|
Ijtimoiy himoyaga oid munosabatlarning tasnifi
|
bet | 17/30 | Sana | 12.07.2023 | Hajmi | 495.79 Kb. | | #76637 |
Bog'liq 848e41c444f503fb519f14768a12d3d0 IJTIMOIY ISH HUQUQ ma`ruza (1) Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A53.2. Ijtimoiy himoyaga oid munosabatlarning tasnifi.
Ularning obekti, subekti va mazmuni
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq munosabatlar - davlat budjeti mablag’lari yoki boshqa manbalar hisobidan fuqarolarga natural yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaklda madad berish jarayonida vujudga keluvchi hamda Qonunchilik normalari bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan iborat.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi ko’pchilik hollarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asos mavjud bo’lishi bilan bog’liq bo’ladi. Qonunchilik normasida muayyan toifadagi fuqaroga u yoki bu shakldagi ijtimoiy yordamning ko’rsatilishi nazarda tutilganligi bir tomondan yordam ko’rsatilishini talab qilish huquqini, ikkinchi tomonda esa (davlat organi, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari va boshqalar) bunday ijtimoiy yordam ko’rsatilishi yuzasidan majburiyatni paydo qiladi. Subektiv huquqlardan foydalanishga qaratilgan hatti-harakatlar ikkinchi tomonning faol majburiyatiga mos keladi.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga oid huquqiy munosabatlarni yuz berishi ijtimoiy yordam olish huquqi paydo bo’lishiga olib keladigan yuridik faktlarga bog’liq bo’ladi.
Ijtimoiy yordam olish huquqi paydo bo’lishi uchun talab etiladigan yuridik faktlar turli-tumandir va ularning xususiyati ijtimoiy yordamning qaysi turidan foydalanish haqida, yordam kimga ko’rsatilayotganligiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Masalan, muruvvat uyiga joylashtirish va davlat ta’minotiga olish tarzida ijtimoiy yordam ko’rsatilishi uchun bir nechta yuridik faktlar majmui mavjud bo’lishi (pensiya yoshiga yetganlik, moddiy jihatdan ta’minlashga majbur yaqin qarindoshlarning yo’qligi yoki ular moddiy yordam ko’rsatish imkoniyatga ega emasligi, tuman ijtimoiy ta’minot bo’limi yo’llanmasi mavjudligi) talab qilinadi.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda huquqiy munosabatlar obekti masalasida turlicha qarashlar mavjud. Masalan, D.Q.Axmedovning fikricha huqukiy munosabat obektining monistik nazariyasida uning obekti bitta narsa- insonning hatti-harakatlari sanaladi. Plyuralistik nazariyaga ko’ra esa huquqiy munosabat obektlari turli-tumandir va o’z ichiga ashyolar, harakatlar, nomulkiy huquqlarni oladi. Bizning nazarimizda huquqiy munosabatlarning ko’p obektliligi vaziyatni to’laroq ifodalaydi, chunki bunda aniq predmet haqida so’z yuritish mumkin bo’ladi.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga oid huquqiy munosabatlarda plyuralistik nazariya to’laroq o’z ifodasini topadi, zeroki bunday yordam ko’rsatish obekti, ya’ni huquqiy munosabat mavzusi turli-tumandir va bir holatda muayyan ashyolarni yordam tariqasida topshirishlikni nazarda tutsa, (masalan, yolg’iz nogironlarga eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarni bepul berish), boshqa holda muayyan imtiyozlar berishlikni (masalan, kommunal xizmat, transport xizmati, tibbiy xizmat ko’rsatish va hokazo) belgilaydi.
Ijtimoiy yordam ko’rsatilishidagi huquqiy munosabatlar subekti masalasida yuridik ilmiy jamoatchilik o’rtasida nisbatan yakdil qarashlar mavjud.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq huquqiy munosabatlar qoida tariqasida yordam ko’rsatish vazifasi yuklatilgan davlat organlari bilan yordamga haqli fuqarolar o’rtasidagi ommaviy huquqiy munosabatlar bo’lganligi tufayli bu munosabatlar subekti sifatida ham odatda davlatning rasmiy idoralari va fuqarolar ishtirork etadilar.
Ayni paytda davlat ijtimoiy yordamining ayrim turlari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari orqali ko’rsatilayotganligi va bunga oid munosabatlarda mahalla fuqarolar yig’inlai faol qatnashayotganlari ko’rsatib o’tilmog’i lozim.
Biroq, bugungi kunda nodavlat yo’li bilan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va yordam ko’rsatish jarayoniga davlatga mansub bo’lmagan tijorat va notijorat tashkilotlari, xorijiy shaxslar, mamlakatimizning jismoniy shaxslari tobora kengroq qo’shilayotganlari, ushbu mablag’lar hisobiga xayri-yehson, muruvvat yordami ko’rsatilishi kengayib borayotganligi ularning huquqiy munosabat subektlari sifatidagi mavqyelarini aniq belgilashlikni taqozo qilmoqda.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga oid huquqiy munosabatlar mazmunini uning ishtirokchilarida vujudga keluvchi obektiv va subektiv huquq hamda majburiyatlar tashkil etadi.
Huquqiy munosabatlarning subyeklari – huquqiy munosabatning subektiv huquqiy, yuridik burchlarga ega bo’lgan qatnashchilaridir.
Kundalik hayotda yuzaga keladigan turli-tuman huquqiy munosabatlardan biri – fuqarolarga ijtimoiy yordam ko’rsatish yuzasidan paydo bo’ladigan ijtimoiy munosabatlardir.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga oid huquqiy munosabatlar subekti bo’lib davlat organlari, nodavlat -notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar hamda fuqarolar hisoblanishi mumkin. Bunday munosabatlar subekti o’zlarining mavqyei, vazifalariga ko’ra turli yuridik statusga ega. Bunda davlatning ijtimoiy yordam ko’rsatilishiga vakil qilingan organlarning huquqiy maqomi (huquqlari, majburiyatlari vakolat vazifalari, tashkiliy tuzilishlar va boshqalar) tegishli qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi.
Ijtimoiy himoyaning amalga oshirilishi chog’ida ana shunday himoyadan bahramand bo’lishga haqli bo’lgan fuqarolar doirasining yoki boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy himoyalanuvchi subektlar doirasining to’g’ri aniqlanishi muhim ahamiyatga ega. D.Q.Ahmedov bu haqda fikr yuritib ta’kidlaganidek: «Odatda ijtimoiy himoyaga jamiyat a’zolarining barcha qatlamlari u yoki bu darajada muhtoj bo’lsada, lekin ular orasida shunday qatlamlar borki, ularni (nogiron, nafaqaxo’r, boquvchisiz, yosh bolalar) ijtimoiy himoya qilishning obektiv zarurati hisoblanadi va ijtimoiy himoya qanday yo’lga qo’yilganligi davlat tizimi samaradorligining ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi».
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda ishtirok etuvchi nodavlat -notijorat tashkilotlarning huquqiy mavqyei maxsus qonunlarda va boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona va tashkilotlar o’z xodimlari, ularning oila a’zolari, korxonada uzoq vaqt mehnat qilgan va pensiyaga chiqqan mehnat faxriylariga mehr-muruvvat muassasalariga, fuqarolar yig’inlariga maktab va boshqa bolalar muassasalariga xayriya yordamlari ko’rsatishlari, shu jumladan turli ijtimoiy yordam tashkil qilishlari mumkin. Ularning ana shunday xayriya va homiylik faoliyatlarining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (164, 172-moddalari), «Mulkchilik to’g’risida»gi (1, 9-moddalari), «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari» to’g’risidagi (3, 21-moddalari) qonunlari, ushbu yuridik shaxslarning ustav va nizomlari, boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati barpo etilishining muhim jihatlaridan biri - davlat organlari an’anaviy tarzda bajarib kelgan muayyan ommaviy (publichniy) funksiyalarining jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar zimmasiga yuklana borishidir. Xususan, kam ta’minlangan va ijtimoiy zaif aholi guruhlarini ijtimoiy ta’minlash, ularga ijtimoiy yordam ko’rsatish faoliyatini muayyan qismini davlat organlari tizimiga mansub bo’lmagan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga yuklatilayotganligi ushbu jarayonning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib sanaladi. Fuqarolarni ijtimoiy ta’minlash va ularga ijtimoiy yordam ko’rsatish masalalari yuzasidan fuqarolar yig’inlari (mahalla qo’mitalari) faoliyatining huquqiy asoslari bo’lib O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonuni (37, 10, 11, 12-moddalari), Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi hukumat qarorlari va boshqa Qonunchilik hujjatlari xizmat qiladi.
Korxona va tashkilotlar, shuningdek chet ellik homiylar, xayr-yehson qiluvchi ayrim fuqarolar tomonidan ijtimoiy yordam ko’rsatilishini tashkil etish, ularni muvofiqlashtirish sohasidagi ishlar ham fuqarolar yig’ini tomonidan amalga oshirilishi mumkin va ularning bu sohadagi vakolatlari ham O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi qonunida belgilangan.
Ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning aniq yo’naltirilgan holda olib borilishi, Respublikamizda yalpisiga ijtimoiy ta’minlashdan tanlab, muhtojligi aniqlangan holda ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy yordam ko’rsatishga o’tilganligi hamda ijtimoiy siyosatimizning ushub jihati tobora kuchayib borayotganligi ijtimoiy yordamlarga muhtojlarni haqiqatdan ham iqtisodiy va ijtimoiy nochor qatlamlarni aniqlashga imkon beruvchi obektiv mezonlar, adolatli ko’rsatkichlar ishlab chiqilishini taqozo qiladi, chunki ana shunday obektiv mezonlarning mavjud emasligi yoki bu mezonlar aniq ifodalanmaganligi tufayli turlicha talqin etilishi imkoniyati saqlanib qolishi ijtimoiy yordam ko’rsatilishida ijtimoiy adolatsizliklar yuz berishi uchun ta’magir va insofsiz shaxslar tomonidan talon-tarojlar hamda suiste’molliklarga yo’l qo’yilishi uchun imkon tug’diradi. Shu sababli ijtimoiy qullab-quvvatlash hamda yordamlar ko’rsatilishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va uning muhim shartlaridan biri sifatida yordam ko’rsatilish mezonlarining aniq bo’lishiga katta e’tibor beriladi.
Ijtimoiy yordam ko’rsatish mezonlaridan biri va bizning nazarimizda muhim yordam oluvchi shaxslar doirasining aniq belgilanishidir.
Bunday shaxslarni belgilashda bir necha ko’rsatkichlardan foydalaniladi va ularni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
Yoshi nuqtai nazaridan:
Voyaga yetmaganligi :
Keksa yoshda ekanligi tufayli yordamga muhtojligi;
Salomatligi ahvoliga ko’ra:
a) Belgilangan tartibda nogiron deb e’tirof etilganligi;
b) kasalliklarining muayyan (ijtimoiy ahamiyatli) turiga chalinganlar;
3) Urush yoki boshqa harbiy harakatlarda qatnashganlar, o’sha davrda qamoqda bo’lgan, asirlikda bo’lgan yoki front ortida ishlaganlar;
4) Favqulodda falokatlar yoki ofatlarni bartaraf etishda qatnashganlar;
5) Muayyan faoliyat turlari ijtimoiy ahamiyati katta bo’lgan vazifalar bilan shug’ullangan shaxslar (o’qituvchilar, vrachlar va boshqa ayrim sohada mehnat faoliyati bilan shug’ullangan shaxslar);
6) Urush yoki boshqa harbiy harakatlarda ishtirok etgan va vafot etgan shaxslarning oila-a’zolari;
7) Ota-onasining yoki boshqa shaxslarning ta’minoti va parvarishsiz qolgan bolalar;
8). Pensiya yoshiga yetganidan yoki nogiron bo’lib qolganidan keyin parvarish hamda ta’minotsiz qolgan shaxslar;
9) Ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalar.
Aholiga ijtimoiy yordam ko’rsatilishi sohasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, talon-tarojlarning muhim sabablaridan biri sifatida matbuotda muntazam qayd etilayotgan nuqson-yordam ko’rsatilish mezonlaridagi noaniqliklardir.
Bugungi kunda ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy yordamga oid Qonunchilikni yanada tkomillashtirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ana shunday takomillashtirilishi hamda rivojlantirilishi talab etilayotgn masalalardan biri – ijtimoiy yordam oluvchi shaxslar doirasini aniq va adolatli tarzad belgilash imkonini beruvchi obektiv mezonlarni ishlab chiqilishidan iborat. Mamalakatimizda ijtimoiy yordam hajmi, yordam ko’rsatiladigan fuqarolar turlari tobora kengayib borayotganligi ushbu vazifani yanada dolzarb qilib qo’yadi.
Ijtimoiy yordam samaradorligini oshirish va belgilangan yordamlarni o’z egalariga tez yetib borishligini ta’minlanishida yordamni amalga oshiruvchi subektlarni, ularning vakolatlari doirasi va chegaralarini aniq belgilanishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, ijtimoiy yordam ko’rsatuvchi organlar va tashkilotlar vakolatlarining aniq chegaralab qo’yilishi, bu haqda fuqarolarning yaxshi xabardorliklari huquqlarni tez amalga oshirilishiga ijtimoiy qo’llab-quvvatlashning davlat siyosatini to’liq amalga oshirishga ko’maklashadi.
Ijtimoiy himoyani, xususan fuqarolarga beriladigan yordamni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi bo’lib O’zbekiston Respublikasining Mexnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi va uning tizimiga kiruvchi quyi organlar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 8 maydagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi to’g’risida NIZOM”da ko’rsatilishicha: aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minlash sohasida vazirlik va uning joylardagi organlari zimmasiga aholini ijtimoiy himoya qlish bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirish vazifalar yuklatilgan.
|
| |