“Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va uning




Download 495.79 Kb.
bet15/30
Sana12.07.2023
Hajmi495.79 Kb.
#76637
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1)
Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5
2.2. “Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va uning
huquqiy muammolari" kursining tamoyillari
“«Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari”" kursining tamoyillari – ya’ni bu ta’minotni amalga oshirilishiga oid g’oyalar, eng avvalo, umume’tirof etgan universal xalqaro huquqiy standartlar sanalmish BMTning inson huquqlari Umumjahon Deklarasiyasi, Iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi paktga, boshqa yetakchi xalqaro huquqiy hujjatlarga tayanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning asosidagi milliy Qonunchilik tizimimizga mansub bo’lgan qonunlarda va boshqa qonun hujjatlarida ham ijtimoiy himoya tamoyillari nazarda tutib quyilgan.
Ijtimoiy himoyani amalga oshirishning eng yetakchi tamoyillari Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimovning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, mamlakatimizda bozor iqtisodiga asoslangan huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga bag’ishlangan ilmiy-nazariy qarashlarida bayon etilgan.
“«Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari”"o’quv kursining tamoyillari umumhuquqiy tamoyillardan hamda turli shakllardagi ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishiga bevosita taalluqli bo’lgan o’ziga xos tamoyillardan iboratdir.
Ijtimoiy himoyaning amalga oshirilishida qonuniylikka amal qilish, kamsitishga yo’l qo’yilmaslik, insonparvarlik, demokratizm kabi umumhuquqiy tamoyillar so’zsiz amal qiladi. Bu tamoyillarning ro’yobga chiqarilishi Respublikamiz Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar bilan to’la kafolatlangan bo’lib, ulardan qandaydir tarzda chekinish inson huquqlarini poymol etilishi sifatida baholanadi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy javobgarliklarni keltirib chiqaradi.
Yuqoridagilardan tashqari ijtimoiy ta’minot huquqining o’ziga xos, maxsus tamoyillari ham mavjud bo’lib, bu tamoyillar ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishiga, u yoki bu shakldagi ijtimoiy yordam xususiyatlariga va boshqalarga taalluqli bo’ladi.
.“«Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari”" o’quv kursining maxsus tamoyillari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning umumiyligi va keng qamrovli tusga ega ekanligi. Bunda fuqarolarni millati, jinsi, ijtimoiy mavqyei va boshqa farqlaridan qat’i nazar muayyan ko’rsatkichlar mavjud bo’lgani taqdirda teng asoslarda ijtimoiy ta’minot olishlari tushuniladi. Shuni aytish kifoyaki, bugungi kunda ikki yarim million nafardan ortiq fuqarolar pensiyalar bilan, yuz minglab oilalar nafaqalar va boshqa moddiy yordamlar olmoqdalar, ana shu maqsadlar uchun davlat budjetidan yuz milliardlab so’m mablag’ sarflanmoqda.
2) Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun ajratiladigan mablag’ning yetarli darajadaligi.Ijtimoiy yordam belgilanish paytida turmush kechirish uchun zarur bo’lgan eng kam mablag’ ko’rsatkichi, iste’mol dasturxoni tarkibiga kiruvchi eng zarur mahsulotlar va xizmatlar to’plami uchun zarur bo’lgan mablag’ning eng kam darajasi e’tiborga olinishi ushbu tamoyil mohiyatini tashkil etadi.
Ijtimoiy himoyaning yetarli darajada bo’lishi tamoyili BMTning 1966 yil 19 dekabrdagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 11-moddasi, 1-bandida nazarda tutilgan: «Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishi o’zi va oilasi uchun yetarli oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy hamda turmush sharoiti to’xtovsiz yaxshilanib borishini o’z ichiga oladigan yetarli turmush darajasi bo’lishi huquqini e’tirof etadi» degan bosh qoidaga asoslanadi.
3) Ijtimoiy yordamni amalga oshirilishida fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlar, jamoat birlashmalarining bevosita ishtirok etishlari tamoyili. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati barpo etilayotganligi, kuchli davlatchilikdan kuchli jamiyatga tomon rivojlanib borilayotganligi namoyon bo’lishi ko’rinishlaridan biri – davlatga xos funksiyalar jamiyatga o’tkaza borilayotganligida, avval davlat organlari bajarib kelgan vazifalar bosqichma-bosqich fuqarolar yig’inlari, boshqa jamoat organlari zimmasiga yuklanayotganligida ko’zga tashlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 13 yanvardagi «Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Bugungi kunda ijtimoiy himoyaning amalga oshirilishida korxona va tashkilotlar, ularning mehnat jamoalari, turli nodavlat-nohukumat jamg’armalari, xayriya tashkilotlari, tadbirkor fuqarolar va boshqa shaxslar ham ishtirok etib kelmoqdalar. Bu tendensiyaning tobora kuchayib borishi bashorat qilinmoqda. Binobarin ojizlarga rahm-shafqat qilish, yordam qo’lini cho’zish, sahovatpeshalik, bag’rikenglik o’zbek xalqining milliy xususiyati bo’lib, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan bebaho an’analarimizdan, qadimiy qadriyatlarimizdan sanaladi.
4) Mamlakatimizda ijtimoiy himoyani xilma-xil shakllarda amalga oshirilishi tamoyili. Ijtimoiy himoyaga oid Qonunchilik hujjatlarida ta’minot har xil shakllarda, xususan, pensiyalar, nafaqalar, bir martalik moddiy yordamlar, ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish, muayyan imtiyozlar va yengilliklar ko’rinishida oshirilishi nazarda tutilgan. Kelgusida ijtimoiy yordam ko’rsatish shakllari yanada xilma-xillashuvi shaklan mukammallashib borishi kutilmoqda.
Ijtimoiy himoyaning qaysi shaklda amalga oshirilishi masalasi aniq shart-sharoitlar hisobga olingani holda qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.
5) Ijtimoiy himoyani davlat va jamiyat mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi.
6) Ijtimoiy himoyani amalga oshirilishi ustidan davlat va jamoat nazoratining o’rnatilganligi tamoyili.
Ijtimoiy himoyaga oid mablag’larni o’z vaqtida va to’liq hajmda to’lanishi maqsadga muvofiq va to’g’ri sarflanishi, ijtimoiy himoyani amalga oshiruvchi davlat hamda jamoat organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining qonuniyligi ustidan umumiy nazoratni O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlari amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasining «Prokuratura to’g’risida»gi qonunining 4-moddasiga muvofiq: «Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda amal qiladigan tamoyillar mamlakatimizda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat mohiyati va maqsadlariga to’la muvofiq keladi.
Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash yuzasidan qo’llaniladigan tamoyillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash fuqarolar turmushini yengillashtirish, ularni moddiy jihatdan qullab-quvvatlash maqsadiga qaratilganligi;
2) Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning umumiyligi, ya’ni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo’lganida fuqarolarning muhtoj qatlamlari millatidan, jinsidan, yoshidan va boshqa sosial farqlaridan kat’i nazar ijtimoiy yordam olishga haqli ekanligi;
3) Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning xilma-xilligi;
4) Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashdan foydalanishda fuqarolarning teng huquqli ekanliklari va kamsitishga yo’l qo’yilmasligi;
5) Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hajmda to’liq ko’rsatilishi lozimligi;
6) Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash jarayonida qonuniylikning ta’minlanishi va ijtimoiy adolat tamoyillariga so’zsiz rioya qilinishi;
7) Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirilishida nodavlat tashkilotlari, notijorat birlashmalarining, xorijiy homiylik tashkilotlari hamda fuqarolarni o’z mablag’lari bilan qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda ishtirok etishlari;
8) Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda jamoatchilik ishtiroki va nazoratning amalga oshirilishi;
9) Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash ustidan davlat nazoratining amalga oshirilishi;
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan huquqiy munosabatlarda umumhuquqiy va umumgumanitar tamoyillarga amal qilinadi. Bunday umumhuquqiy tamoyillar qatoriga ijtimoiy adolatga erishish, qonuniylikning ta’minlanishi, kamsitishga yo’l qo’ymaslik kabilar kiradi.
G.V.Sulaymonovaning qayd etishicha, ijtimoiy himoya tamoyillari jumlasiga bunday himoyaning hammabopligi va olish imkoni mavjudligi, himoyaning keng qamrovli va xilma-xilligi, ijtimoiy himoya miqdorining iqtisodiy yutuqlarga bog’liqligi, maxsus fondlar orqali amalga oshirilishi kabilar kiradi.
Ye.Ye.Machul’skaya ijtimoiy himoya tamoyillari qatoriga aniq yo’naltirilganlik, olish mumkinlik, ixtiyoriylik, insonparvarlik, o’smirlar, nogironlar va qariyalarga yordam ko’rsatishning ustuvorligi, maxfiylik, oldini olishga yo’naltirilganlik kabilarni kiritadi.
Bulardan tashqari, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash paytida maxsus, o’ziga xos tamoyillarga amal qilinadi. Bunday o’ziga xos tamoyillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning beg’arazligi, ya’ni ijtimoiy yordam ko’rsatilganligi uchun yordam oluvchidan hyech qanday haq olinmasligi;
2. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning yetarli darajada bo’lishi, ya’ni yordam tufayli shaxs o’zining muayyan xizmatga bo’lgan ehtiyojini qondira olishi;
3. Qonunda ko’zda tutib qo’yilgan ijtimoiy yordam oluvchi ixtiyoriga ko’ra ko’rsatilishi, yordamni ko’rsatuvchi organlar talab qilinganida yordam ko’rsatishga majbur ekanligi;
4. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun zarur mablag’lar davlat budjeti hisobidan, yuridik va jismoniy shaxslar-homiylar hisobidan shakllantirilishi;
5. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash muhtoj aholi tabaqalariga aniq yo’naltirilganligi va adolatli taqsimlanishi;
6. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda jamoatchilikning ishtirok etishi .
Nazorat savollari
1»Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” kursining manbalari tushunchasi va turlari haqida nimalarni bilasiz?
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,qonunlari va qonunosti hujjatlari o’quv kursining manbai sifatidagi ahamiyati nimadan iborat?
3. Xalqaro – huquqiy aktlar ijtimoiy himoya huquqining manbai sifatida qanday ahamiyatga ega?
4. Lokal normativ hujjatlar ijtimoiy himoya huquqining o’ziga xos manbai sifatidagi ahamiyati nimadan iborat?.
5. «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” o’quv kursining boshqa huquqiy fanlar bilan o’zaro aloqadorligi nimalarda ko’rinadi?
6. «Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari” kursining tamoyillari haqida so’zlab bering.

Download 495.79 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Download 495.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Aholini yo’naltirilgan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va uning

Download 495.79 Kb.