|
-mavzu: Aniq yo’naltirilgan ijtimoiy himoyalashga oid huquqiy munosabatlar va ularning mazmuni
|
bet | 16/30 | Sana | 12.07.2023 | Hajmi | 495.79 Kb. | | #76637 |
Bog'liq 848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1) Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A53-mavzu: Aniq yo’naltirilgan ijtimoiy himoyalashga oid huquqiy munosabatlar va ularning mazmuni
3.1. Ijtimoiy himoya sohasidagi huquqiy munosabat tushunchasi
va ularning yuzaga kelishi
Ijtimoiy himoya – ma’naviy–axloqiy voqyelik va insonlarning bir-biriga ko’magi, o’zaro qo’llab-quvvatlash shakli sifatida insoniyat ongli hayot tarixiga teng ekanligini yuqorida ko’rib o’tdik. Ana shunday ijtimoiy yordamning ko’rsatilishi va uning qabul qilinishi shaxslar o’rtasidagi aloqalarni yuzaga keltirgan. Bu aloqalar dastavval ma’naviy-axloqiy tusga ega bo’lgan va axloqiy prinsiplar asosida amalga oshirilib kelingan, ya’ni bunday munosabatlar chog’ida davlat aralashuvi, davlat majburlovi istisno qilingan. Bugungi kunda ham xayriya, homiylik, insonparvarlik yordami tarzida xususiy usullarda amalga oshiriladigan ijtimoiy yordamlar davlat aralashuvi va majburlovisiz, ixtiyoriylik, beg’arazlik kabi ma’naviy-axloqiy normalarga tayanilgan holda amalga oshirilmoqda. Davlat bu munosabatlarning tashkil etilishi va amalga oshirilishini o’z huquq normalari asosida tartibga solmoqda, uni jamiyat manfaatlari va xavfsizligi nuqtai-nazaridan nazorat qilmoqda. Davlat tomonidan uning organlari tizimi yoki u vakolat bergan boshqa o’zini o’zi boshqarish idoralari, jamoat birlashmalari orqali hamda davlat mablag’lari hisobiga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam ma’naviy-axloqiy qoidalarga ko’ra emas, balki qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bular ijtimoiy yordam ko’rsatishga oid huquqiy munosabatlardan iborat, uning ishtirokchilari muayyan huquqlarga ega bo’ladilar va zimmasiga muayyan majburiyatlar yuklatiladi.
Ijtimoiy himoya - davlat ijtimoiy siyosati maqsadlaridan biri bo’lgan aholini ijtimoiy himoyalash shakli sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uni aholi ijtimoiy himoyasi maqsadlarida amalga oshiriladigan boshqa chora-tadbirlardan farq qilish imkonini beradi. Ijtimoiy himoya - ijtimoiy munosabat va huquq normalari bilan tartibga solinadigan jarayon sifatida o’zining obektlariga, subektlari doirasiga hamda o’ziga xos mazmunga egadir.
Ijtimoiy yordamga oid huquqiy munosabat obekti bo’lib bunday munosabatlarning maqsadi sanaladi, ya’ni yordamga muhtoj shaxs moddiy yoki boshqa turmush ehtiyojlari aniqlanishi va bu ehtiyojlarni qondirilishi yo’lida amalga oshiriladigan hatti-harakatlar sanaladi.
Ijtimoiy himoyaga oid ijtimoiy - huquqiy munosabatlar yuz berishining yuridik asosi eng avvalo, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy yordam olish huquqining kafolatlanganligi hamda ular huquqlarining qonunlar va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanganligidir.
Umuman olganda ijtimoiy himoyaga oid huquqiy munosabatlar ixtiyoriylikka asoslanadi va shu sababli bu munosabatlar ko’pchilik hollarda muhtoj shaxsning yoki uning qonuniy vakillarining bergan arizasi asosida yuzaga keladi. Muayyan hollarda ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning ayrim turlarini sifatidagi ijtimoiy yordamlar boshqa shaxslar yoki organlar tashabbusi bilan va ko’pincha yordamga muhtoj shaxsning roziligiga ko’ra ko’rsatilishi mumkin.
Ijtimoiy himoyalashga oid munosabatlar yuzaga kelish asoslari quyidagicha guruhlanishi mumkin:
1. qonun hujjatlari asosida (masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra ijtimoiy yordam yangi turining joriy qilinishi);
2. muhtoj shaxsning vakolatli organga yordam so’rab og’zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishi asosida;
3. muomalaga layoqatsiz muhtoj shaxsning manfaati yo’lida uning vasiysi yordam so’rab qilgan murojaati asosida;
4. vakolatli organlarning (masalan, mahalla fuqarolar yig’ini) fuqaroga ijtimoiy yordam ko’rsatish tashabbusi bilan chiqishi asosida;
5. tabiiy yoki texnogen ofatlar yuz berishi va uning natijasida ijtimoiy yordam ko’rsatish zaruratini yuzaga kelishi va boshqa asoslarga ko’ra.
Ijtimoiy yordam ko’rsatish asoslari mavjudligi har doim ham bunday yordam ko’rsatilishiga olib kelavermaydi. Buning uchun ana shunday asos yuzaga kelganida manfaatdor shaxs yoki o’zga shaxsning tashabbuskor harakati – yordam so’rab murojaat qilishlari talab etiladi.
Ijtimoiy himoyalash asoslari har qanday ko’rinishda muayyan yuridik faktlardan iborat va ko’pincha bunday yordam ko’rsatilishi uchun bitta fakt kamlik qiladi, ya’ni yuridik tarkib (bir necha yuridik faktlar majmui) talab etiladigan hollar ham mavjud. Masalan, qarilik nafaqasi tayinlash ko’rinishidagi ijtimoiy yordam amalga oshirilishi uchun kamida uch yuridik fakt mavjud bo’lishi lozim:
a) erkak kishi kamida 65 yoshga, ayollar esa 60 yoshga yetgan bo’lishi;
b) moddiy yordamga muhtojligi;
v) ta’minlashga majbur bo’lgan yaqin qarindoshi bo’lmasligi lozim.
Boshqa ko’pchilik hollarda ham ana shunday murakkab yuridik tarkib mavjud bo’lishi talab etiladi.
Ijtimoiy himoyalash bilan bog’liq munosabat obektlarini va yordam asoslarining to’g’ri belgilanishi qonuniylik hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga amal qilinishini ta’minlashga yordam beradi Ijtimoiy himoyalashga oid munosabatlar o’z obektlaridan tashqari, subektlari hamda mazmuniga ega bo’lib, ular bunday munosabatlarning asosiy tarkibiy elementini tashkil etadi.
|
| |