’ir moddiy ahvolga tushib qolishlarining oldini olish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga yuqoridagi omillar turtki bo’ldi. Hukumatning qo’llab-quvvatlashi ostida ishchilarning o’z mablag’lari, keyinroq esa ish beruvchilar majburiy ravishda ajratishi lozim bo’lgan mablag’larni bank muassasalarida to’plash, ishsiz va daromadsiz, tirikchilik manbaisiz qolgan ishchilarga ushbu mablag’lar hisobidan moddiy yordam ko’rsatish yo’lga qo’yila boshlandi. Ushbu voqyelik va ijtimoiy munosabatlar “ijtimoiy ta’minot”, “ijtimoiy sug’urta”, “ijtimoiy yordam” kabi tushunchalar bilan ta’riflana boshlandi.
    “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasi turli mamlakatlarda turlicha keng yoki torroq talqin qilinishiga qaramasdan hamma joyda u ijtimoiy silkinishlar, ishning to’xtab qolishi, kasalliklar, jarohatlanishlar, nogironlik, homiladorlik va bola tug’ish, qarilik, vafot etish, ishsiz qolish oqibatida moddiy ta’minotida qiyinchilik yuz bergan shaxslar (oilalar) ga jamiyat tomonidan moddiy yordam ko’rsatilishi, tibbiy xizmat qilish, imtiyoz va yenglliklar berish orqali ijtimoiy himoyalash tadbirlari sifatida tushuniladi.
    “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasi ilk bora AQShning 1935 yilgi “Ijtimoiy ta’minot to’g’risda”gi qonunida qo’llanilgan. Xalqaro Mehnat Tashkiloti ushbu atamadan keng foydalana boshladi va uni o’z Konvensiyalari va Tavsiyalarida keng qo’llay boshladi.
    Ikkinchi jahon urushi tamom bo’lganidan keyin jahon miqyosida gumanitar faoliyat avj oldi va inson huquqlari, ularning kafolatlanishi hamda ta’minlanishi masalalariga global miqyosda e’tibor kuchaydi. Bunda BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, boshqa qator insonparvarlik tashkilotlari ishning faollashganligi muhim rol’ o’ynay boshladi. Inson huquqlari va erkinliklarining jahon standartlari ishlab chiqilishi hamda ularning BMT “Huquqlar haqidagi Bill”ida mustahkamlanishi ijtimoiy ta’minot sohasidagi huquqlarni ham rivojlanishiga olib keldi. Bularning barchasi ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha xalqaro hamda ayrim davlatlar milliy dasturlari ishlab chiqilishi va ro’yobga chiqarilishiga sabab bo’ldi.
    “Ijtimoiy ta’minot” tushunchasi mazmuni jihatidan keskin boydir va endi u ijtimoiy xatarli vaziyatga tushib qolgan fuqaro yoki oilaga pul shaklida moddiy madad ko’rsatishnigina emas, balki boshqa ko’plab masalalarni o’z ichiga qamrab oldi.
    O’zbekiston Respublikasi BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti va boshqa qator xalqaro tashkilotlar a’zosi sifatida inson huquqlarini ta’minlash, muhtoj fuqarolarga minimal ijtimoiy yordamlar berish yuzasidan xalqaro standartlar talablarini bajarish yuzasidan o’z majburiyatlarini bajarishga intilib kelmoqda.
    O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlari tomon tobora jadal rivojlanib borar ekan, o’z oldiga buyuk kelajak barpo etishdek oliyjanob hamda yuksak vazifani qo’ygan. Insonlarning to’q-farovon, tinch-osoyishta va baxtli yashashlari ushbu buyuk kelajak jamiyatining asosiy xususiyatlaridandir.
    Bugungi o’tish davrida, ushbu buyuk kelajak sari ravon rivojlanish chog’ida ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’min etish, bozor munosabatlari qiyinchiliklar yukining odamlar zimmasiga to’laligicha tushishiga yo’l qo’ymaslik dolzarb vazifalardan sanaladi. Ana shunday barqarorlik shartlaridan biri – aholining ijtimoiy ta’minoti amalga oshirilishi va muhtoj qatlamlarni ijtimoiy himoyalash jarayonida adolat tamoyilini to’g’ri belgilash va ularga to’liq amal qilinishini ta’minlay bilishdan iborat.
    Tabiatan tanti va mehr-oqibatli o’zbek xalqi bozor munosabatlariga o’tishni ta’minlovchi o’z milliy modelini ishlab chiqar ekan, unda nochor va muhtojlarni yetarli muhofaza etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni nazarda tutdi. Zeroki, Prezident I.A.Karimov o’zining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlaganidek: “Oldimizda turgan barcha muammo va vazifalarni yechishda “Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, inson manfaatini ta’minlash uchun” degan teran ma’noli fikrni aslo unutmasligimiz kerak”.
    Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida, dastlabki davrlarida butun aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yo’lidan borilgan bo’lsa, keyinchalik, fuqarolar bozor talablari va sharoitlariga birmuncha moslashib olganlaridan so’ng barcha aholini emas, balki, obektiv holatiga ko’ra ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalarnigina ijtimoiy himoyalashga o’tildi.Bu taraqqiyotimiz dinamikasidan kelib chiqadi. Respublikaiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Biz bozor munosabatlariga yaqinlashgan sayin ijtimoiy siyosatning ustuvor yo’nalishlari, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilish choralari hamda vositalari o’zgarib borishi kerak, degan muhim saboq chiqarib oldik. Islohotlar boshlang’ich bosqichining har bir aniq davriga moslab ijtimoiy himoyaga oid tadbirlarning tegishli tizimi ham yartildi. Boshqacha aytganda, ijtimoiy ko’nikish chora tadbirlarining o’zgarib borayotgan iqtisodiy sharoitlarga moslashtirishning o’ziga xos vositasi yaratildi”.
    O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga tomon asta-sekin, tadrijiy rivojlanish yo’li bilan borar ekan aholini himoyalash obektiv zarurat sifatida namoyon bo’ladi. Chunki, buning tabiiy sabablari mavjud bo’lib, bular jumlasiga quyidagilarni kiritish lozim:
    a) O’zbekistonda tarkib topgan o’ziga xos demografik vaziyat. Aholi sonining nisbatan tez sur’at bilan ko’payib borayotganligi va har yili mehnat bozoriga 700-750 ming atrofida yangi ishchi kuchlari qo’shilayotganligi;
    b) aholi demografik tarkibining o’ziga xosligi va bunda 15 yoshga to’lmagan bolalar hamda pensiya yoshidagi fuqarolar aholining yarmidan ko’p qismini tashkil etishi;
    v) qishloq va shahar o’rtasida aholi sonining notekis joylashganligi va uning 50 foizidan ortig’i qishloq joylarda istiqomat qilishi. Ish kuchlari asosan qishloq joylarida bo’lgani holda ish joylarining asosiy qismi shaharda ekanligi;
    g) boshqa obektiv va subektiv sabablar.
    Yuqorida keltirilgan obektiv sababalarga ko’ra hamda fuqarolarimizda bozor ko’nikmalari yo’qligi, o’zini o’zi yetarli darajada himoya qila olmasliklarini e’tiborga olib bozor munosabatlariga o’tishning dastlabki yillarida barcha aholi tabaqalariga tovon puli to’lash, narxlarni eng past darajada saqlab turish, natural yordamlar ko’rsatish yo’li bilan yalpisiga ijtimoiy himoyalash amalga oshirilgan bo’lsa, XX asrning 90-yillari o’rtalaridan boshlab yalpisiga ijtimoiy himoyalash siyosati o’rniga tanlab-tanlab va haqiqatan ham yordamga muhtoj bo’lgan ijtimoiy zaif fuqarolarni ijtimoiy himoyalash tadbirlari amalga oshirildi. Bunda qariyalar, nogironlar, ko’p bolali va kam ta’minlangan fuqarolar asosiy diqqat markazda bo’ldi
    Ijtimoiy himoya siyosatidagi bunday jiddiy burilish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida o’z ifodasini topdi..
    “Homiylar va shifokorlar yili”, “ Ijtimoiy himoya yili”, “Yoshlar yili” Davlat dasturlarining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi ijtimoiy himoya sohasida yangi tendensiya hamda yo’nalishni aks ettirdi.
    Ushbu dasturlar mazmun-mohiyati shundan iboratki, ularga ko’ra ijtimoiy himoya faoliyatiga nodavlat subektlari hamda nodavlat mablag’lari keng jalb etish yo’li tutila boshlandi.
    O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoyaning huquqiy bazasi bugungi kunda asta-sekin shakllanib kelmoqda va bunda inson huquqlariga oid xalqaro huquqiy normalar hamda standartlar ijtimoiy himoya milliy huquq tizimi shakllanishida e’tiborga olinmoqda.
    Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimovning ta’kidlashicha: “Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hyech bir davlat organi, hyech bir xo’jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hyech bir mansabdor shaxs, hyech bir kishi bo’ysunish majburiyatidan holos bo’lishi mumikn emas. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatidir”.
    Aholini ijtimoiy himoyalash chog’ida belgilangan tamoyillar inson huquqlarini kafolatlash va himoya qilishga xizmat qiluvchi g’oyalardan iboratdir. Ijtimoiy himoyalash tamoyillarining buzilishi tufayli turli qonunbuzarliklar sodir etilishiga yo’l ochiladi.
    Bozor munosabatlariga o’tish - obektiv qiyinchiliklar, aholi muayyan qatlamlari ijtimoiy - iqtisodiy ahvolining og’irlashuvi bilan bog’liq bo’lib, “...jamiyatni sifat jihatidan yangi holatga o’tishida bizga islohotlar chog’ida odamlar moddiy ahvolini keskin yomonlashtiradigan, axloqiy qadriyatlar, ma’naviy tayanchlar barbod bo’ladigan, o’tish davrining barcha qiyinchiliklari aholi yelkasiga tushadigan andoza maqbul emas”.
    Ushbu qoidalarga tayanilgani holda O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish milliy modeli ishlab chiqilar ekan va uning asosiy tamoyillari belgilanar ekan, muhtoj aholini ijtimoiy jihatdan kuchli himoya qilish ustuvor vazifa sifatida nazarda tutildi.
    Yurtimizda ijtimoiy - iqtisodiy islohotlar amalga oshirilar ekan, ushbu islohot jarayonlarining huquqiy asoslarini yaratish va mustahkamlash davlat hamda jamiyat oldida eng muhim vazifa hisoblanib keldi va ana shunday bo’lib qolmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov qayd etganlaridek: “...yeng avvalo Qonunchilik faoliyatimizdagi kamchiliklarni tanqidiy baholab, bartaraf etish, qonunlarimizning mukammal va izchil bo’lishiga etishmog’imiz va eng muhimi barcha huquqiy davlatlar qatorida qonun asosida yashashni o’rganishimiz lozim. Shu bilan birga, Qonunchilik va me’yoriy asoslarni shakllantirish, jamiyatni o’zgartirish va isloh qilish jarayonidan oldinroq yurish kerak”.
    Aholini ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish, bunda xalqaro andozalar, rivojlangan mamlakatlarning ilg’or tajribasi, xorijiy Qonunchilik amaliyotidagi ijobiy jihatlarni yanada to’laroq e’tiborga olish dolzarbdir. Chunki bozor munosabatlari shakllanib bo’lgan va aholi turmush darajasini yuksaltirishda yutuqlarga erishgan ilg’or mamlakatlar yutuqlaridan unumli foydalanilmasa, u holda samarali ishlaydigan ijtimoiy himoyaga oid huquqiy tizimni yuzaga keltirib bo’lmaydi. Shunga ko’ra ijtimoiy himoya va uning tamoyillari, ularni yanada takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqotlar dolzarb ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan davlat siyosati haqida to’xtalib o’tishdan oldin, "ijtimoiy himoya" termini haqida fikr bildirishni lozim deb topdik. Chunki, "ijtimoiy himoya" termini bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan muhim ahamiyat kasb etgan yangi tushuncha hisoblanadi.
    Bu mavzu ustida bugungi kunda juda ko’plab huquqshunos, faylasuf va sosiolog olimlar keng miqyosda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Shunday ekan, ijtimoiy himoya nima va uning yuridik tushunchasi qanday?
    Hozirda ijtimoiy himoya tushunchasi haqida ma’lum fikr va mulohazalar shakllanmoqda. Bu qarashlarda ijtimoiy himoyaning davlat, korxona, tashqilot va turli muassasalar tomonidan aholini yordamga muhtoj qatlamiga pul mablag’lari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash sifatida tor doirada talqin etilgan hollari uchramoqda. Bu esa ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy himoya termini tushunchasi nazariy jihatdan ishlab chiqilmaganligini va natijada xalq orasida ijtimoiy himoya xususida tor tushunchalar paydo bo’layotganligini ko’rsatadi. Ba’zi ilmiy abiyotlarda tadqiqot mavzusi bevosita ijtimoiy himoya bo’lgani sababli, uning predmeti, tushunchasi nimalardan iboratligi va qaysi masalalarni o’z ichiga olishi xususida ijobiy fikrlar bildirilgan.
    Ma’lumki, bozor munosabatlariga o’tish sharotida ishsizlikning paydo bo’lishi, pulni qadrsizlanishi, tovar mahsulotlariga nisbatan erkin narx qo’llanilishi kabi holatlar aholini turmush darajasi pasayishiga olib keladi.
    Bunday sharoitda, davlat xalq farovonligini oshirish, aholi turmush darajasini yomonlashuviga yo’l qo’ymaslikka harakat qilib, ichki siyosat yuritmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Hukumati va Prezidenti tomonidan qabul qilingan bir qator qonunlar, qarorlar va farmonlar buning yorqin misolidir. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to’g’risida"gi 1994 yil 23 avgustdagi PF-938 sonli va "O’zbekiston Respublikasining aholisiga kompensatsiya to’lovlarini joriy etish to’g’risida"gi 1994 yil 31 avgustdagi farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 avgustda qabul qilgan "Kam ta’milangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to’g’risida"gi 434-sonli qarori, shu qarorga ilova tarzda ishlab chiqilgan "Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida"gi Nizom va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2008 yil 11 iyulda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida"gi qonuni Respublikamizda ijtimoiy himoya borasida olib borilayotgan ichki siyosatning dastlabki huquqiy asoslaridir.
    Davlatimizda davr talabini to’g’ri tushungan holda insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini rivojlantirish bilangina cheklanib qolmasdan, balki bu huquqlarni ta’minlashning chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Fikrimizning dalili sifatida bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolarning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridagi o’zgarishlarni qarab chiqamiz.
    Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy ta’minotga bo’lgan huquqni amalga oshirish o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Nafaqaho’rlar, nogironlar, ko’p bolali oilalar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan eng kam ta’minlangan tabaqasini tashkil etadi. Ularni ijtimoiy himoya qilish borasida bir qancha ijobiy ishlar qilindi. Jumladan, nafaka ta’minotini oshirishga qaratilgan bir qancha huquqiy aktlar qabul qilindi: yolg’iz onalar va bolalidan nogironlarning nafakasini oshirish, alohida shaxslarga qo’shimcha imtiyozlar berish borasida tadbirlar amalga oshirildi.
    Pensiya ta’minotida o’tkazilgan umumiy islohot bu sohada ijtimoiy adolatni tiklashga yo’naltirildi.
    Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarishimiz mumkin bo’ladiki, bozor sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish, ularni turmush darajasini yomonlashuvini oldini olish deb qaralsa, aholini turmush farovonligi ularni ijtimoiy – iqtisodiy huquqlarini nechog’lik amalga oshira olishlariga bog’liq bo’ladi. Shunga ko’ra biz bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya qilish insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga qo’shimchalar qo’shish va yangi kafolatlar yaratish orqali amalga oshirilishi lozimligi haqida fikrlarni bildirgan bir guruh olimlarning xulosasiga qo’shilib, bu qarashlarni quvvatlaymiz. Chunki mezon jihatidan olganda inson huquqlari sistemasi ikki funksiyani: shaxsning ijtimoiy himoyalanganligi va uning jamoat, davlat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Bozor sharotida ijtimoiy himoyalashni asosiy vositasi bo’lib ijtimoiy - iqtisodiy huquqlar katta rol’ o’ynaydi.
    Hozirgi davrdagi eng o’tkir nazariy-huquqiy munozaralardan yana biri, bu ijtimoiy himoya predmetining taalluqliligi masalasidir. Bu borada hozircha huquqshunos olimlar o’rtasida yakdil fikr yo’q. Jumladan, V.Galaganov ijtimoiy himoya (davlatning ijtimoiy himoya funksiyasini bajarishi) ning kengroq tushunchasi "davlatning ijtimoiy yordami" bo’lib, ijtimoiy ta’minotning tashkiliy-huquqiy formalaridan biridir - degan fikrni bildiradi. T.K.Mironova esa ijtimoiy himoyani ijtimoiy ta’minot huquqining predmetiga qo’shish maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlaydi. Biz T.K.Mironovaning fikriga qo’shilgan holda ijtimoiy himoya mavjud huquqlarni hyech birining predmetiga taaluqli emas deyish bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoyaning shakllanishi yangi huquq sohasi «ijtimoiy huquq»ni vujudga keltirmoqda, - degan g’oyani ilgari surayotgan bir qator olimlarning xulosasini quvvatlamoqchimiz.
    Davlatning insonparvarligi va rivojlanganligiga birinchi navbatda u yuritayotgan ijtimoiy siyosatiga qarab baho berish mumkin. I.A.Karimovning «O’zbekiston – bozor iqtisodiyotga o’tishning o’ziga xos yo’li» kitobida: «Aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalash eng ustuvor vazifa amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo’lib keldi va shunday bo’lib qoladi» -deb ta’kidlanadi.
    O’zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiyasi birinchi marta fuqarolarning ijtimoiy (ilgari bo’lganidek moddiy emas) ta’minot olish huquqini mustahkamladi. Bundan tashkari, Konstitutsiyada ilk bor pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emasligi belgilangan.
    1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonuni fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olish bo’yicha konstitusion huquqi kafolatini mustahkamlab berdi.
    Har qanday davlat va jamiyat yuritadigan ijtimoiy siyosat hamda iqtisodiy siyosat o’zaro bog’liq bo’lib, iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi — ushbu jamiyatda yashayotgan fuqarolar turmush farovonligini ta’minlash, ya’ni ijtimoiy siyosatga xizmat qilishdan iboratdir va shu nuqtai nazardan qaraganda ushbu ikki siyosat o’rtasidagi muvozanatni, ularning o’zaro to’g’ri nisbatining belgilanishi jamiyatda ijtimoiy adolat o’rnatilishining muhim shartlaridan bo’lib sanaladi.
    Davlat ijtimoiy siyosati deganda aholi hayot kechirish darajasini shakllantirish, inson kapitalini qayta yaratish, ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish, ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etish, ularning bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlash sohasida muayyan davlat tomonidan olib borilayotgan ichki siyosat yo’nalishi nazarda tutiladi. Fuqarolarning asosiy insoniy huquqlari, Konstitutsiyaviy huquqlari davlat ijtimoiy siyosati orqali ro’yobga chiqariladi. Bunda davlat turli ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish, moliyalashtirish normativlarini belgilash, ijtimoiy-iqtisodiy andozalar, qonunlar, boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilish kabi vositalardan keng foydalanadi.
    Bunday rivojlanish an’anasi tarix uchun yangilik emas, industrial sivilizasiyaning so’nggi 200 yil davomidagi taraqqiyoti davrida iqtisodiy va ijtimoiy siyosat nisbatlarining to’g’ri belgilanmaganligi tufayli salbiy oqibatlar kelib chiqqanligi bizga ma’lum. Shu tufayli XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy siyosatga katta e’tibor berila boshlandi. Ularda iqtisodiy taraqqiyot yuksak ko’rsatkichlarga erishgani holda aholi turmush darajasi ham yuqori ekanligi, kafolatlangan holda ijtimoiy jihatdan himoyalanganliklari sabablaridan biri ham ana shunda bo’lsa kerak.
    Bugungi kunga kelib jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy hayoti o’rtasida eng maqbul nisbat belgilanishining ikki asosiy usuli qaror topdi. Ulardan birinchisi - radikal usul bo’lib. bunda ijtimoiy siyosatning barcha yo’nalishlari davlat tomonidan markazlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Ijtimoiy siyosat bu usulda amalga oshirilishining afzal tomoni sifatida odamlarning ko’prok, to’liqroq himoyalanganligi, davlat bu sohadagi mas’uliyatni asosan o’z zimmasiga olganligi, kafolatlar darajasi birmuncha yuqori ekanligi ko’rsatib o’tilsa-da, ammo u o’zining serharjligi, sun’iy tenglashtirishga qaratilganligi va shu tufayli ijtimoiy adolat tamoyillarining buzilishiga olib kelishi, soliqlar shaklidagi og’irlikni iqtisodiy faol aholi qatlamlari zimmasiga yuklab qo’yilishi kabi salbiy jihatlari bilan ajralib turadi va shu tufayli bozor munosabatlari qaror topgan jamiyatlarda bu usuldan foydalanish qiyin kechadi.
    Ikkinchi usul — hayotiy mushkulotlar uchun davlat mas’uliyati soqit qilinmagan holda aholi turmush darajasi, ijtimoiy jihatdan himoyalanganligi, inson huquqlarning kafolatlanishida ijtimoiy birdamlikka, adolatga, ijtimoiy ta’minot va qo’llab-quvvatlashning muayyan muhtoj tabaqalarga aniq yo’naltirilganligi ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishida davlat mablag’lari bilan bir qatorda, jamiyat mablag’lariga, o’zaro yordam, hayriya mablag’lariga ham tayanilishi kabi xususiyatlari bilan tavsiflanishi mumkin.
    O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyingi yillar davomida yuritib kelinayotgan ijtimoiy siyosat rivojiga e’tibor berilsa, ana shu radikal usuldan ijtimoiy usulga asta-sekin o’tib borilayotganligini, birinchi usulga xos bo’lgan ijobiy jihatlar imkon darajasida saqlab qolinayotganligini kuzatish mumkin bo’ladi.
    Har qanday jamiyatda ijtimoiy himoya tizimlarining barpo etilishi ma’lum ishlar amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Bunda quyidagilar amalga oshirilishi lozim bo’ladi:
    • Oilaviy va shaxsiy daromadlarni nazorat qilish hamda baholash mexanizmlaridan foydalangan holda aholining ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj guruhlari ajratib olinadi.
    • Oilaning pul va natura holida oladigan daromadlari hisobga olinib, oila budjetini aniqlash, shu orqali turmush darajasini. yordamga muhtojligini aniqlash amalga oshiriladi.
    Bunda ijtimoiy yordamning aniq yo’naltirilganligini ta’minlash maqsadida eng kam iste’mol darajasi — iste’mol dasturxoni aniqlanadi. Minimal turmush kechirish darajasi aniqlanishida eng kam ta’minlangan oilalarning ozik-ovqat, ijtimoiy xizmatlar va boshqa buyumlarga bo’lgan kundalik eng zarur talablari asos qilib olinadi.
    Sobiq Ittifoq tarkibiga kiruvchi ba’zi mustaqil davlatlarda turmush kechirishning eng kam darajasi, zaruriy iste’mol dasturxoni noto’g’ri, haqiqiy ahvolga mos kelmaydigan tarzda aniqlanayotganligi yoki bu ko’rsatkich umuman ishlab chiqilmaganligi tufayli odamlar real turmush darajasini holis baholash imkoni mavjud emas.
    • Ijtimoiy yordam va ta’minot berish usulining to’g’ri belgilanishi, ya’ni bunday yordamlarning pul holida, natura ko’rinishida yoki ijtimoiy imtiyozlar va afzalliklar shaklida berilishining to’g’ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega.
    XXI asrdagi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy xususiyatlari muhokama qilingan 1995 yil Kopengagenda bo’lib o’ttan Oliy darajadagi uchrashuvlar yuzasidan qabul qilingan Umumjahon Deklarasiyasida qayd etib o’tilganidek, XXI asr iqtisodiyoti inson manfaatlariga yo’naltirilganligi ta’limotiga tayanishi bilan ajralib turadi.
    Strategik jihatdan olganda, inson omiliga tayanilishi, unga kapital sarflanishi- sarmoya joylashtirishning eng sermahsul, eng rasional usuli sanaladi. Chunki insonga, uning moddiy turmush darajasiga e’tibor berilayotgan davlatlargina iqgisodiy yuksalishga erishmoqda, ularda mehnat unumdorligi yuqori bo’lmoqda, jamiyat farovonlikka erishmoqda. Aksincha, inson ahamiyati pasaytirilayotgan, uning turmush kechirish darajasi past bo’lgan davlatlar qashshoqlar yashaydigan davlat qashshoq davlatligicha qolmoqda va bu hamma narsani odamlar hal qiladi degan qadimiy qoidaning to’g’ri ekanligini, inson omili hisobga olinmaydigan davlatning taraqqiy topa olmasligini isbotlamoqda.
    O’zbekiston Respublikasi siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyin davlat va jamiyatning muhim funksional faoliyat olib borish sohalaridan biri sifatida ijtimoiy himoya tizimlari asta-sekinlik bilan shakllantirila boshlandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ijtimoiy himoya siyosati huquqiy asoslari sifatida sobiq ittifoq davrida qabul qilingan qonunlardan foydalanilgan bo’lsa-da, ammo asta-sekinlik bilan. bosqichma-bosqich tarzda bu sohadagi o’z milliy qonunchiligimiz shakllantirila boshlandi. Dastlabki davrlarda bu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik ushbu masalalarga oid maxsus qonunlar qabul qilindi va ijtimoiy ta’minot tizimlari milliy Qonunchilik asosida rivojlantirila boshlandi.
    Respublikamizda ijtimoiy ta’minot va uning huquqiy tizimlari barpo etilishini shartli ravishda bir necha bosqichlarga bo’linishi mumkin hamda bu bosqichlar mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti davri xususiyatlarini o’zida obektiv tarzda aks ettiradi. Bu bosqichlar quyidagicha taqsimlanadi:
    Birinchi bosqich – mamlakat mustaqil deb e’lon qilingan — 1991 yil 31 avgustdan O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan — 1992yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga qamrab oladi.Bu davr mustaqil davlat organlari, shu jumladan ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish sohasidagi davlat organlari, ular kundalik faoliyatining huquqiy asoslari shakllantirilishi davri ekanligi bilan, sobiq ittifoq davridagi davlat tuzilmalari o’z faoliyatini amalga oshirishda davom etayotgan, sobiq ittifoq Qonunchilik hujjatlari amal qilib turganligi bilan, ayni paytda davlatchilikning milliy tizimlari tez sur’atlar bilan barpo etilayottan yangi farmonlar, qarorlar qabul qilinayotgan davr ekanligi bilan tavsiflanadi.
    Ikkinchi bosqich. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrdagi yangi mustaqil davlat sifatidagi Konstitutsiyasi qabul qilingan sanadan boshlangan va taxminan 1994 yilning o’rtalarigacha davom etgan. Ikkinchi bosqich yangi Konstitutsiyaviy zaminga tayanilgan holda davlat va huquq tizimlari qaytadan shakllantirila boshlanganligi, pensiya ta’minoti sohasida milliy qonunning qabul qilinishi, ijtimoiy ta’minotni sun’iy tenglashtirilgan holda amalga oshirilishidan tobora aniq yo’naltirilgan ko’rinishga ega bo’lib borayotganligi, zaif aholi qatlamlari ijtimoiy himoyasining asta-sekin kuchaytirila borishi bilan diqqatga sazovordir.
    Uchinchi bosqich. 1994 yilning ikkinchi yarmidan 2001 yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ini qamrab olgan. Bu davrda ijtimoiy ta’minot sohasidagi Qonunchilik tizimlari asosan barpo etib bo’lindi; aniq yo’naltirilgan ijtimoiy himoyalash tizimlari va mexanizmlari yaratildi; ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish manbalari sanaluvchi moliyaviy mablag’lar, ularning shakllantirilishi, sarflanishi sohasidagi davlat va jamiyat tizimlari yuzaga keltirildi hamda ularni bir maromda ishlashligi ta’minlandi.
    To’rtinchi bosqich. Bu boskich 2000 yil oxirlaridan boshlangan bo’lib, bugungi kunda ham davom etib kelmoqda.
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimlarini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar haqida»gi qarorining qabul qilinishi va shu asosda pensiya jamg’armasining tizimlari qayta tashkil etilishi, yakka tadbirkorlar va yakka dehqon xo’jaliklari pensiya ta’minoti masalalarining soddalashtirilishi aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ainq yo’naltirilgan tarzda qo’lla-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mo’ljallangan hukumat dasturining qabul qilinishi va ro’yobga chiqarilishiga qaratilgan qonun hujjatlarining qabul qilinishi, ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar doirasining kengaytirilishi hamda moddiy yordam miqdorlarining ko’paytirila borilishi kabilar ushbu bosqichning o’ziga xos xususiyatlaridan sanaladi.



    Download 495.79 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




    Download 495.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti

    Download 495.79 Kb.