-mavzu: «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” kursining manbalari va tamoyillari




Download 495.79 Kb.
bet14/30
Sana12.07.2023
Hajmi495.79 Kb.
#76637
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
2-mavzu: «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” kursining manbalari va tamoyillari 
2.1. “Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va uning huquqiy muammolari” o’quv kursining manbalari tushunchasi va ularning tasnifi. Kursning manbai sifatida qonunlar va qonun osti hujjatlari
Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va uning huquqiy tartibga solinishi bilan bog’liq munosabatlar ijtimoiy ta’minot huquqi fanining tarkibiy qismi bo’lib, undan ajralib chiqish jarayoni endi boshlanmoqda. Shu sababli ijtimoiy ta’minot huquqi fanining manbalari o’z-o’zidan mazkur o’quv kursining ham manbalari bo’lib hisoblanishi tabiiy holdir.
«Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” kursining universal va boshqa manbai O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Unda fuqarolarning qonun oldida teng ekanliklari, davlat va jamiyatning asosiy maqsadi odamlar – haq-huquqlarini ta’minlash hamda kafolatlashga oid qoidalar mavjuddir. Konstitutsiyaning 39, 40,41,42-moddalari bevosita ijtimoiy ta’minot hamda yordam olish huquqlari hamda ularning kafolatlariga bag’ishlangan.
Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maslalarida ham O’zbekiston Resupblikasi Konstitutsiyasi yetakchi manba sifatida qaralmog’i lozim. Konstitutsiyaning 39-moddasida fuqarolar pensiya bilan bir qatorda qonunda nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy ta’minot turini ham olishlari mumkinligini kafolatlagan. Shuningdek, 40-moddasida nazarda tutilgan malakaviy tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi ham ijtimoiy yordam olish huquqini o’zida aks ettiradi.
Fuqaro va yuridik shaxslar tomonidan o’z mulklarini mustaqil tasarruf qilish huquqi hamda boshqa bir qator Konstitutsiyaviy huquqlar ham ijtimoiy yordam olishga oid huquqlar mazmunini boyitishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash sohasidagi huquq manbalari o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida qabul qilingan qonunlar salmoqli o’rin tutadi.
Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalariga taalluqli bo’lgan maxsus qonun hozircha mavjud emas va bunday qo’llab-quvvatlashning u yoki bu jihatlari fragmentar tarzda ayrim qonunlarda nazarda tutilgan.
Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalariga taalluqli bo’lgan maxsus qonun hozircha mavjud emas va bunday yordamning u yoki bu jihatlari fragmentar tarzda ayrim qonunlarda nazarda tutilgan.
Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning ayrim jihatlarini o’zida aks ettiruvchi qonunlar qtoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 11 iyulda yangi taxrirda qabul qilingan «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida»gi qonuni. Ushbu qonunning 32-moddasida nogironlarga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam turlari, 33-36 moddalarida bunday yordam ko’rsatish tartiblari va shartlari belgilab berilgan;
2. O’zbekiston Respublikasida 1991 yil 20 noyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida»gi qonuni. Mazkur qonunning 10-moddasida yoshlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari, ijtimoiy xizmat turlari nazarda tutilgan;
3. O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi qonuni. Ushbu qonunning 16-moddasida tibbiy ijtimoiy yordam olish, 32-moddasida ijtimoiy ahamiyatga molik kasallikka chalingan fuqarolarga tibbiy ijtimoiy yordam, 33-moddasida atrofdagilar uchun xavfli bo’lgan kasallikka chalingan fuqarolarga tibbiy ijtimoiy yordam ko’rsatish masalasi nazarda tutilgan;
4. O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquq va faoliyatlarining kafolatlari to’g’risida»gi 1992 yil 2 iyuldagi qonuni.
5. O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi «Xotin qizlarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida»gi qonuni.
6. O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 31 avgustdagi «Psixiatriya yordami to’g’risida»gi qonuni (5, 37, 39-moddalari) va boshqa qonunlar.
Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga oid munosabatlar tartibga solinishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlar, hukumat qarorlari muhim o’rin tutadi. Ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam ko’rsatishning bir sohalari bilan hozircha qonun bilan tartibga solinmaganligi, ushbu masalaga oid qonunlarni qabul qilinmaganligi tufayli Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining ahamiyati yanada ortadi. Ushbu aktlar vositasida ijtimoiy yordamni amalga oshirishning eng muhim, keng qamrovli masalalari tartibga solinadi.
Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalariga taalluqli bo’lgan farmonlar va hukumat qarorlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining:
1. 1996 yil 4 martdagi «Bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora tadbirlari to’g’risida»gi;
2. 1996 yil 10 dekabrdagi «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to’g’risida»gi;
3. 1998 yil 26 apreldagi «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi; 1999 yil 10 yanvardagi «Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida»gi;
4. 1999 yil 17 martdagi «Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi;
5. 2001 yil 17 apreldagi «Kommunal xizmat ko’rsatish soxsida iqtisodiy islohotlarni chuquralashtirishning yanigi bosqichi to’g’risida»gi va boshqa farmonlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining:
a) 2002 yil 24 yanvardagi «Qariyalarni qadrlash yili davlat to’g’risida»gi;
b) 2002 yil 26 yanvardagi «Ayollar va o’sib kelayotgan avlod sog’lig’ini mustahkamlashga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida»gi;
v) 2002 yil 26 yanvardagi «Aholining ijtimioy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashning 2002-2003 yillarga mo’ljallangan dasturni amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida»gi;
g) 1999 yil 7 dekabrdagi «2000-2005 yillarda yolg’iz keksalarni, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishin kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi to’g’risida»gi qarori va boshqalar.
Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish mexanizmlarini belgilab beruvchi va ijtimoiy yordam ko’rsatilishiga oid qonun, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari ijrosini bevosita ta’min etilishiga mo’ljallangan manbalar, bu idoraviy normativ huquqiy hujjatlardir. Ular vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar tomonidan chiqariladigan normativ xususiyatga ega bo’lgan yo’riqnomalar, nizom, tushuntirish, ko’rsatmalardan iborat bo’lib, ularni ishlab chiqish, huquqiy ekspertiza va davlat ro’yxatidan o’tkazish, kuchga kiritish, bekor qilish tartiblari maxsus qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.
Ijtimoiy yordam ko’rsatishg masalalarida Mehnat va Aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi, moliya Vazirligi, sog’liqni saqlash Vazirligi kabi vazirlik va idoralarning normativ hujjatlari salmoqli o’rin tutadi. Ayniqsa Mehnat va Aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi normativ aktlari diqqatga sazovordir. Ushbu davlat boshqaruv organi chiqaradigan normativ aktlar ijtimoiy yordam ko’rsatilish shartlari va tartiblari, yordam turlari, yordam oluvchi shaxslar doirasi va boshqa aniq masalalarni nazarda tutadi.
Ijtimoiy yordam berilishi masalalarida mahalliy davlat hokimiyat organlari (viloyat, tuman, shahar hokimliklari) tomonidan chiqariladigan qarorlar hamda farmoyishlar ham huquq manbai sifatida ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy yordam ko’rsatilishi bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarda xalqaro huquqiy normalar ham O’zbekiston Respublikasi tomonidan e’tirof etilgan doirada huquq manbai bo’lib sanaladi.

Download 495.79 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Download 495.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” kursining manbalari va tamoyillari

Download 495.79 Kb.